saqlash, yosh bo‘shangan onani va bolani asrash, ona suti bilan boqish masalalari bo'yicha keng targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borish joylardagi mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ona suti bolaning suyagini butun, iligini baquwat qiluv- chi, uni turli kasalliklarga qarshi kurashda bir umrga yetadigan immunitet hosil qilish quwatiga ega. Buni har bir ona, akusher-ginekolog tom ma’noda anglab yetmog'i zarur. Shunisi quvonarliki, 1993-yildan e’tiboran bola tug‘il- gandan 15-20 daqiqadan so‘ng chaqaloq onaga emizish uchun berilmoqda. Sharqda qadimdan emizikli ayol taomnomasiga alohida ahamiyat berib kelingan. Yosh ona sut keltiruvchi kuchli taomlar iste’mol qilgan, kayfiyatining buzilishiga yo‘l qo‘yil- magan, u har qanday yomon tashqi muhitdan, ko‘ngil- sizliklardan asralgan. Bola ovqatiga alohida e’tibor berish esa hamma zamonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda sog‘lom avlod uchun kurash ketayotgan bir davrda Respublikamizda har bir ota-ona oldida turgan mas’uliyatli ishlardan biri ham shundan iboratdir. Shaxsiy gigiena qoidalariga to‘liq amal qilish, toza ovqatlanish, jon-jismini, turar joyini ozoda tutish salomatlik negizidir. Har bir ayol uchun, qiz bola uchun tibbiy savodxonlik hayotiy ehtiyojdir. Shu ehtiyojni qondirish maqsadida umumta’lim mak- tablari, oliy o ‘quv yurtlarida tibbiyot asoslari o ‘quv kurs- larini tashkil etish, xotin-qizlar uchun maslahatxonalarda maxsus dasturlar asosida tibbiy bilimlar berishni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy gigiena qoidalari, bo‘lajak onalar, homilador ayollar, yosh onalar, o‘smir qizlar uchun kichik-kichik 73