bilan ishlash forma va metodlarini ota-onalarga o‘rgatish. Jamiyatimizda uzliksiz ta’limdan ajralib qolgan bolalami ta’limga jalb etish, korreksion-pedagogik tushunchaga ega bo‘lmagan ota-onalar viloyat va tumanlaming uzoq qish- loqlarida joylashgan, shuningdek, ular istiqomat qiladigan 357
tumanda nogiron bolalarga moslashtirilgan maxsus maktab va intematlar tashkil etilmagan. Yana bir muammo bozor iqtisodiyotini ro‘kach qilgan ota-onalarimiz nogiron bolasiga beriladigan nafaqani oila daromadida ishlatishni afzal bilib, bolasini maktab va intematlarga joylashtirmaydi, sababi maktab va intematga joylashtirilgan nogiron bolalar ijtimoiy himoyalanib, nafaqadan ozod etiladilar. Ta’limga jalb etil magan nogiron bolalar ichida qanchadan-qancha iqtidorli, jamiyatga foyda keltiradigan bolalar chetda qolib ketmoqda. Nogiron bolalami tarbiyalash, parvarish qilish, sog'lom- lashtirish uchun ota-onadan katta bilim va malakaga ega bo‘lishini talab etadi. Shu sababli biz tanlagan loyiha yuqo- ridagi muammoni hal etishga qaratilgan. Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni bor bolaning tug‘ilishi oilaning istiqbolini tubdan o‘zgartiradi. Farzand taibiyasida ota-ona oldida ko‘plab mas’uliyatli vazifalar ko‘ndalang turadi, nuqsoni bor bolani tarbiyalashda esa ular bir necha muammolarga to‘qnash keladilar. Bunday oilalami aniqlash, alohida yordamga muhtoj bolalami reablitatsiya qilish va maktabga tayyorlashda ulaming ota-onalariga korreksion- pedagogik yordamni berish bugungi kunning dolzarb muam- molaridan biri hisoblanadi. Davlatimizning ustuvor siyosati yosh avlodni ma’naviy