Oila rasmi” metodikasi


Oila a’zolarining joylashishi



Yüklə 39,26 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü39,26 Kb.
#199686
1   2   3   4
Oila rasmi

Oila a’zolarining joylashishi
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o’zaro munosa-batlarning psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan qo’l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko’rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning past darajasidan dalolat beradi.
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o’zini alohida ajratib qo’ysa, bu uning ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.
Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili
Oila a’zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’zosiga nisbatan emotsional munosabatini, bola uni qanday idrok etishi, bolaning “Men-obrazi”, uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’lumotlar berishi mumkin.
Bolaning oila a’zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
1) tana detallari miqdori: bosh, soch, quloqlar, ko’zlar, ko’z qorachig’i, kipriklar, qosh, burun,yuz, og’iz,bo’yin, yelka, qo’llar, kaft, barmoqlar, oyoq, tovonning mavjudligi;
2) kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ntak, kamar, tugmacha, soch turmak elementlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar;
3) figurani chizishda qo’llanilgan ranglar miqdori.
Odatda insonga ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda (pozitiv) ijobiy kontsentratsiyada namoyon bo’ladi, ya’ni tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar qo’llanilishida ifodalanadi. Va aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’zida tananing muhim qismlari (bosh, oyoq, qo’l) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota yoki onasini ko’rinishini kattalashtirib chizishadi. Bu haqikatga yaqin. Ba’zida esa chizilgan figurani munosabati oila a’zolari real munosabatlariga mos kelmaydi, masalan, 7 yoshli bola o’z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi.
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona avtoritar rahbar bo’lib, dominantlik qiladi.
Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota–onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu – esa bir tomondan, bola egotsentrizmidan, ikkinchi tomondan qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’kidlash maqsadida qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish yeki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin.
O’zlarini ahamiyatsiz, ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota –onalari tomonidan mehribonchilik, g’amxo’rlik talab qiluvchi bolalar o’zlarini boshqa oila a’zolariga nisbatan ancha kichik hajmda tasvirlaydilar.
Shuningdek, impulьsiv,o’ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’zlarini juda katta, hatto butun daraxt xajmida tasvirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi mavjud bolalar o’zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a’zolari xususiyatlarini tahlil qilishda tananing alohi-da qismlari tasviriga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, tana-ning alohida qismlari muayyan faollik sohasi bilan bog’langan bo’-lib muloqat, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan bog’langan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan bolalar ham shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hokimlik xohishidan ham darak berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng yelka va shunga o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada ishonchli bo’ladi.
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi,o’ziga esa chizishni “unutadi”. Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa bu kuchsizlik, oiladagi o’zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo’g’ishi hissidan darak beradi.
Bosh – “men” lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi.
Yuz – tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari – ko’z, og’izni tushirib qoldirsalar, bu muloqat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat beradi.
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi.
Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar, ular ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya).
Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan bog’langan bo’ladi.
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq bilan chegaransalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi.

Yüklə 39,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin