Oila psixologiyasi


Tarbiyada izchillik, tizimlilik



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə38/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Oila psixologiyasi

Tarbiyada izchillik, tizimlilik – tarbiyaviy ta’sir-larning uyg‘unligi va uzluksizligi prinsipi: tarbiyada izchillik muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga birdaniga juda ko‘p qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Bu borada izchillikka amal qilish lozim. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pirovard natijasiga yunaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholinining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Tarbiyaviy ta’sirda izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tarbiya usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muximdir. Bu qoida tarbiyaviy ishlar, hamda tarbiyani amalga oshiradigan barcha bug‘inlarining hamjihat va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutish kerak.
Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi: tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, pedagog bu jarayonda har bir o‘quvchining nafaqat yoshi, balki uning shaxsiy xususiyatlariga ham e’tibor qaratishi joiz. Bu borada pedagog o‘quvchini tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi kerak. Pedagogdan o‘quvchi bilan muloqatga kirishishdan oldin uning biologik, fiziologik, psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi.
Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik prinsipi: bola shaxsi hurmat qilinsagina u pedagogik ta’sir o‘tkazishga ochiq va moyil bo‘ladi. O‘qituvchini o‘ziga qabul qiladi. O‘qituvchiga nisbatan mehr uyg‘onadi. Undagi bor yaxshi fazilatlarni o‘zlashtiradi va bilim olish samarasi oshadi. Natijada komil inson bo‘lib tarbiyalanishiga zamin yaratadi. Bu borada pedagog o‘quvchini hurmat qilibgina qolmay, talabchan bo‘lishi ham lozim. Talabchanlik o‘quvchilarda tartiblilik, o‘z ishini rejalashtira olish, umumiy vazifa ichidan o‘ziga tegishlisini ajratib olish, ma’suliyatlilik, har ishning me’yorini bilish, ko‘zlagan maqsadga erishish uchun kurasha olish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o‘stirish prinsipi: o‘quvchilarda yoshlikdan mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsata olishni shakllantirish lozim. shunga ko‘ra har bir o‘quvchining qiziqishi va intilishini qo‘llab quvvatlash lozim, ularni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarni egallashlariga to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bu xaqda batafsil bayon qilingan. Jumladan, «Kamolot», «Umid» singari jamg‘armalar yoshlarda tashabbuskorlik, havaskorlik mustaqillik kabi hislatlarni rag‘batlantirishda, qo‘llab quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A. Karimov «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» nomli asarida o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviyatni shakllantirishning mazmun-mohiyati, uning samarali omillari va vositalari batafsil yoritilgan. Bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash mazmuni asosini milliy va umumbashariy qadriyatlar tashkil etib, uni amalga oshirishda xalqimizning boy merosi, samarali vosita va usullaridan foydalanish zarurati mamlakatimizda olib borilayotgan davlat ta’lim-tarbiya siyosatining dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.


Tarbiya ijtimoiy xayotning uzluksiz tushunchasi bo‘lib, u tarixiy xarakterga egadir. Qadimgi Gretsiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi fazilatlarga o‘rgatish, unda fuqarolik, vatanparvarlik, ja’surlik, sadoqat, do‘stlik kabi sifatlarni rivojlantirish bo‘lgan.
O‘rta asrlarga kelib yosh avlodda diniy e’tiqod, iymon, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish zarurati to‘g‘ilgan. Markaziy Osiyo xalqlari bu yo‘nalishda katta muvafaqqiyatlarga erishgan. Bu davr buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirdi.
Bugungi kunda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadidir. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama etuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan etuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi.
Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Bu xususida O‘zbekiston Respublikasinig birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof etgan edi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o‘z qobiliyatini, o‘z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma’nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir».
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrlarda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa, islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra etuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir. SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo‘nalishi ekanligiga urg‘u beradi. Allomaning fikrcha, fozil jamiyat komil inson sa’yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o‘zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to‘g‘risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan o‘n ikki fazilatni keltirib o‘tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o‘z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo‘‘tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. Abu Rayxon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo‘lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‘u beradi.
Allomaning fikricha, axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik, tadbirkorlik, o‘zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo‘lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo‘lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo‘lishi esa uning yanada yuksalishini ta’minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko‘rsatkchi ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o‘rinni egallaydi va o‘z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalan-tirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi borasidagi g‘oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, shaxsning jamoada qaror topishi. SHaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo‘lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini o‘zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. SHuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo‘lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. SHaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo‘lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi. Bola yoshligidan o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o‘zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi.
Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo‘lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi. SHarq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi.
Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashi uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo‘lgan mikro muhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. SHuningdek, alloma o‘qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Abu Nasr Forobiyning uqtirishcha, inson boshqalar bilan munosabatda bo‘lish, ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga etaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayxon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam, jamoa haqida tushuncha.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iboratdir. Ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Kishlarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol o‘yinashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi.
Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi. SHu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning etakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi.
Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi.
Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga kelganishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. SHuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruh oldiga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi.
Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har bir a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi. Ushbu jarayon mohiyatini quyidagicha bayon etish mumkin. Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas.
shunga qaramay o‘qituvchilik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi.
Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.
Mustaqillik sharofati bilan erkinlikka erishdik, boy ma’naviy qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi. Hammamiz azaldan orzu qilgan kunlarga etishdik. O‘zbekistonning ertangi kuni, ravnaqi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi albatta o‘sib kelayotgan barkamol yosh avlodga bog‘liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilimlar berish, ularni har tomonlama ma’naviy-axloqiy etuk shaxs etib tarbiyalash ustivor masalalar qatoriga kirdi.
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir qancha asarlari, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda yoshlarni har tamonlama etuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalash vazifalari aniq belgilab berilgan.
Bugungi kunda tarbiyaning asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama etuk, barkamol inson etib shakllantirishdan iborat. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy etuklikni mujassam etadi.
Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda SHarq mutafakkirlarining meroslari dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Al-Farobiy, A.YAssaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha mutafakkirlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, pedagogik, axloqiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish – bizning muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, barkamol insonni tarbiyalab etishtirish oddiy, oson ish emas. U ko‘plab, oylab, yillab mehnat qilishni, sabr-toqatni, chidam va qat’iyatlilikni, irodani talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning yoshlar tarbiyasi, ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilgan qarorlarida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etib, Respublikamiz istiqbolini belgilovchi yoshlarni har tomonlama etuk, barkamol shaxs, raqobatbardosh kadr etib tayyorlash oliy maqsad qilib qo‘yilgan. Bunday shaxs oilada, maktabda va boshqa ta’lim tizimi jabhalarida ta’lim-tarbiya oladi.
Tarbiyaning oliy maqsadiga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarishimiz lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni esa tarbiyaning tarkibiy qismlari deb atash ham mumkin: milliy-mafkuraviy, g‘oyaviy, xuquqiy, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiya. Tarbiyaning har bir tarkibiy qismi oliy maqsadga xizmat qilishi bilan bir qatorda o‘z mazmuni va vazifalariga ega. Mana shular tarbiya mazmunini tashkil etadi.
Milliy-mafkuraviy tarbiya – o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyasiga, umumbashariy va milliy qadriyatlarga sodoqat, vatanparvarlik his-to‘yg‘ularini shakllantirishga qaratilgan jarayondir.
Xuquqiy tarbiya – o‘z haq-xuquqlarini biladigan, ularni himoya qila oladigan, mustaqil fikrlaydigan, siyosat va inson xuquqini chuqur biladigan, konstitutsiya qonunlariga amal qiladigan, o‘z fuqarolik burchlarini yaxshi his etadigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Aqliy tarbiya – barkamol inson tarbiyasining etakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik hislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Axloqiy tarbiya. Axloq – ijtmoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonning jamiyatga, mehnatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi hulq-odob qonun-qoidalari, me’yorlari majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sirga axloqiy tarbiya deyiladi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karim va Hadisu shariflardagi axloqqa oid ibratli ko‘rsatmalar, maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi yaratgan ma’naviy meroslari bugunga qadar ham uz qadr qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayondir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umur mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarishga o‘rgatishdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Dono xalqimiz, allomalarimiz mehnat haqida juda ko‘plab fikrlar aytishgan. Haqiqatda ham mehnatsevarlik doimo ulug‘langan, dangasalik, mehnatsiz boylik orttirish qoralangan. Mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishdan, axloqiy buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini biladi, uni el-yurt ulug‘laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiya. Estetika lotincha «Ectetikos», ya’ni «his etaman» degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi – o‘quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go‘zalliklarni idrok etish, ularni to‘g‘ri tushunib etish, qadriga etish, hayotga qayta go‘zalliklar olib kira olishga o‘rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va xodisalar, balki insoniy xulq-atvor, fazilatlarni ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. Insoniy go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hakozo sifatlarni o‘zida namoyon qiladi.
Estetik tarbiya go‘zallikdan zavqlanishga, xuniklikdan nafratlanishga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o‘rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqealiqlarida uchratishi mumkin.
Iqtisodiy tarbiya. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya maktabda asosan tabiiy-matematik fanlar asosida beriladi. Unda o‘quvchilar ishlab chiqarishning turli sohalari, bozor, oila byudjeti, iqtisodiy geografiya, marketing kabi ko‘plab zamonaviy tushunchalar bilan qurollanadilar.
Ekologik tarbiya. «Ekologiya» – yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudodlarining yashash sharoiti, uyi, joyi va tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Barkamol insonning muhim fazilatlaridan biri uning ekologik madaniyatidir. Ekologik madaniyatga ega shaxs barcha tirik mavjudodlarning yashash sharoiti, muhiti qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat muvozanatini saqlashga hissa qo‘shadi, u atrof-muhitga nisbatan beparvo bo‘lmaydi, aksincha uni yaxshilashga, sog‘lomlashtirishga xarakat qiladi.
Jismoniy tarbiya. Barkamol inson nafaqat ma’naviy jihatdan, balki jismoniy jihatdan ham etuk bo‘lmog‘i lozim. SHuning uchun ham jismoniy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yana bir tarkibiy qismidir. Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishlarini, baquvvat bo‘lishlarini va vatanimiz himoyasi uchun qo‘rqmas, jasur, harbiy ilmlar, qurol aslohatlardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o‘zining oliy maqsadi deb biladi.
O‘quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o‘yinlar, gimnastika, sport, turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari turlari vositasida beriladi.
Yuqorida qayd etilgan tarbiyaning tarkibiy qismlari o‘z vazifalarini bajarishga qaratilganligi bilan bir qatorda, oliy maqsadga, ya’ni barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ular bir-birlari bilan chamabarchas bog‘liq holda amalga oshirilib, o‘quvchi yoshlarni har tomonlama tarbiyalashga qaratiladi.

Ijtimoiy ehtiyojlar tarbiya jarayonining xarakteri, uning vazifalari, mazmuni, usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. Tarbiyashunoslik fanidagi qonun va qonuniyatlar ijtimoiy qonuniyatlarga to‘la mos bo‘ladi. CHunki, ijtimoiy qonuniyatlar jamiyatning taraqqiyotini, unda insonning tutgan o‘rnini, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishini, yashashdan aniq maqsad bo‘lish kerakligini belgilaydi.


Tarbiya jarayoning mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki xodisa va munosabatlarni aks ettiradi.
Qonuniyat – barqaror, zaruriy, u yoki bu xodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqadir. Tarbiyaning asosiy qonuniyatlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlarga bo‘linishi natijalarga olib keladi;
- tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga quyiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiya qonuniyatlari birinchi navbatda jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘zbekiston milliy istiqlolga erishgandan keyin tarbiyaning jamiyat oldidagi mohiyati o‘zgardi. Eski jamiyatning mafkurasiga asoslangan tarbiya yo‘nalishi o‘zgarib, yangi barpo bulayotgan tuzumga mos mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati paydo bo‘ldi. Jamiyatimizda tarbiyaning butun yo‘nalishi shu ehtiyojdan kelib chiqqan xolda o‘zgardi. Ijtimoiy ehtiyoj ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etdi. shunga asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi. Ularda ijtimoiy ehtiyoj hisobga olingan holda, tarbiya qonuniyatlariga amal qilish hal etilgan.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati uning maqsadi, mazmuni, usullari va shakllarining uzviy bog‘liqligidir. YOshlarga beriladigan tarbiya avvalo aniq maqsadga yunaltirilgan, shu maqsadni ruyobga chiqarishda tarbiyaning mazmuni, usullari va shakllari bir-birini to‘ldirishi, takomillashtirishi kerak.
Pedagog olimlar tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi, bolaning yoshi, o‘ziga xos xususiyatlari, hatto jinsiy tafovutini hisobga olish ham qonun hisoblanadi deb sanaydilar. Ko‘pchilik manbaalarda bu xususiyatlar tarbiyaning prinsipi sifatida qaraladi. Tarbiya prinsiplari qonunlar bilan bog‘langan, ularning mantiqiy davomi shaklida e’tiborga olinib, tarbiya berish jarayonida amal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tarbiya prinsiplari tarbiya qonuniyatlarining amalda tadbiq etilishi, mantiqiy davomi, aksi sifatida namoyon bo‘lishi deb hisoblash mumkin. CHunki, tarbiya qonuniyatlariga ham, prinsiplariga ham tarbiya jarayonida amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari va prinsinlariga alohida e’tibor bergan holda ish ko‘rilganda tarbiyalanuvchilar barkamol shaxsga aylanadi. SHuning uchun ham tarbiya prinsiplarini chuqur ilmiy asoslash bilan birga ularni hayotga tadbiq etish o‘qituvchilar-tarbiyachilar, ota-onalar va jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin