Tadqiqotimizning ilmiy farazi.
Agarda ota-onalarga farzand tarbiyasi, ota-onaning farzandi oldidagi burchi hamda farzandning ota-ona oldidagi ma’suliyati va eng asosiysi komil inson tushunchalarini tarkib toptirish borasidagi ishlab chiqilgan usullarimizdan unumli foydalanib axloqiy munosabatlarning yo’lga qo’yilganligini o’rganilib, to’g’ri tashxis qo’yilsa;
Tashxisga muvofiq ishlab chiqilgan tafsiyalarimiz asosida har bir oilalarda farzand tarbiyasi va oilalarda axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yish borasidagi pedagogik tushunchalarga hamda tarbiyaning muhim qirralariga e’tibor qaratilsa;
Mahallalardagi oilalar bilan ijtimoiy, pedagogik, psixologik treninglar hamda davra suhbatlari o’tkazilsa;
O’zbek oilalarida shakllanayotgan, tarbiyalanayotgan o’g’il-qizlarning komil inson, yetuk, yosh va malakali kadr, ma’suliyatli oila boshlig’i va mehribon, rahmdil onalarni shakllantirishning yuqori ko’rsatgichlariga erishishimiz mumkin.
Tadqiqotning metodologik asoslari:
“ Ta’lim, to’g’risidagi qonun ”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oila kodeksi va boshqa davlat hujjatlari;
I.A.Karimovning “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari, “ Barkamol avlod orzusi ”, “ XXI asr bo’sag’asida” va boshqa asarlar;
Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari milliy qadriyatlar sifatida va milliy tarbiya mezonlari;
Darsliklar, o’quv qo’llanmalar, jurnallar va gazetalar;
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati:
Oilalarda tarbiyaviy jarayonni o’rganib, tahlil qilib, natija va xulosalar asosida milliy tarbiya me’zonlariga asoslanib tarbiya muammolarini ochib, kamchiliklarni inobatga olib, uslubiy tavsiyalar va maslahatlar beriladi.
Bitiruv ishimizning tajriba maydoni Samarqand viloyati Payariq tumani, Tomoyrot mahallasi, Tomoyrot qishlog’idagi oilalar olindi.
Bitiruv ishimizning mazmuni uning rejasida ko’rsatilgan tadbirlarni o’z ichiga qamragan. U kirish, ikki bob, besh band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda mundarija qismidan iborat.
Ishning kirish qismida tadqiqotning umumiy tavsifi berilgan. Ya’ni mavzuning dolzarbligi asoslangan, maqsad, vazifalar belgilab chiqilgan, ilmiy farazi, nazariy asosi, tadqiqotning o’tkazilish bosqichlari, nazariy va amaliy ahamiyati bayon qilinadi.
Tadqiqotning birinchi bobi “Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan. Ushbu bobda oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishning nazariy asosi ochib berildi. Mutafakkirlarimizning qarashlariga asoslanib, oilaviy tarbiyaning mazmuni, oilada axloqiy munosabatlarni shakllanshi, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari va shaxsiy namunasi tugan o’rni va ahamiyati ochib berilgan.
Bitiruv ishining ikkinchi bobi “Axloqiy sifatlarni tarbiyalashning vositalari va uslublari” deb nomlandi. Uning dastlabki bandida oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishda milliy qadriyat, urf-odat va an’analarning foydalanish va ularning ahamiyati o’z ifodasini topgan. Ikkinchi bandida oilalarda olib borilgan suhbatlar, testlar, savol-javoblar va ayrim oilalarda uchraydigan holatlar bo’yicha olib borilgan suhbatlar hamda yosh ota-onalarga farzand tarbiyasi borasida turli xil tavsiyalar berilgan.
Xulosamizda mavzu yuzasidan olib borgan izlanishlarimizning barchasiga qisqacha to’xtalib oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirsh doir xususiy mulohazalarimizni umumlashtirib bayon etganmiz.
Dostları ilə paylaş: |