Oila pedagogikasi


səhifə100/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

0 ‘yin qoidalari. 
1. Dasta bilan chillakni ko‘tarib, 
tashlanganda chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi 
kerak. 2. Ishtirokchilar chillakni yerda yotgan dastaga 
tashlayotganda o‘yinni boshlash chizig‘ini bosmasligi kerak.
3. 0 ‘yinchi belgilangan masofani chopib o'tishdan bosh 
tortsa, u ashula aytib yoki o‘ynab berishi, she’r o‘qib berishi 
ham mumkin. 4. Nafas olish bilan bog‘liq tushunmovchilik 
kelib chiqmasligi uchun yugurayotgan o‘yinchi qo‘ng‘izning 
zizlashiga o‘xshash ovoz chiqarib yugurishi lozim.
Bu o‘yinda: qat’iyatlilik va iroda sifatlari tarbiyalanadi va 
mustahkamlanadi.
201


VII bob.
Oilada bolalarni mehnatga o‘rgatish
Vatanimiz xalqlari jamiyat qurishning aniq vazifalami hal 
qilishga zo‘r g'ayrat va shijoat bilan kirishdilar. «Jamiyat 
barcha a’zolaming ongi va madaniyatini o‘stirmasdan turib, 
eng yuqori darajadagi mehnat unumdorligini vujudga 
keltirishga, 
ijtimoiy 
munosabatlami 
rivojlantirishga va 
tunnush qoidalarini o‘rnatishga erishib bo‘lmaydi. Jamiyat 
a’zolarining ongliligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ulaming ijodiy 
aktivligi qanchalik to‘la va keng ko‘lamda avj olsa biz 
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha 
Milliy dastur mohiyatini tez va muvaffaqiyatli amalga 
oshiramiz»
Mehnat - insonning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati 
bo‘lib, hayot kechirishining asosiy shartidir. Mehnat tufayli 
inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini amalga 
oshiradi.
Insonninng o‘zi esa mehnatkash bo‘lib, u tufayli o‘zining 
iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat 
jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi 
oshib, o‘z-o‘zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib 
boradi.
Har bir inson u yoki bu kasbini yoki bir necha kasb -
hunami egallashi mumkin. «Bir yigitga qirq hunar ham oz» 
degan maqolning mazmunida ham bir necha kasbni egallash 
hayotiy ehtiyoj ekanligiga ishora etiladi. Har bir kasbning, 
hunaming o‘ziga hos mashaqqati va lazzati bor. Uning
202


mashaqqatini matonat, tinimsiz izlanish, 
sabr-toqat bilan 
yenggan insongina uning lazzatidan bahra oladi.
Yoshlikda puxta egallagan hunar, mehnat malakalari 
inson umrining oxirigacha rohat - farog‘atda turmush 
kechirishning garovidir. «Hunarli yer hor bo‘lmas, burda 
nonga zor bo'lmas», «Hunarmandning noni butun», «Hunar 
zar hunarsiz xar» (xar - eshak). 
«Bilgan bilar, bilmagan 
yitar», «Hunarli yigit mevali daraxt» kabi maqollarda ham 
rizq-nasibaning butunligi hunar orqasidan bo‘lishiga ishora 
etiladi. Hunar shunchalik katta, mangu boylikki, uni 
o‘g‘irlash ham, yondirish ham yo‘q qilish ham mumkin 
emas.
Oilada yoshlaming kasb-hunar egallashlari, mehnatsevar 
bo‘lib tarbiyalashlarida 
ustoz
shogird an’analariga rioya 
etmoq zarur. Chunki ustoz ko‘rmagan hunarmandning ishida 
unum bo'lmaydi. Hunaming sir asrorlarini mukammal 
bilmaydi, 
yaratgan mahsulotining sifati yomon yoki xari- 
dorgir bo‘lmaydi. Oilada farzandning u yoki bu hunaming 
egallashida birinchi ustoz ota-onadir. Ota-onadan o‘zi sevgan 
hunar haqida dastlabki ma’lumotni olgan farzand, albatta, 
shu hunaming mohir ustasidan ta’limni olmog‘i zarur. 
Xalqimiz aytganidek: «Ustoz ko'rmagan shogird ming 
maqomga yo‘rg‘alar».
Ustozni shogirdga nisbatan qattiqqo'lligi, talabchanligi, 
rag‘batlantirishi yoki jazolashi uning kelajakda mohir hunar 
sohibi bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shogirdga 
nisbatan o‘ta mehribonlik ayash yuz-xotirchilik uni o ‘rta- 
miyona 
hunarmand qilib qo'yadi. Shuning uchun ustoz 
o‘zida mavjud bilimni shogirdi ongiga sabr — toqat bilan 
singdirishi, o‘zidan so‘ng uning hunarini davom ettiruvchi 
haqiqiy shogird yetishtirishga harakat qilmog‘i lozim.
203


