Oila pedagogikasi


səhifə106/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ekologik tarbiya
Oilada bolalarga ekologik tarbiya madaniyatini tarkib 
topdirish, ularga tabiat, atrof-muhit, bizni qamrab olgan 
tevarak, olam bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish 
va tashkil etish ta’lim tizimining dolzarb masalasiga aylandi.
Bugunki kunda tabiatni o‘rganish, unga mehr qo'yish- 
ning o‘zi kamlik qiladi, albatta. Biz uni e’zozlashni, boy- 
liklariga boylik qo‘shishni ham uddalashimiz lozim. Muhiti- 
miz musafFo bo‘lishi uchun hammamiz ham mas’uldirmiz.
Yerdagi tabiiy manbalardan ko'proq boyliklar olish, 
tabiat manbalarini asrab avaylashning eng muhim yo‘li о‘sib 
kelayotgan avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan 
xabardor qilish - ularga ekologik tarbiya berishdir.
Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lishi insonga ijobiy 
ta’sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq, ko‘ngilchan qilib, 
qalbida eng yaxshi his-tuyg‘ulami uyg‘otadi. Shuning uchun 
bolalar tarbiyasida ekologik tarbiyaning roli ayniqsa kattadir.
Bolalami tabiat bilan, yilning turli fasllari, unda ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar bilan tanishtirish oiladan boshlanadi. 
Tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, jamiki tirik narsaga 
zavq-shavq bilan qarash singari fazilatlar bolada shakllanib 
boradi. Tabiatga mehr qo‘yish, uni ehtiyot qilish, tirik 
jonivorlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tabiatga qiziqish 
uyg‘ota qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnat- 
sevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, ko‘paytirib borayotgan
222


kattalaming mehnatiga hurmat bilan qarash singari xarak- 
teming eng yaxshi xususiyatlarini shakllantirib borishga ham 
yo‘l ochadi.
Uydagi xona o‘simliklari va ba’zi parvarish qilib 
boqiladigan parranda va hayvonlami bolalarga tanishtirish 
unga bo‘lgan mehr-muhabbat uyg‘otishga yordam beradi. 
0 ‘simliklar va hayvonlami muntazam ravishda parva- 
rishlashda bolalarda mehnat ko‘nikmalarini ham shakllan- 
tiradi. Shuning uchun, oilada bolalarga ekologik tarbiya 
berishning nazariy asoslarini ishlab chiqish zarurdir.
Qadim zamonlardan ekologik madaniyat 0 ‘rta Osiyo 
xalqlariga xos xususiyat bo'lgan. 
Bu haqda qadimgi 
qo'lyozmalar va ulug‘ allomalarimizning asarlari guvohlik 
beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va ulaming 
atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlar, aloqalari va boshqalar 
haqida qimmatli fikrlar yozib qoldirgan. Garchand u 
vaqtlarda ekologiya fan sifatida shakllangan. Lekin o‘sha 
davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy muvozanat, tozalikning 
ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash 
zamrligi qayd etilgan. Hatto ular tabiatni, suvni, olovni, 
shamol va boshqa unsurlami muqaddas deb bilishgan va 
sig‘inishgan. Masalan, otashparstlikning muqaddas kitobi 
«Avesto» da 17 xil suvning ta’rlfi yozilgan. Unda barcha 
suvlaming birikishida vujud mavjudligi ta’minlanadi deyilgan. 
Ular xudoning asosiy vazifasi suvni nopokliklardan asrash. 
Uning doimiy oqib turishini ta’minlashdan iborat deb 
tushunishgan. Shuning uchun ham ular xatlarida tabiatni va 
suvni pok saqlash, asrab-avaylash, tejab sarflash haqidagi 
da’vatlari juda ko‘p. Unda «Inson butun umrida suv, otash 
yer, havoni, umuman dunyodagi jamiki narsani, poklik 
himoyasini bus-butun asrashga majburdir... Yer, suv, olov,
223


havoni e’zozlash qoidalarini buzgan har bir inson 400 
qamchi urilib kaltak jazosiga mahkum etiladi» deb yozilgan. 
Yodgorliklarda suv manbalarini pokiza saqlash, ehtiyot qilish, 
muhofaza qilishga undovchi bandlari ko‘p. Ichimlik suvi 
oqadigan ariqlar, hovuz va quduq labiga butalar o‘tqazish 
tavsiya etilgan. Suv bo'yiga mevali daraxtlar o'tqazish 
taqiqlangan. Suvga tupurish, xas-xashak yoki barglami 
tashlash qattiq qoralangan. Hovuz yoki quduqqa iflos narsa 
tush-sa, uni toza suvda yoki yomg'ir suvi bilan bir necha 
marotaba to‘ldirib bo‘shatilgan so‘ng ichishga ruxsat berilgan. 
Suvda yoki suv atrofida kirlami yuvish, mol boqishni man 
etganlar. Tuya va otlami bog'lab suv atrofiga, so‘ngra ulami 
yuvintirishga ruxsat berilgan. Biror kishi порок idish bilan 
hovuz, ariq, quduqdan suv olayotganini mirob ко‘rib qolsa 
25 qamchi bilan jazolagan. Suv muqaddas bo‘lgani uchun 
undagi jonzotlami, hayvonlami o'ldirishga yo‘l qo‘yilgan. 
Agar dengiz kuchugini o‘ldirilsa, shu yurtda qurg‘oqchilik 
bo‘ladi. Yaylovlar, dalalar, taqir cho‘lga aylanadi, eldan 
farovonlik ketadi, deb fikr yuritganlar. Hamisha suvni pokla- 
byuradigan baliqlar, alohida suv hayvonlami tutish, ovlash 
ham gunoh hisoblangan.
Qadimgi mamlakatlaming hukmdorlari ham tabiatni 
muhofaza qilishda tegishli farmonlar e’lon qilganlar. Ma- 
salan, qadimgi Sharq podsholari o‘rmonlami qo‘riqlash 
to‘g‘risida qonun chiqargan. Bobolarimizdan meros qolgan 
eski qo‘lyozmalarda ham ov, ov qilish san’ati, ov qilish vaqti, 
hayvonlaming yosh bolalarini, go‘zal qushlami, umuman 
jonzotlaming ko'payishi davrida ulami ov qilish qat’iyan man 
etilgani haqida aytilgan.
Bizning ota-bobolarimiz qadim zamonlardan boshlab 
tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishgan.
224


Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotel o‘zining 
ilmiy asarlaridagi 500 ga yaqin o‘simlik turi va hayvonlaming 
454 turi haqidagi ma’lumot ekologik tabiatga ega bo‘lgan. 
Aristotel o‘zining ilmiy asarlaridagi 500 dan ortiq hayvon 
turlarining, qushlaming, baliqlaming hayoti, tarqalishi, bir 
yerdan ikkinchi yerga ko‘chishi haqida ma’lumot bergan. 
Golen va Teofrast ham turli jonivorlaming hayoti, tabiatga 
moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar.
0 ‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olim- 
lardan Muhammad Muso al-Horazmiy, Abu Nasr al-Foro- 
biy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar 
tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular 
hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va 
undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni 
e’zozlash haqida fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Horazmiy (782-847) 
risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Biling-ki, daryoning 
ko‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan 
bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar». 
Dar-yoning ko‘z yoshlari deganda Muhammad Muso al- 
Horazmiy nimalami nazarda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo 
suvining ortiqcha 
isrof bo‘lishini 
nazarda 
tutgandir? 
Vaholanki, buyuk bobomiz eng awalo, daryo bilan odam- 
laming bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o'zaro 
mehr-muhabbat qo‘yishlarini ko‘zda tutgan.
847-yilda Muhammad Muso al-Horazmiy «Kitob surat 
al-arz» degan asarini yozdi. Unda dunyodagi okeanlami, 
quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, 
daryo va dengizlar, ko‘llar, o'rmonlar va ulardagi o‘simlik, 
hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar-yeming asosiy 
boyliklari haqida ma’lumotlar yozilgan. Ushbu risolada
225


matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, 
Dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy 
bilimlari umumlashtirilgan.
0 ‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy — falsafiy fikming eng yirik 
va mashhur vakillaridan bin Abu Nasr Forobiyning (870- 
910) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari 
hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K. Brokel- 
manning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalariga oid 180 ta 
asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga 
bo‘linadi. Shulardan 11-guruhga Forobiyning tabiatshunoslik 
ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid 
asarlari kiritilgan. Forobiy tabiatshu-noslaming turli tarmoq- 
lari bilan shug‘ullangan bo‘lib, «Kitob al-hajm va al-miq- 
dor», «ICitob al-mobodi al-insonia» (Insoniyatning boshla- 
nishi haqida kitob), «Kitob fi-a’zo 
al-hayvon» (Hayvon 
a’zolari to‘g‘risida kitob) nomli asarlari bunga dalil bo‘la 
oladi. Forobiy o‘zining «Ixsoa al-ulum va al-ta’rif» asarida 
zamonasidagi ilmlami har tomonlama o‘rganib, ulami 
ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratadi, har bir ilm 
tarmog‘iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga 
katta e’tibor berdi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining 
tuzilishi» (Risolat fi-a’zo al-inson), «Hayvonlar a’zolari va 
ulaming vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va 
hayvonlaming tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, 
ular-ning o‘xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga asosiy 
anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalami 
taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalaming o‘zaro 
ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodi­
salami Quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Uning fikricha, 
inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ra-
226


vishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy ba’zi tabiiy-ilmiy 
masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat 
qiladi va shu zaylda umumiy shaklda bo'lsa ham, keyingi 
davrlar-dagi tabiatshunos olimlarga ba’zi muhim ilmiy 
yutuqlariga erishishi uchun yo‘l ko‘rsatib beradi. Beruniy 
aytadiki, yerdagi o‘simlik va hayvonlaming yashashi uchun 
zarur imkoniyatlar cheklidir. Lekin o‘simlik va hayvonlar 
cheksiz ko‘payishiga intiladi va shu maqsadda kurashadi. 
Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr 
yuritadi: «Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to‘lib bora- 
veradi». Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi 
bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. 
Agarda o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘si- 
shiga sharoit bo'lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida 
bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga 
yo‘qolib ketmaydi. Balki ulaming biri yo'qolsa ham, u o‘z 
o‘xshashini qoldirib ketadi. Agar yer yuzini bir xil daraxt bir 
xil hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning о‘si shiga ham 
o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlami o‘toq 
qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bog‘bon ham daraxtlaming 
meva beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik, 
ulaming tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lu­
motlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlarida aso- 
san «Saydana», 
«Mineralogiya», 
«Qadimgi avlodlardan 
qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchratiladi. Beruniy 
«Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Eronning 
turli tropik o‘simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan. 
Ushbu asarda o‘simlik va hayvonlaming tashqi muhit bilan 
aloqasi, ulaming xulq atvori yil fasllarining o'zgarishi bilan 
bog‘liq ravishda o‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan.
227


Masalan, asarda qish qattiq sovuq kelsa, qushlaming tog‘dan 
tekisliklarga tushishi, chumolilaming uyasiga berkinib olishi 
va boshqa ko‘pgina narsalar ifoda etiladi. Beruniy Yer 
qiyofasining o‘zgarishi o£simlik va hayvonot dunyosining 
o‘zgarishiga, tirik organizmlarning turli hayoti Yer tarixi 
bilan bog‘liq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Qum kovlab, 
uning orasidan chig'anoqni topish mumkin deydi alloma. 
Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo£lgan, 
degan xulosani aytadi. Beruniy «Saydana» degan asarida 
1116 tur dori-darmonlami tavsiflagan. Ulaming 750 tasi turli 
o£simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa mine- 
rallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallar- 
ning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» 
va «Hindiston» asarlarida o£simlik va hayvonlaming tuzilishi 
hamda ulaming tashqi muhit bilan o£zaro aloqasi haqida 
ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Beruniy o£zining tabiiy- 
ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar 
ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan 
xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday 
kuch o£zgartirish qobiliyatiga ega emas.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga buyuk 
hissa qo£shgan olimlardan biridir. Yirik ensiklopedist olim 
sifatida u o£z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan 
shug£ullangan. Turli yozma manbalarida uning 450 dan ortiq 
asar yozganligi qayd etilgan. Bizgacha uning 240 ta asari 
yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh 
asari tibbiyot ilmining qomusi bo£lib, o£rta asr tibbiyot ilmi 
tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Ibn Sino tibbiyot 
tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi 
organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma
228


ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr 
bayon etgan, ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal 
etishga yaqinlashgan edi. «Kasalliklaming ba’zilari yuqumli 
bo‘ladi. Bular moxov, qo‘tir, chechak, vabo isitmasi, yiring- 
lagan yaralar kabi kasalliklardir». Bular odamlaming turar 
yerlari tor bo‘lganda, ya’ni aholi zich yashagan joylarda, 
shamol va idish-tovoqlar va boshqalar orqali tarqaladi.
• 
Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy va tabiiy - ilmiy qarashlari 
uning jahonga mashhur asari «Kitob ash-shifo» (davolash 
kitobi)da bayon etilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530)ning eng 
yirik asaridir. Asarda Bobuming ko‘rgan-kechirganlari, yur- 
gan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hay- 
vonoti, o‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb 
egasi bu kitobdan o‘ziga keragicha ma’lumot oladi. Asar 
muhim atamalar va toponomik manbalarga boy. Unda yer, 
suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari 
ko‘plab topishgan. Bobur o‘z asarida har bir hududni ma’lum 
bir tartibda tasvirlaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin