Оила психологияси


-mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Оила психологияси

1-mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari 
Oila psixologiyasi fanining predmeti-oilaning ijtimoiy va etnopsixologik 
xususiyatlarini tashkil etishi, jamiyatnining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning 
madaniy takomillashuviga, shaxlarni bir-biriga qo’yadigan talablari oshishiga va 
shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debochasi sifatida sevgi, 
muxubbat, oila va oilaviy munosabatlar yuzaga keladi bu esa o’z navbatida oila 
psixologiyasining ilmiy taqiqot predmeti sifatida o’rganilishi talab etiladi.
Oila psixologiyasi fanining vazifasi –oila psixologiyasiga doir eng muhim 
bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar ko’nikmalarni shakllantirib, 
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida 
yoshlarga tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan o’zgarishlar haqidagi 
ilmiy bilimlar bilan tanishtirish, yoshlarga oilaviy hayotda bo’ladigan muammolar, 
qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash
yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan, muammolarga konstruktiv tus berishga, 
destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga o’rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan 
psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush 
o’rtoqlarini to’g’ri tanlash malakalarini shakllantirish, yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy 
asosda tayyorlash, yoshlarga oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va 
malakalarini shakllantirish, yoshlarni oilaviy muloqatga tayyorlash, yoshlarni oilani 
rejalashtirishga o’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan. 
2-mavzu
: Oila xususida sharq mutafakirlarining qarashlari 
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti uzoq asrlardan buyon 
jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat 
markazida asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon 
beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher 
Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, 
Yaavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abduruf Fitradt, Abdullo Avloniy kabi sharq 
mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi. 
Qadimgi zamonlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida erkak va ayol 
munosabatlari xususiyatlari. Nikoh oila munosabatlarining yuzaga kelishi va 
rivojlanishi. Insoniy hissiyot, sevgining biologik asosi. Erkak va ayol jinsiy 
munosabatlarining shakllanishi. Erkak va ayol munosabatlarida yuzaga kelgan 
«tabu»lar. Nikohning dastlabki turlari. Endogam oila. Ekzogam oila. Urug’lararo nikoh. 



Dastlabki juftli nikohlarning yuzaga kelishi. Egalitar nikoh (24-25 ming 
yillar muqaddam). Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va uning nikoh oila 
munosabatlarining shakllanishiga ta’siri. «Sovg’a ayrboshlash». Individual juft 
nikohning yuzaga kelishi. Juft oila. Oilaviy rollarning yuzaga kelishi. Nikoh oila 
munosabatlarining ijtimoiy boshqarila boshlanishi. Monogam oila turining yuzaga 
kelishi. 
Insoniyat taraqqiyotining keyingi formatsiyalarida nikoh oila munosabatlarining 
rivojlanishi. Ijtimoiy tarixiy tuzumlarda er-xotinlar, oila a’zolari munosabatlari 
xarakteriga qo’yadigan talablari. Ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish 
munosabatlari taraqqiyotining oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’siri. quldorlik 
tuzumida oilaviy munosabatlar xarakteri. 8-mart bayramining yuzaga kelishi (qadimgi 
Rim). 
Patriarxat poligam (ko’p xotinlilik), monogam oilalar. Familiya (lot. fomil – bir 
odamga tegishli qullar), nuklear (lot. nukleus – yadro) oilalar. Industrial jamiyatda 
nuklear oilalarning o’rni. 
Oila va jamiyat munosabatlari. Oila a’zolarining ijtimoiy munosabatlari. Oilaning 
jamiyatdagi munosabatlarga va jamiyatning oilaga ta’siri.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin