Oila rasmi” metodikasi


Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur



Yüklə 39,26 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü39,26 Kb.
#199686
1   2   3   4
Oila rasmi

Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;
b) uning a’zolari soni, aka-singillari yoshi;
v) agar iloji bo’lsa, bolaning uy va bog’chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma’lumotlar.
“Oila rasmi” metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:
1) “oila rasmi” strukturasi tahlili;
2) oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;
3) rasm chizish jarayoni tahlili.
1. “Oila rasmi” strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash.
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks ettiradi.
Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog’liq bo’lgan salbiy kechinmalar; rad etilganlik hissi; himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixo-logning o’rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o’rnata olmaganligi bo’lishi mumkin.
Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qolishdirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko’proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan; “joy qolmagani uchun chizmadim”, “U o’ynashga ketgan” kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: “Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi”, “U biz bilan birga yashashini xohlamayman” deb javob beradilar.
Ba’zan real oila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim (ko’pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi).
Ba’zi rasmlarda bola o’z rasmini chizmaydi yoki oilasi o’rniga faqat o’zini aks ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga qo’shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi.
Rasmda “Men”ning mavjud bo’lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog’liq. Oilada yolg’iz farzand bo’lsa, affilyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.

Yüklə 39,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin