112
ikkinchi jahon urushidan so’nggi jinsiy aloqalarning tartibsizligi sabab bo’lgan. Bu
vaqtda erkaklarning kamligi va ayollarning ko’pligi ham ahamiyatga ega bo’lgan.
Yana shunday misollarga 1966-yildan keyingi «Toshkent zilzilasidan so’nggi o’sishdagi
holatga kelsak, bunda 1972-yilda shu o’sishning cho’qqisi
kuzatilgan, ya’ni zaxmning
o’sishi 100 ming aholiga 44ni tashkil qilgan, buni tibbiyotda intensiv ko’rsatkich
deyiladi. Bu paytda ham zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida hasharga kelgan
odamlarning migratsion jarayoni kuchayganligi sabab bo’lgan. Bu vaqt turli-turli joydan
kelgan ishchi-quruvchilar orasidagi «erkinlik», ya’ni jinsiy betartibliklar, ularning
orasida esa tushuntirish ishlarining yetarli darajada olib borilmaganligi
va ular kelgan
vaqtlarida turli tibbiy tekshiruvlardan o’tkazilmaganligi yoki tekshiruvning to’liq
bo’lmaganligi kasallik tarqalishining asosiy sabablaridan bo’lgan. Zaxm va so’zakning
respublikamizdagi hozirgi 5-cho’qqisi avvalgilariga o’xshash bo’lmagan o’ziga xos
sabablarga bog’liqligi aniqlandi. Bu 5-o’sish zaxm bo’yisha asosan 1991yildan
boshlangan bo’lib, bu vaqt yuqoridagi intensiv ko’rsatkich (har 100 ming aholiga) 1,8 ni
tashkil etgan. Shu vaqt ichida 1997-yil shu ko’rsatkich 47,3 ga yetdi. Lekin 1998-yil
hisobiga bu ko’rsatkich 45,5 gacha kamaydi. Ammo bu pasayish hech kimni xotirjam
qilmasligi kerak. Agar so’zak bo’yicha yuqoridagi ko’rsatkichni tahlil qilsak, 1997-
yilda yurtimizda 100 ming aholiga 26,7 kasallik, 1998-yilda esa bu ko’rsatkich 27,5
taga o’sgan.
Respublikamizda yuqorida qayd qilganimizdek, trixomoniaz ham o’sgan. Agar 1997-
yili har 100 ming aholiga 85,5 bo’lgan bo’lsa, 1998-yilda bu ko’rsatkich 100 tagacha
o’sgan. Bu kasallik ham o’zining ashaddiy asoratlari bilan jinsiy aloqa bilan yuquvchi
kasalliklar turkumiga kiradi. Hozirda respublikada asosan
mana shu kasalliklar yuqori
darajada uchraydi. Ko’pincha shu turkumga kiruvchi kasalliklar, ya’ni venerologiya
faniga ma’lum bo’lgan kasalliklarni barchasi ham yurtimizda uchramaydi. Yurtimizda
xlamidioz, mikoplazmoz va gardnerellioz kasalliklarining diagnostikasi kam yo’lga
qo’yilgan, lekin aniqlangan kasalliklar miqdori kamchilikni tashkil qilgan. XX asr
«vabo»si deb yuritiladigan jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklardan biri OITS katta
ijtimoiy muammoni tashkil etadi. Avvallari bu kasallik 1995-yilgacha
yiliga bittadan
qayd etilgan bo’lsa, 1996-yilda 3 ta, 1997-yilda esa 8 ta immunitet tanqisligi virusi
mavjud bo’lgan odamlar topildi. Hozirda qo’shni MDH davlatlari tajribasi shuni
ko’rsatib turibdiki, agar zaxmning har 100 ming aholiga bo’lgan ko’rsatkichi 150 dan
o’ssa, unda OITSni ko’payish ehtimoli oshadi. Bu hozirda o’ziga xos indikatorlik
vazifasini bajarayapti. Shu boisdan yuqorida qayd etib o’tganimizdek, har bir
o’sishning o’ziga xos sabablari bo’ladi. Bu o’sishda jinsiy aloqa orqali yuquvchi
kasalliklar uchun eng asosiy sabablardan biri migratsion jarayondir. Shu bilan birga
kasallik o’sishida yangi omillar paydo bo’ldi.
Bular mayda, o’rta biznes bilan
shug’ullanuvchilar, olibsotarlar va ularning xotinlari hisoblanadi. Ya’ni bunda uy
bekalari bo’lgan o’ynash va fohishalarning rolini alohida ta’kidlash kerak. Buni
quyidagi raqamlar ko’rsatadi. Masalan, 15—17 yoshli bemorlarni Toshkent shahri
bo’yicha 1998-yilda 44 tasi zaxm bilan kasallanishgan. Ular orasida 37 tasi qizlardir.
18—20 yoshli kasallarning 68%ini ayollar tashkil qiladi, 21—50 yoshlilarning esa 53%i
ayollardir. Hozirda kasalliklarning aniqlanishi, asosan kech amalga oshirilmoqda. Bu
esa o’z vaqtida aholi o’rtasida tushuntirish ishlarining sust olib borilayotganligidan
dalolat beradi. Masalan, zaxmning 67,4% (1998-yilda) respublikada kech aniqlangan.
Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlovchi misollardan yana shuni ta’kidlash joizki,
avvallari
113
kasalliklar asosan shaharliklar orasida ko’p uchragan bo’lsa, hozirda esa qishloq aholisi
o’rtasida ham ko’paygan. 1998-yilda zaxm bilan qishloq aholisi orasida 34% dan
ortiqrog’i kasallangan. Aholining shu qatlamida so’zak 30%ni tashkil etgan, lekin bular
orasida ayollarning kasallanishi erkaklarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Hozirda
jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarning tarqalishi avj olib turgan bir vaqtda har bir
inson o’zining qadamini o’ylab bossa, o’rinli bo’ladi. Shundagina bu ixtimoniy
kasalliklar tarqalishining oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: