mahalla, maktab
va jamoatchilik hamkorligini mustahkam -
lash, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish zamirida
oilada ba’zan uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor
qilinishi, giyohvandlik, nosog‘lom e’tiqod, maishiy nopoklik,
axloqsizlikning turli ko‘rinishlarga y o i qo‘ymaslik kabi
masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida
shakllanishi uchun zamindir.
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat
qurish jarayoni shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sha-
roitda qonun ustuvorligini ta’minlash zamirida oila a’zola
rining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalish-
laridan biriga aylanib qoldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mah-
19
kamasining Qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar
va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va
deklaratsiyalar va boshqa huquqiy hujjatlaming mohiyatini
chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amal qi-
lishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirish-
ning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari
huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish . mexa-
nizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq etish zarur.
Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila,
ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Kons-
titutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada
uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan
ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan
ishlar butun dunyo tinchliksevar xalqlaming diqqat-e’tiborini
jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri
ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy
Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari
Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy
yordam ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari
bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi oila, ota,
ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
muhim qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish insti-
tutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik jamiyat
ning huquqiy madaniyatini oshirishga, ulaming huquqiy
manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq norma
lariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yilla-
rida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari,
xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va
deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol
20
namunasidir. Jumladan, Inson huquqlari umumiy deklara-
tsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi
217 ASH rezolutsiyasi), Xotin-qizlaming siyosiy huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952-
yil 20-dekabrdagi 640-son rezolutsiyasi), bir xil qiymatdagi
ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘-
risidagi (1.00) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining
34-sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), onalikni
himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT
tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan),
bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh
Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda), fuqarolik
huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
(BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-yanvardagi 2200-
rezolutsiyasi), xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha
shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh
Assambleyasining 1979-yil 18-dekabrdagi 34, 180-son rezolu
tsiyasi), bolalaming yashashini, himoyalanishini va rivojla-
nishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklarat-siyasi,
boshqa mamlakatlaiga bolalami o‘g‘iriab ketishning fuqarolik
jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasi (Gaaga 1980-yil
25-oktabr), 1995-yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar
konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlaming ahvoli bo‘yi-
cha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va
bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza
qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har
bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquq-larini himoya
etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga
erishishdir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy
himoya qilinishi huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir.
21
Buning zamirida:
г- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqa-
larga mos huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, huquqiy
ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya
usullaridan keng foydalanish;
- o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni
yorituvchi burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim
kunlari o‘tkazish, radio o'quvlari uyushtirish;
- huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar,
gazeta va jumal maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop
etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish;
- oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish;
- joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo£lajak kelin-
kuyovlar uchun maxsus o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «hu
quqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot
guruhlarini tayyorlash;
- oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga
yordam beruvchi sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va
uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va
amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni muhofaza
qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masala-
larga alohida e’tibor berish yotadi.
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga,
oiladagi ma’naviy muhit, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraq-
qiyotiga ta’sir qiladi.
Har bir davming o‘z dardi, talabi va ehtiyojlari bo‘ladi.
Mustaqillik odamlar va jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko‘p
22
jumboqlami yechib tashlash bilan barobar ma’naviyatimiz-
ning qator muammolarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa,
axloq-odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning
sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot
gultojisiga bo'lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy
pok ma’naviyat yo'liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi;
katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat
bo‘lmasligi,
yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chega-
rasi yo‘qligiga qanoat hosil qildik: Inson o‘z millati an’ana-
lari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga
erishishi qog'ozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan,
soxta baynalmilalchilik, qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalari
odamlar orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivoj-
lanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna solib qo'ygani,
odamlaming millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-
Of$>atli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki
tabiiy
ofatlami boshidan kechirishlari shart emasligi, ijtimoiy
adolat o‘matilgan joyda xalqlar va millatlaming chin insoniy
fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik.
Ayrim
odamlami aldash mumkin bo‘lsa ham millatlami uzoq
aldab bo'lmasligiga endi hamma tushunib yetdi.
Totalitar tuzum davrida respublikamizda sharqona qad
Yüklə Dostları ilə paylaş: |