boqma, oxirating kuyib ketadi,
ota-onani rozi qilish kerak,
deb bolani ongiga singdirib borilgan. Oxirgi o‘n, o‘n besh
yillar ichida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabat
buzila boshladi, keksalami, ota-onalami hurmat qilish
zarurligi haqidaga qadriyatlarimizga e’tibor berilmay qo‘ydi.
Ayrim bolalar ota-onalaridan moddiy yordam ko‘rayotganligi
uchun «hurmat» qiladigan bo‘lib qolishdi.
Ota-onalarga
nisbatan axloqsizlik qilish, ulami xo‘rlash, qarovsiz qoldirish
hollari ham uchrab turibdi. 0 ‘zbek oilalarida bolani to‘g‘ri
tarbiyalashda ularga axloq-odob qoidalarini tushuntirishda
ota-onalar oldiga avloddan-avlodga o'tib qator talablar
qo‘yilgan:
- bolani hech kimga yomonlik qilmaslikga qo'lidan
kelgancha yaxshilik qilishga ko‘niktirish, uning ko‘ngliga
muruwat tuyg‘ularini solishga intilishni kuchli bo'lishi;
- bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, o‘zlari
ham shu
yo‘ldan ketishlari; ota-onaning yaxshi odob, xulq
egasi
ekanligi, har bir xatti-harakatidan ko‘rinib turishi, bolalaiga
namuna sifatida xizmat qilishi;
- yaxshi deb bilgan ishni o‘zlari ishlab ko‘rsatishlari va
bu ishning yaxshiligiga bolani ishontirishlari;
- bolani taibiya qiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli
bo'lishi;
- bolaning qilayotgan
yaxshi ishlariga qarab, o‘z dara-
jasiga loyiq mukofotlash, xatoga yo‘l qo'ysa tanbeh berish;
- bolalar ota-onasining yuzlaridagi norozilik alomat-
larini ko‘rib, uni jazo ekanligini bilsin, rag‘batlantirish
me’yorida bo'lishi kerak;
-
bolaning oldida odillik bilan, ustozlarcha ish olib bo-
rish axloqiy tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi.
144
Umuman, oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy
an’analami ota-onalar to‘g‘ri tushunib olishlari, qaysi
an’analar
qanday
maqsad uchun hurmat qilishini yaxshi
anglab yetishlari juda muhim. Chunki talqin etilgan
an’analar, urf-odatlar mazmunini, awalo, ota-onalaming
o‘zlaii
yaxshi
o‘zlashtirib,
kundalik
hayotda
qo‘llay
olsalargina, farzandlariga uni ta’siri
samaraliroq
bo‘ladi.
Mana shu ma’noda oilalarda o‘mashib qoigan, o‘rganilgan,
Res-publikamiz turmush tarzida eng ko‘p qo‘llanilayotgan
an’analar bilan birga, butun mustaqillik sharoiti talablaridan
ijobiy samara berishi mumkin bo‘lgan an’analardan o‘z xalqi
va ona Vatani bilan faxrlanish, o‘z
Vataniga mehr-muhabbat
bilan qarash, o‘z .Vatanining o‘tmishi va tarixiga cheksiz
hurmat, o‘z xalqining milliy an’analarini e’zozlash, milliy
ongi shakllangan, milliy e’tiqodli vatanparvarlami tarbiyalash
zarurdir.
Umuman olganda, tarbiya so‘zi aytilishi bilan inson ko‘z
oldida oila namoyon bo‘ladi. Zero, oila tarbiya maskanidir.
Shunday ekan, ma’naviy-axloqiy tarbiya oiladan boshlanadi.
0 ‘zbek oilasining ma’naviyati — o'zbekning milliy g'ururidir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: