BIOGRAFIK METOD — kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik, bo’lgan xujjatlar orqali
o’rganish usuli.
11.
VALIDLIK - psixologik tadqiqotda olingan natijalarning ob’ektiv tashqi mezonlarga mos
kelishi.
12.
GENETIK METOD — psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab
rivojlanishi jarayonini o’rganish usullari.
13.
DETERMINIZM — tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan psixik hodisalarning ro’y berishi
ob’ektiv sabablar va qonunlar bilan belgilanadi deb qarash.
14.
YoSh PSIXOLOGIYaSI — peixologiya fani tarmoklaridan bo’lib, turli yoshdagi odamlarning
psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
15.
KUZATISh — psixologiya metodlaridan bo’lib, kishining xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan
turli hodisalarni hisobga olish va sub’ektiv psixik hodisalar to’g’risida fikr olishdan iborat.
16.
LABORATORIYa EKSPERIMENTI - psixologiya metodlaridan bo’lib, tekshiruvchiga ta’sir
etadigan barcha omillar kat’iy nazorat kilgan holda sun’iy sharoitda olib boriladi.
17.
SOTsIOMETRIYa - J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, o’zaro munosabatlar tuzilishi
bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo
munosabatlarni o’rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodi.
18.
SUN’IY AQL — bironta odam yoki bir gurux kishilar bajara oladigan murakkab aqliy
funktsiyalarni bajaradigan sun’iy yaratilgan qurilma.
19.
PSIXOLOGIYa — odamning ob’ektiv borlikni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-xissiyot va boshqa
psixik hodisalar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
20.
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib,tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirda
bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata olish
qobiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.