«Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi» (Oila kodeksining 30-moddasi). Agar nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olin gunga qadar tuzilgan bo‘lsa, bunday nikoh shartnomasi kechiktirib bajariladigan shartli bitim hisoblanadi. U faqat nikoh tuzilgandan so‘ng kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta’minlash yoki biri ikkinchisini moddiy ta’minlashini ko‘r- satish huquqiga ega. Shartnomada belgilangan shartlar ali ment majburiyatining umumiy qoidalariga mos kelmog‘i kerak. Xususan, muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning huquqlari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh shartnomasida qonun bo‘yicha aliment olish huquqiga ega bo'lmagan er yoki xotinga aliment belgilanishi mumkin. Birinchi navbatda, bu o‘z xohishlari bilan, oila manfaatini o‘ylab ishi yoki o'qishini qoldirgan er-xotinlarga taalluqli bo'ladi. Savollar 1. Sog‘lom turmush tarzini yaratishda nimalarga e ’tibor berishni istaysiz? 2. 0 ‘zingiz yashayotgan mahallangizda qanday ijtimoiy ishlar bor? 92
3,4. Gila xo jaiigini yuritish omili Oila budieli oilaning ma’lum muddatda kutadigan daro- madlari va xarajatlarining hisob-kitobi. Oila budjetining daromadi barcha oila a’zolarining ish haqi, turli mukofotlari, nafaqa, stipendiya, pensiya, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan olinadigan foyda va boshqalar yig‘indisi hisoblanadi. Oila budjetining sarflanishi quyidagi yo‘nalishlarda bo‘-