Oila pedagogikasi


səhifə99/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

0 ‘yin qoidalari. 
1. Quvlovchining qo‘li tekkan-o‘yinchi 
undan ro'molchani olib, ro‘molcha ushlagan qo'lini yuqoriga 
ko‘tarishi va baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!» deyishi 
kerak. Shundan keyingina u boshqa o‘yinchilami quvlashi 
mumkin. 2. Yangi quvlovchi ro‘molchani olishi bilanoq 
darrov, o‘zidan oldingi quvlovchini ushlashi mumkin emas.
«Cho‘qqayib o‘tirib ol»
О‘yin tavsifi. 
Maydoncha chiziq bilan chegaralanib 
qaergacha yugurish mumkinligi aniq ko‘rsatib qo‘yiladi. Bitta 
quvlovchi tayinlanadi. Qolgan o‘yinchilar uning atrofida 
aylana hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch», deganda hamma har 
tomonga qochib ketadi va quvlovchi ulami quvlay boshlaydi.
198


Quvlovchi biron o‘yinchini endi tutay deganda o'yinchi 
cho‘qqayib o‘tirib qolsa, quvlovchi uni tutmaydi. Quvlovchi 
quvlashni davom ettiradi. 0 ‘yinni istalgan vaqtgacha davom 
ettirish mumkin.
0 ‘yin qoidalari. 
1. Faqat 5 soniya davomida cho‘qqayib 
o‘tirish mumkin. 2. Cho‘qqayib o'tirishga ulgurgan bolani 
tutish mumkin emas. Tutilgan o‘yinchi to‘xtaydi va qo‘lini 
yuqoriga ko‘tarib, baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!»
— deb aytadi. Shundan keyingina u o‘yinchilami tutishga 
kirishadi. Agar u o‘zini quvlovchi ekanligini ma’lum qilmasa, 
uning tutgan o‘yinchisi tutilgan hisoblanmaydi.
«Qo‘l keldi»
0 ‘yin 
tavsifi. 
0 ‘yin maydonchasi chiziqlar bilan 
chegaralanadi. Bir o‘yinchi quvlovchi qilib tayinlanadi va u 
maydoncha o‘rtasida turadi. Qolgan o‘yinchilar uning 
atrofiga to‘planadilar.
Quvlovchi qilib tayinlangan o‘yinchi baland ovoz bilan 
«Men quvlovchiman!» — deyishi bilan boshqalar har 
tomonga yugurib ketadi. Quvlovchi ulami ushlash payida 
bo‘ladi. Shunda orqasidan quvlovchi kelayotgan o‘yinchi, 
«Qo'lingni ber!» 
deb, 
o‘rtog‘ini yordamga 
chaqirishi 
mumkin. Qo‘l ushlashga ulgurgan o‘yinchilami tutish mum­
kin emas. Agar quvlovchi biror o‘yinchini u sherigining 
qo'lini ushlab olishga ulgurmasdan tutib olsa, u bilan o‘rin 
almashadi.
0 ‘yin qoidalari. 1. Yangi tayinlangan quvlovchi awal 
«Men quvlovchiman!» 
deyishi va shundan keyingina 
o‘yinchilami quvlay boshlashi lozim. 2. 2-3 soniyadan ortiq 
qo‘l ushlashib turish mumkin emas. Agar birdaniga uch kishi
199


qo‘l ushlashib qolsa, quvlovchi ulaming chekkadagisini 
tutishi mumkin. 3. Maydonchadan tashqariga chiqqan o‘yin- 
chi qo‘lga tushgan hisoblanadi.
«Chfflak»
0 ‘yin tavsifi. 0 ‘yin o‘tloq joyda yoki sport may- 
donchasida o‘tkaziladi. Buning uchun uzunligi 40-50 sm, 
qalinligi 2-2,5 sm keladigan, bir uchi ikki tomondan 
yo‘nilgan tayoq (dasta) hamda uzunligi 20 sm keladigan 
tayoqcha - chillak kerak bo‘ladi.
0 ‘yinda 2 tadan 10 tagacha bola qatnashishi mumkin. 
0 ‘yinni yakkama-yakka hamda guruhlarga bo‘linib o‘ynasa 
ham bo'ladi.
Oldingi chiziqdan 2 m nariga chillakning dastasi 
qo'yiladi. 0 ‘yinchilar chillakni yerda yotgan dastaning ustiga 
tashlaydilar. Chillakni birinchi bo‘lib dastaga tekkizgan 
o‘yinchi o'yinni boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Shundan 
so‘ng, o‘yin quyidagicha boshlanadi. 0 ‘yinchi chillakni 
dastaning uchiga qo‘yib turib yengilgina ko'tarib tashlaydi va 
chillak qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib 
ko‘tarilib, qaytib yana dasta ustiga tushishi kerak. Chillakning 
dastaga har bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
0 ‘yinchi shu tartibda necha ball to‘plasa, u dasta bilan 
chillakni to‘g‘iga qarab shuncha marta uradi. Agar har 
urganda chillak 20-30 m nariga borib tushsa, demak, 3-4 ball 
bo‘yicha hisoblanganda masofa 90-100 m ga yetadi.
Yutqizgan o‘yinchi yoki raqib guruhi o‘yinchisi ana shu 
masofani yugurib (zuvlab) o‘tadi. Bunda u nafas olib uni 
chiqarmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa,
200


o‘sha joyda yana dasta bilan chillakni urib qaytadan chopib 
o‘tiladigan masofa belgilanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin