Ta’lim prinsiplarining uzviy bog’liqligi deganda nimani tushunasiz? Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir - biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi, texnika va fanning so’nggi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o’quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim.
8-MAVZU: TA’LIMNING TASHKILIY SHAKLLARI VA METODLARI REJA: Ta’limni tashkil etish shakllari.
Dars turlari va tuzilishi.
Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari.
Ta’lim metodlari.
Ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishla turli shakllardan foydalanilgan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib, ta’lim guruhli yoki yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ta’lim tarixida birinchi bo‘lib sinf-dars tizimini ishlab chiqdi. Ya.A.Komenskiyning yangi ta’lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta’limidan o‘rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida qo‘llanmoqda.
Dars-bevosita o‘qituvchi yetakchiligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir.
Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur.