Oila psixologiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə56/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Oila psixologiyasi

Ko‘rgazmalilik metodi
Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo‘lib, uning yordamida ko‘ruv o‘quvi va tafakkur o‘zaro uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
-Illustrasiya metodi og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko‘rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko‘rgazmalar-narsalarning o‘zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko‘rsatish. Ko‘rgazmali metodlar eshitish va ko‘rishni o‘zaro uyg‘unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta’limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish metodlari
Muammoli izlanish turidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta’lim metodidir. Bu metodlar asosida o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri quyidagicha umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati
turli topshiriqlar asosida -muammoli holatda
ishtirok
muammoli holat yaratish; etish va muammoni qabul
qilish;
muammoni hal etishga oid
farazlarni aytishni taklif etish; -farazlarni aytish;
farazlardan mosini muammoni -tanlangan farazni
muammoni
bajarishga tatbiq etish; so‘rash bajarilishiga tatbiq
etish;
xulosalar chiqarishga ko‘maklashish; -xulosalar chiqarish;
chiqarilgan xulosalarni
amaliyotga tatbiq etish yo‘lla- -xulosalarni amaliyotga
rini ko‘rsatish; tadbiq etish;
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo‘llanilmaydi. Muammolarni qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza o‘qib turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazmali qurollar vositasida bolalarga eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko‘ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo‘lidir.
Muammoli ma’ruza: ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta’lim maqsadiga yerishishdir.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin