ОILА TАRBIYASI MАZMUNI VА MОHIYATI Nabiyeva Kamolaxon Xoshimova Nazira Reja :
Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari.
Beruniy asarlarida oila tarbiyasi masalasi.
Inb Sino asarlarida oila tarbiyasi masalasi yoritilishi.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi. Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir. “Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”, degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar. Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi ko’pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja’far tilidan shunday deb yozadi. “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularnig ichida eng yaxshisi suvdir”Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’lluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni olg’a surgan. Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot bo’lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishidan, qo’rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi. Abu Ali inb Sino Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan. Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi.Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir. E’tiboringiz uchun raxmat