boshlanadi. Misqollar, vatlar va daqiqalar hisobini qilishni bilmaydigan yoki istamaydigan kishi xo‘jasizlik illatini yuqtirgan kishi deyish mumkin. 0 ‘z uyida chinakam tadbirkor - xo‘jayin bo‘lgan kishi - bu ko‘pincha ishlab chiqarishda, jamoa xo‘jaliklarida, qurilishda va muassasada ham haqiqiy xo‘jayindir. Qotgan non burdasini chiqitlar qatori axlat yashigiga tashlamaydigan odam keraksiz buyum sifatida tashlab yuborilgan detal yonidan beparvo o ‘tib ketmaydi. Gap aql zakovat bilan ehtiyojning mustahkam birligi ustida emas, balki, awalo, oilada mehnat va ter to‘kish evaziga orttirilgan barcha narsalarga tejamkorlik va jonkuyarlik bilan munosabatda bo‘lmay turib, hech qanday farovonlik bo‘lishi mumkin emasligi ustida bormoqda. Buning uchun, albatta, uy-ro‘zg‘omi tejamli yuritishning oqilona usullarini qo‘llash va shakllantirish kerak bo‘ladi. Umuman, hech kim, hech mahal o'zini isrofgar yoki ziqna deb bilmaydi. Ko‘pchilik bizningcha o‘rtamiyonalikka intiladi, bu yaxshi. Biz aslida shundaymiz, lekin boshqacha 99
bo‘lishni istaydigan kishilar hammiz. Goho bizga nokerak deyilgan narsaning kerakligini shipshitib qo‘yish, maslahat berishgina kifoyadir. Har qanday xo'jalik - xoh biron korxona, xoh hissadorlik jamiyati, xoh jamoa xo‘jaligi yoki mahalla va uy-joy bo‘lsa - muayyan iqtisodiy negizda olib boriladi. Bizning uy-joyimiz, o‘zimiz yashaydigan, sevadigan, o‘qiydigan, bolalami o'stiradigan, katta kishilar bo‘ladigan nabiralar bilan yosha-