Oila pedagogikasi


səhifə6/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Pedagogik eksperiment. 
H ar qanday ilmiy-pedagogik 
tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida 
ilmiy gipotezalaming ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika 
tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va 
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya 
eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, 
ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoi- 
tida yangi o ‘quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar 
odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik 
eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jara-
13


yonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish muno- 
sabati bilan maxsus tashkil etilgan bo'ladi. Pedagogik jarayon 
aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan 
jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tar- 
biyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sha­
roitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lu- 
motlarini, aniq sharoitlami va o‘qitish usullarini yoki tadqiq 
qilinadigan materiallami 
aniq belgilashni
shuningdek, 
eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab 
etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning 
qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning m u­
ayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib 
borishga va o'zgaruvchan kattaliklar о‘m ini almashtirishga 
imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar 
pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: ekspe- 
rimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni 
sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini 
belgilash, eksperiment natijasi ta ’sir etuvchi omillar va ular 
darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, 
eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish- 
metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va 
o ‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib 
borilishi kerak. Sharhlash bosqichida m a’lumotlar yig‘iladi 
va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamo- 
yiliga javob berish uchun quyidagi shartlaiga rioya qilish kerak
ya’ni:
1) tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal 
bo‘lishi;
2) tadqiqot metodlarini ishonchliligi;
3) farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga 
olish.
14


Turli metodlaming samaradorligini va sifatini oshirishga 
imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda 
hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment nati- 
jalaming pedagogikaga kirib kelishiga ham yordam-lashadi. 
Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, 
dispersiya, tanlab olinadigan to'plam majmuyining o‘rtacha 
kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, 
belgilami tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy 
tadqiqot natijalarini amalda qo‘lla-nishi. Tugallangan tad- 
qiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘l- 
lashdir. Mustaqil 0 ‘zbekiston sha-roitida Yangi ilmiy bilimlar 
juda tez to ‘planib bormoqda. Biroq ulami amaliy ishga joriy 
etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar oiladagi tarbiya jarayonini takomil- 
lashtirish usullari haqidagi bilimlarining ortib borishi bilan 
ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomu- 
vofiqlikdan iboratdir. Shunday boisa-da, bu ulami joriy etish 
yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno 
etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomil- 
lashtirishga qaratilgan foliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy 
qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. 
Talablaming ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmuni 
aniqligi asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining 
aniqligi pedagoglar bilan o‘quvchilaming moijallagan kuch 
g'ayrati mezonining to‘g‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy 
etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar 
haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishning yangi 
o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratishning metodik yo‘l- 
yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Oila shajarasini o‘igatish tahlil qilish metodi-pedagogika 
hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixi
15


mukammal va 
chuqur o‘tganmoq lozim. Oila haqidagi ma’- 
lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga arnal qilinmog‘i lozim.
Bolalami oilada ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi - 
oilada bolalami ijodini hamda ulami turli-tuman ishlarini 
o'rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali 
metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari, 
oilyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va 
qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida va 
milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbalari 
va faktorlarini chuqur bilishga hamda ulami yanada taraqqiy 
ettirish va takomillashtirishning to ‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib 
berishga qaratilgan.
Statistika m a’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi — 
pedagogik tadqiqot kerakli statistika m a’lumotlarini m a’lum 
bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil 0 ‘zbekistonda 
Fan madaniyat, ta ’lim — tarbiyani taraqqiy etishga salmoqli 
hissa qushadi.
Anketalar metodi — oila a ’zolari va bolalami so‘rash 
usuli bo‘lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to ‘g‘risidagi 
kerakli ma’lumotlami olish uchun ulaming fikrlari va 
qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash 
uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada 
ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, 
ulami 
javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin