Hadis bandlari ekologik ta’lim-tarbiyani singdirishga
katta yordam beradi. Ularda ayrim o‘simlik va hayvonlaming
xosiyatlari, ozuqa zanjirida tutgan o‘mi, inson xo‘jalik
faoliyatidagi kabi tomonlari bayon etilgan. Hadislaming
ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergash va
uni muhofaza qilishga o‘rgatadi. Hadislarda qo‘y boq, zero
ayni barakadur deyiladi. Bu yerda foydali hayvonlaming
populatsiyasini ko‘paytirish va undan turli maqsadlarda
foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan.
Boshqa hadislarda ham qo‘y, tuya va otlaming insonlarga
tegadigan nafi va ulami boqib ko‘paytirish kishilar uchun
faqat yaxshilik keltirishi haqida, ozuqa zanjirida II va III
tartiblami egallagan o‘laksaxo‘r hayvonlar go‘shti harom
ekanligi, ovchilar uchun ko‘z oldida otilgan hayvonni yeyish
mumkinligi aksincha o'lgan holdagisini yeyish inson
salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi haqida fikr
yuritiladi.
Hadisda hayvonning yosh bolasini qurbonlik qilmaslik
ya’ni populatsiyaning yosh tuzilmasini saqlab qolish, voyaga
yetgandan keyin undan foydalanish, shuningdek, bahor oylari
ko‘pchilik hayvonlar ko‘payishi davri bo‘lgani uchun shu
vaqtda qurbonlik qilinmasligiga to‘xtalib o'tilgan. Hadislarda
o‘simliklar ekib, ulami ko‘paytirish, dehqonchilik bilan
shug‘ullanish zarurligi, ya’ni o‘simliklaming tabiatda va inson
hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi, ulami tashqi
muhitiga ta’siri va insonlaming ulardan foydalanishi kabi
ekologik tushunchalar to‘plangan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: