2-amaliy mashg'ulot:Oila pedagogikasining ilmiy- tadqiqot metodlari.
Oila pedagogikasining ilmiy- tadqiqot metodlarini tasniflang
Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlar: Ilmiy tadqiqot metodlari ko‘proq oilaviy muammolami
hal qilish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan olib boriladi.
Oilaviy muammolami o‘rganish dastlab manbalarga murojaat
etiladi, shu jihatdan dastlabki metod.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi.Oila pedagogikasiga doir
adabiyotlami o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy
qadriyatlami aks ettiruvchi, mutafakkir va m a’rifatparvar
pedagogik olimlaming asarlari, 0 ‘zbekistonning iqtisodiy,
siyosiy va m a’naviyatiga doir adabiyotlar, Oczbekiston Res-
publikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari risola va maqolalar,
pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlami o‘r-
ganish.
Kuzatish metodi.Kuzatish adabiyotlami o‘rganishdan
keyin boshlanadi. Kuzatishda ota-ona biror maqsadni ko'zda
tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi
tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi-
yatni kuzatish, materiallami qayd qilish muddati belgilanadi.
Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq
muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish obyektning kundalik
faoliyatidagi o‘zgarishlardan m a’lum xulosaga kelish. Uzoq
muddatli kuzatish-qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida
olib borilib, m a’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Ku-
zatishning yakunini qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi,
televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mum-
kin. Kuzatish metodidan to ‘g‘ri foydalanish o ‘quv-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga
boshlaydi.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki
hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul
shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish
jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli,
tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to ‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat
metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O'rinli,
mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblami
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb
ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga,
berilgan savollar shakliga, to ‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq
bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EXMda
qo‘llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon
beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada aniqlik
bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming
real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini
aniqlashga yordam beradi.
Pedagogik eksperiment.H ar qanday ilmiy-pedagogik
tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida
ilmiy gipotezalaming ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika
tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya
eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib,
ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoi-
tida yangi o ‘quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar
odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik
eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jara-
yonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish muno-
sabati bilan maxsus tashkil etilgan bo'ladi. Pedagogik jarayon
aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan
jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tar-
biyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sha
roitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lu-
motlarini, aniq sharoitlami va o‘qitish usullarini yoki tadqiq
qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuningdek,
eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab
etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning
qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning m u
ayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib
borishga va o'zgaruvchan kattaliklar о‘m ini almashtirishga
imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar
pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: ekspe-
rimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni
sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini
belgilash, eksperiment natijasi ta ’sir etuvchi omillar va ular
darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni,
eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish-
metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va
o ‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib
borilishi kerak. Sharhlash bosqichida m a’lumotlar yig‘iladi
va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamo-
yiliga javob berish uchun quyidagi shartlaiga rioya qilish kerak,
ya’ni:
1) tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal
bo‘lishi;
2) tadqiqot metodlarini ishonchliligi;
3) farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga
olish.