bulg‘usi avlodga g‘amxo‘rligimiz bo‘ladi. Bugungi kunda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi xodimlarining ustuvor maqsadlaridan biri ham mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, xotin-qizlar kengashlari faollari ishtirokida ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar 75
va ulaming yechimini aniqlash. Zero, o‘tkazilgan tadqiqot- larimizga ko‘ra, 1,5 foiz texnik yo'nalishdagi va 1,8 foiz gumanitar yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarda reproduk- tiv madaniyat va huquqqa oid elementar tasawur va bilimlar bor, xolos. Buning oqibatida: a) onalikka tayyor bo‘lmasa-da, yosh qizcha qo‘rqmay tug‘adi; b) anemiya bo'lishiga qaramay, tanasini qiynab turgan boshqa xastaligi bo‘lsa-da, tavakkal qilib, tug‘ish holatlari kuzatilmoqda; d) yosh ayol tug'ish intervaliga rioya etmasdan turmush o‘rtog‘i yoki qarindoshlar ta’zig‘i bilan ikkinchi, hattoki uchinchi farzand ko‘ryapti. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan izlanishda ular orasida ham bakalavriant o ‘qishi davridayoq, 2-3 ta farzandning onasi bo‘lgan. Salomatligi tekshirilganda, deyarli nogiron bo‘lib qolgan onalar borligi aniqlandi. Bu vaziyat qizlarimizning, ayniqsa, talaba qizlarimizning repoduktiv huquqlari va ulami anglashlari borasida katta muammo borligini isbot etmoqda. Ya’ni, ayolning, kelin- chakning o ‘z salomatligi holatidan kelib chiqib, ongli ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning sog‘ tug‘ilishiga shaxsiy mas’uliyatini anglatsh, reproduktiv madaniyatning, reproduktiv huquqlarini bilishning ajralmas bo‘lagi. Aks holda o‘zbekona andisha bilan qizlarimiz