Hunar egallagan mehnatdan bo‘yin tovlamaydigan odam 
jamiyatda qadr topadi. Xalq ichida obro‘ e’tibor mansab 
pillapoyalariga chiqish ham halol mehnat, hunar sirlarini 
mukammal egallash natijasidir. Shuning uchun ham xalqimiz 
«Mehnat qilgan» elga aziz deydilar.
O'zbek xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnatsevarligi, 
halol va pokligi bilan dunyo miqyosida tanilib kelmoqda. 
Xalqimizning zargarlik, naqqoshlik, duradgorlik, sartaroshlik, 
o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik, chorvadorlik, chevarlik, 
kashtado'zlik, 
to'quvchilik, 
do‘ppido‘zlik, 
ganchkorlik, 
sandiqsozlik, beshiksozlik etikdo‘zlik va boshqa yuzlab hunar 
mahsulotlari o'zining betakrorligi, go'zalligi maftunkorligi 
bilan dunyo xalqlarini lol qldirib kelmoqda.
Dunyoga mashhur hunarmand ustalar tarbiyalab yetish- 
tirishda, hunarmandlar sulolalarining umiboqiyligini tarbiya­
lashda ota-ona, oilaning roli kattadir. Oilada tarbiyalanayot- 
gan har bir jinsdagi farzandga o‘ziga xos va mos hunar ilmi- 
ni o‘rganish ulaming kelgusi farovon turmushini ta’minlash 
demakdir. 0 ‘g‘il bola qadim-qadimdan chorvachilik, deh- 
qonchilik, duradgorlik, sartaroshlik, pichoqchilik, bog‘bonlik, 
etikdo‘zlik mao‘zlik kabi og‘ir jismoniy mehnat talab etuvchi 
hunar bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, qizlar kashtachilik, 
do‘ppido‘zlik, jiyakdo‘zlik, tikuvchilik kabi nafis did, 
mahorat san’at talab etadigan hunar bilan mashg‘ul bo‘l- 
ganlar. Oilada ota-onaning ham farzand oldidagi asosiy 
burchlaridan bin unga kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir. 
Yoshlami turmushga tayyorlashning asosiy mezoni ham 
ularga kasb-hunar sirlarini puxta o'rgatishdan iborat bo‘lgan. 
Ushbu mezon mustaqillik sharoitida ham o‘z dolzarbligini 
yo‘qotgani yo‘q. Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilin­
gan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun», «Kadarlar tayyorlash
204


bo‘yicha Milliy dastur» mohiyatida ham yosh avlodni 
mehnatsevar, bir necha kasb-hunar sirlarini egallagan, ma’­
naviy va jismoniy barkamol kishilar qilib tarbiyalash 
masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodi sharoitida 
hunarli bo‘lish hayotiy ehtiyojdir. Uni qunt bilan egailashda 
oila, mahalla, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidan 
katta mas’uliyat talab etiladi. Inson hayotida zarur bo‘lgan 
barcha hunarlami farzandlaiga o‘rgatish ota-ona uchun ham 
farz ham qarzdir. Sharq alloma zamonlaridan Unsurul- 
maoiliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida shunday misollami 
keltiradi: «Men o‘n yoshimda erkonda mening bir hojibim 
bor edi, unga Manzar sohib der edilar. U1 ot minmak ilmin 
yaxshi bilur erdi va Rayxon otliq bir xodimi bor erdi. Otam 
meni ul ikkoviga topshirdi toki ular menga otda yurmoq, 
nayza urmoq, zavbin otmoq, chavgon urmoq, kamand 
tashlamoq, ilmini o‘igatg‘aylar».
Men ulaming yonida yurib, biroz fursatda ot ustida 
yurishning barcha ilmini o‘rgandim va hunarlarini bildim. 
Undan so‘ng Manzar sohib va Rayhon xodim mening 
otamning oldiga olib borib dedilar. «Ey, amir, agar ruxsat 
bersangiz erta tongda sahroda farzandingiz amirzoda o‘ynasa, 
siz uning barcha o‘igang‘on ishlarini ko'rsangiz». 
Amir 
«Ko‘p yaxshi bo‘lur!» dedi. Men ikkinchi kun har na bilagon 
ilmim va hunarimni otamga namoyish qildim, otam hojib va 
xodimg‘a yaxshi xil’atlar in’om qildi.
Undan so‘ng ularga dedi: «Farzandim o‘rgatg‘on ishla- 
ringizni barchasini yaxshi bilibdur, hunarlaming yaxshisin 
o‘igatmishsizlar, lekin yana bir zarur hunar olibdur. Ular 
debdilar: «Ul na hunardir?» Otam dedi: «Bu o‘rgatg‘on 
hunarlaringizni zarur vaqtda farzandim uchun boshqalar ham 
qila olur, lekin uning o‘zi qiladurg‘on, uning uchun
205


boshqalar qila olmaydirg‘on hunar qolibdur». Ular «U1 qaysi 
hunar?» debdilar. Amir: «Suvda yuzmakdurkim, bunday ishni 
farzandim uchun hamma odamlar qila olmas», - dedi. 
Shundan keyin ikki mallohni, ya’ni ikki kemachini kelturib, 
meni ularga topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini 
o'rgatdilar. Men karrbich (hurram nohurramlik bilan) bila ul 
ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi o‘rgandim. Bir vaqt bir 
necha kishi bilan kemaga kirib (o‘tirib) Dajla daryosidan 
o‘tar bo‘ldik: Tog‘girga otlig‘ joyda girdob bor edi va xavflik 
joy erdi. Ustoz kemachilar undan ko‘p mashaqqatlar bila 
o'tar edilar. Biz kema bilan o‘sha joyga yetushdik. Ammo 
kemachi usta ermas edi va kemani nechuk surami bilmadi. 
Alqissa, yegirma yetti chog‘lik kishi barcha birdan g‘ark 
bo‘ldik. 
Ammo men va yana bir kishi, ya’ni mening 
g'ulomim, uni ziyrak Kaykovus der edilar, suzub chiqdik. Bu 
voqeadan so‘ng otamning mehri ko‘nglumda behad ziyoda 
bo‘ldi... Men otamning boshig‘a ham shunday ish tush- 
g‘onini bilmas erdim. Shuning uchun menga yuzmak 
hunarini o‘rgatg‘on erkan».
Demak, hunar tanlash va uning sirlarini mukammal 
egallashda ota-ona birinchi ustozdir. Albatta, bola egal- 
laydigan hunar uning jinsi, qiziqishi, iqtidori, qobiliyati, salo- 
matligi, oila va jamiyat ehtiyojlariga mos bo‘lmog‘i zarur. 
Kasb-hunar tanlashda bolaning o‘ziga ham erkinlik bermoq 
kerak. Shundagina o‘zi sevib egallagan kasb-hunarga mehr 
qo'yadi, mehnati qanchalik og‘ir boUsada, charchamaydi, 
nolimaydi, mehnatning qadriga yetadi, o‘zgalar mehnatini 
hurmat qiladi, mashaqqat bilan halol mehnat evaziga 
topilgan boy- likni o'ylab, tejamkorlik bilan, rejali sarflaydi.
Hayotda ba’zi shunday ota-onalar ham uchraydiki, 
farzandning mayli, qobiliyati, qiziqishini hisobga olmasdan,
206


uni o‘zlari ma’qul ko‘igan kasbni egallashga majbur qiladilar 
Ayniqsa, bu holat mustabid tuzumda tabiiy holga aylanib 
qolgan edi. Ota-ona farzandni kasb-hunar bilim yurtlarida 
ota-bobolarining hunarmandchilik kasblarini o‘rganishlariga 
yo‘l qo‘ymas, balki keyinchalik «yog‘li joylarda» ishlashi 
mumkin bo'lgan, oliy ma’lumot olgunicha qo‘Uab, suyab 
yuradigan tanish-bilish, oshna-og‘aynisi bo‘lgan oliy o‘quv 
yurtlariga majburan kiritgan. Natijada, oliy dargohni xo- 
hishsiz, qiziqishsiz bitirgan mutaxassis o‘z kasbi bo'yicha 
chuqur bilimsiz, layoqatsiz bo‘lib, ota-ona hurmati uchun 
shunchaki mehnat qiladi yoki umuman boshqa soha bo'yicha 
ishlaydi. U qilgan mehnatida unum va sifat bo‘lmaydi 
Bunday mutaxassisdan jamiyat ham, oila ham manfaat 
ko‘rmaydi. Hunaming yaxshi yomoni bo‘lmaydi, muhimi 
tanlangan kasb hunaiga mehr-muhabbat qo‘yishdir, uning 
sir-asrorlarini chuqur o‘rganishga 
intilishdir. Ota-onaning 
boyligi, 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin