ta’ma va xasad qilish kelib chiqadi. Bayt: Sen agar isrof etishni tashlading, U1 zamon davlat etagin ushlading. Har qanday oila ma’lum bir daromad hisobiga yashaydi. Davlatimiz oilalaming iqtisodiy quwatini oshirishga yaqin- dan yordam berish maqsadida yildan-yilga mehnat- kashlaming oylik ish haqlarini oshiryapti, pensioner, student, yolg‘iz ona ham davlat e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Davlatimiz oilaga ma’naviy, iqtisodiy jihatdan yordam berar ekan, oilada kelajak yaratuvchisining xarakteri, mehnatga munosabati, axloqi, g'oyaviy-madaniy saviyasi o‘sishini ko‘zda tutadi, oilalaming kundalik ro‘zg‘or uchun zarur narsalar, uy-joy bilan ta’minlashni, ayolning mehnatini yengillatishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu esa mustaqil davlat oilasining mustahkamlanishida, budjeti va xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 95
Yosh oilalar faqat bir-birlarini tushunmasligi tufayligina emas, balki iqtisodiy sharoitni yo‘lga qo‘ya olmay ham ajraladigan hollar uchraydi. Shunday oilalar borki, qiyinchilik bilan topilgan pulni, osongina sovuradilar, ular oilaning iqtisodiy masalalari bilan yuzaki shug‘ullanadilar. Ammo bu borada o‘nlab ko‘radigan ko‘p muammolar bor. Oila a’zolari oyiga qancha ish haqi olishi aniq, lekin bu pulni qaysi maqsadlarga qanday sarf- layotganlari haqida aniq hisob-kitob yo‘q. Oila budjeti - oila a’zolarining oylik ish haqi hisobidan to‘planib, daromad va xarajatlar yig‘indisidir. Xo‘sh, tabiiy va maishiy ehtiyojga sarflanganidan qolgan mablag'ni nimaga