Oilaning bola shaxsini shakllantirishga ta`siri


OILA QADRIYATLARINING BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIGA TA`SIRI



Yüklə 89,16 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü89,16 Kb.
#178510
1   2   3   4   5
Muxsinova Durdona

3. OILA QADRIYATLARINING BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIGA TA`SIRI
Jamiyatda turli yoshlar, xar hil kasb-xunar egallaydi-yu, turli millatga mansub shaxslar yashashadi. Ijtimoiy hayotdagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi, xar hil kishilarning bir-biri bilan aloqasidan ijtimoiy mehnatda siyosiy-iqtisodiy munosabatlar muomilalar, muammolarni xal etishda qatnashuvidan, moddiy ma’naviy boyliklar yaratish uyda, kо‘cha- kuyda, dam olish maskanlarida, ish joyi va ta’lim-tarbiya maskanlarida о‘zini tutishdan, ruxiy xolatlari hamda muomila madaniyatlaridan kelib chiqadi.
Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi vujudga kelishida, shubxasiо‘ xar bir millatning xususiyatlari tabiiy ravishda о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Masalan, о‘zbek yigit-qizlariga xos bо‘lgan kattalarga hurmat bilan kurash, ularga betgachoparlik qilmasdan izzatini joyiga qо‘yish. Xushrо‘ylik, mehmondо‘stlik, xayo-ibo, o0ir- vazminlik kabi xalq xarkteridan kelib chiqadigan fazilatlar singari kabi, bu munosabatlar muhitida ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Ijtimoiy hayotdagi shaxslararo munosabatlarni kishilar ishlab yoki о‘qib turgan kollektiv tartib-qoidalari talablaridan kelib chiqadigan, shaxslarning ichki sirlari, dо‘stona aloqalari bilan bog‘liq munosabatlarga hamda oiladagi munosabatlarga bо‘lish mumkin. Ma’lumki, oiladagi munosabatlar shaxs tarbiyasida xal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi. Ana shu ta’sir shaxsning dо‘stlariga, о‘qiydigan. Ishlaydigan joidagi, atrofidagi boshqa shaxslar bilan muloqotidi munosabatida albatta о‘z aksini topadi.
Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhiti g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Inson axloqiy, ma’naviy va ruhiy fiyofasining poydevori oilada qo‘yiladi. Shuning uchun ham mashhur allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda shu masalaga bag‘ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz «Bola — boshidan, nihol — yoshidan» degan naqlni bejiz aytmagan. Modomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash Ishini yoshlikdan, oiladan boshlash kerak. Bi- nobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo‘ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko‘pgina qiyin-chiliklarga duch keladilar. Axir, noto‘g‘ri tarbiya tufayli nafs balosi o‘qiga giriftor bo‘lgan, o‘n gulidan bir guli ham ochilmay turib umri hazon bo‘lgan yoshlar kammi?
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy madaniyati va tarixi bor. Mazkur madaniy meros jamiyatdagi jamiki ma’naviy boyliklarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ayniqsa, O‘rta Osiyo xalqlari pedagogikasi, ma’naviy-madaniy tarixi boy merosga ega bo‘lib, ularning mohiyati, mazmuni xalq ijodiyotida, ilg‘or mutafakkirlarning asarlarida aks etgan. Xususan, jumhuriyatimiz xalqla­riniig pedagogika va ruhshunoslik fanlari bo‘yicha merosini o‘rganish ishlari hali o‘zining ko‘pgina tadqiqotchilarini kutib turibdi. Hatto bir necha asrlar ilgari At-Termiziy, Ismoil Buxoriy kabi allomalarning inson ma’naviy olamini boyitadigan durdona yodgorliklari, hususan, «Qur’oni karim» mazmunini yoritadigan radiolar majmuasi musulmon olamining hayotbaxsh of- tobidir. Uning nurlaridan yoshlarimiz, farzandlarimizni bahramand etish fursati keldi.
Ma’lumki, yosh avlodga maqsadga muvofiq tarbiya berish uchun ota-onalar ham tarbiyaning vazifasi, maqsadi, vositalari shart-sharoitlari yuzasidan har tomonlama bilimga egabo‘lishlari farzandlarining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ish yuritishlari lozim.
O‘zbek oilasida bola tarbiyalashning ishontirish, tushuntirish nasihat, ibrat-namuna ko‘rsatish, yaxshi fazilatlarni mashq qilish rag‘batlantirish, tanbeh bsrish, ogohlantirish, jazolash kabi usullari qo‘llaniladi.
Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:

  1. oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;

  2. ota-ona obrusini saqlash;

  3. tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi;

  4. bola shaxsini mexnatda tarbiyalash;

  5. oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi;

  6. bolani sevish va izzat qilish;

  7. oilada qat’iy rejim va kun tartibi o‘rnatish;

  8. tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;

  9. bola taraqqiyotini aniqlab borish;

  10. bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar.

Oilaning ma’naviy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy xotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o‘zaro totuvlik yaratilgan bo‘lishi zarur. Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g‘amxurlik mavjud bo‘lsa, bunday muomala-munosabat bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ular o‘z farzandlariga chinakam baxt, quvonch hadya etadilar.


Oila a’zolarining did-farosati, qiziqishi, mayllari, ehtiyojlari, intilishlari o‘zaro bir-biriga munosib bo‘lsa, onaning inoq, ahil turmush kechirishlariga, oilavyy munosabatlarning mustahkam bo‘lishiga puxta zamin hozirlaydi. Muayyan darajada shart-sharoitlarning mavjudligi, ota-onaning o‘zaro bir-birlarini tushunib turmush kechirishlari, maqsad va vazifalardagi birlik, yuzaga keladigan ziddiyatlarni birgalikda bartaraf eta olishlari mustahkam oila muhitini shakllantiradi.
O‘zbek oilalarining aksariyati o‘zining serfarzandligi bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, ota-onaning hoh o‘g‘il, hoh qiz, hoh tung‘ich, hoh kenja farzand bo‘lmasin, ularga teng va odil muno­sabatda bo‘lishi, erkalatmasligi, kattalar namunasi orqali kichiklarni tarbiyalash ijobiy hodisadir.
Kam bolali oilalarda ota-onalar farzandlarini ortiqcha erkalaydilar — bola oilaning tanho ovunchogiga aylanib qoladi. Natijada shunday o‘g‘il yoki qizlar erka, o‘jar, tantiq, shaxsiyatparast bo‘lib voyaga yetishi mumkin.
Oilada qat’iy intizom va kun tartibining bo‘lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Bolalarning bilim olishdagi yutug‘i, ahloqi, salomatlik darajasi ko‘p jihatdan oilada qaror
toptirilgan oqilona rejimga bog‘liq. Shuning uchun ota-onalarning o‘zlari ham bu borada ibrat ko‘rsatishlari, oqilona tuzilgan oila rejimiga qat’iy amal qilishlari, farzandlarga ham o‘rgatishlari darkor. Bu narsa, ayniqsa, qiz bolalar tarbiyasi uchun juda zarurdir. Chunki u katta bo‘lgach, nixol kabi boshqa uyga kuchib o‘tadi — oila quradi.
Ota-onalarning ichkilikka ruju qilishi, buning oqibati va boshqa sabablarga ko‘ra tez-tez sodir bo‘lib turadigan oilaviy janjal-mojarolar tufayli bolalarning oromi buziladi, uyqusi qochadi, cho‘chiydigan bo‘lib qoladi; asab sistemasi kasalligiga chalinadi, farzandlari ko‘z o‘ngida ota-onaning obrusi to‘kiladi.
Oila — bu o‘ziga hos xo‘jalik bo‘lib, uning turmush kechirish muammolari mavjud. Ota-onalar oila a’zolarining amaliy faoliyatlarini uyushtiradi, ularning ovqatlanish, ta’lim olish, ishlash, dam olish, kiyim-bosh bilan ta’minlash kabi kundalik rejimini tashkil qiladi; farzandni bolaligidan boshlab mehnatga, mustaqillikka, shaxslararo ibratli munosabatga o‘rgata boradi.
O‘zbek oilasi a’zolarining deyarli barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ana shu imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovatli bo‘lib voyaga yetmoqdalar.
Oilada bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etib, faqat farzandlariga ruhiyat va ma’naviyat bilimidan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki o‘zlari ham tarbiya sehrlari, xususiyatlari, holatlari mohiyati va ma’nosi yuzasidan yangi-yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari kerak.
Bola tarbiyasi ota-onalardan maxsus pedagogika va ruhiyat bo‘yicha bilimlar, alohida ko‘nikmalar bo‘lishini qat’iy ravishda talab qilmasa-da, doimiy yuz berayotgan tarbiya muammolarini to‘g‘ri hal qilish ustida fikr yuritishni taqozo etadi.
O‘z farzandlariga ajoyib, go‘zal, orzu qilgudek tarbiya berish imkoniyatiga ega bo‘lgan ota-onalar umrlarini rohat va farog‘atda o‘tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko‘radilar, dillari aslo jarohat azobini sezmaydi; o‘kinish hissiga duchor bo‘lmaydilar.
Ota hayotda mashaqatlardan tortib, barcha xursandchitsiklargacha, o‘zining bukilmasligi, egilmasligi bilan bardosh beruvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi. Otalar tuproq qorib bino quradilar, metall kesib mashinalar yaratadilar, urug‘ sepib don oladilar. Ular el boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechadilar; o‘z xalqining baxti va tug‘ilgan yerini ko‘krakni qalqon etib quriqlaydilar.
Dahshatli hayot-mamot janglarida qishning izg‘irinli sovug‘i-yu, yozningtinka quritar issiqlari, ochlikning haftalab, oylab, yillab bergan azoblariga bardoshli damlar — hamma-hammasi otalar jasorati uchun xos. Ushbu jasoratlardan so‘zlovchi eng mu’tabar va eng e’zozly ma’nolar ana shu «ota» so‘zida mujassamlashgan, desak, yanglish bo‘lmas.
Agar otalar bo‘lmasa, osmonimiz musaffo, nonimiz butun, ustimiz but bo‘lmasligi hammaga ayon. Shu tufayli ham farzandlarimiz «joningizga jon bo‘'ay, jonga darmonim otam» deb ashula aytganlarida otaning ana shu fazilatlaridan, jasoratlaridan ilhom olgan bo‘lsalar ajab emas.
Oilada otaning rahbarlik va yo‘lboshchilik roli to‘g‘risida ulug‘ insonlar, buyuk siymolar hikmatli so‘zlar aytishgan. Jumladan, bobokalon shoir Alisher Navoiy farzandlarni o‘z ota-onalarini qadrlashga da’vat etib: «Birisin oy angla, birisin quyosh»,— deya madh etar ekan, otani quyoshga o‘xshatadi.
Muhammad Payg‘ambar qoldirgan hadislardan birida: «Otangning do‘sti bilan do‘stlik aloqasini davom ettirishing otangga qilgan yaxshiliging hisoblanadi»,— deyiladi. Xalq orasida «bir ota unta o‘g‘ilni boqishga qurbi yetadi, biroq o‘nta o‘g‘il bitta otani boqa ol­maydi» degan naqlda chuqur ma’no bor. I
Demak, ota yo‘lini davom ettirish, uni qadrlash o‘g‘il uchun farzandlik burchidir.
Ota — oila boshlig‘i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko‘z ilg‘amas yumushlaridagi muammolarning miridan-sirigacha aralashib, unga faqat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turishdek insoniy masuliyat ota yelkasida turadi. Buni mohiyat jihatdan tushungan erkak o‘z ma’nosida ota hisoblanadi; aksincha, bu mu’tabar so‘zga faqat isnod keltiradi.
Shu o‘rinda otaning oiladagi obrusi masalasi atrofida fikr yuritish joizdir. Ota obruni dastlab oilada mustahkamlaydi. Xotini, bola-chaqasi orasida obru topgan ota jamoat orasida ham, shubhasiz, e’tibor topadi, obru orttiradi.
Tasavvurimizdagi izzat-ikromga sazovor otalar hayotning har bir katta va kichik detallarida ham bosh mexanizmlik rolini o‘taydigan, yagona figura sifatida gavdalanuvchi murabbiylardir. Bularsiz hayoti kechgan oilani oila hisoblamaymiz. Chinakam insoniy tarbiya iplarini oilada pishiq va mustahkam etuvchi va yigiruvchi ham yagona ota; uning ruhiy hokimligi, erkaklik g‘ururi, olam-olam oriyati esa ; haqiqiy ideal desa bo‘ladi. Ha, bunday otalarning ulug‘vor siymosi butun borlig‘imiz, hayotimiz uchun haqiqiy izzat-hurmat nimaligidan dalolat beruvchi yagona namunadir.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko‘rsatmas ekan, bunday oiladagi otada na burd, na hurmat va na obru bo‘ladi. Bunday ota «hurmat» va «obru» degan mu’tabar so‘zlardan yiroqlashib, dastlab xotini oldida, qolaversa farzandlar orasida beburd, tuturuqsiz, qadr-qimmatsiz, omonat bir begona shaxsga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday otalar qadrsizlanadi.
Oilada obrusiz ota tarbiyasini olgan bola ko‘pincha o‘g‘ri, muttaham, bosqinchi, yo‘lto‘sar va g‘irt bezori bo‘lib yetishishi shubhasizdir.
Murg‘ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘bek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud Axloq» kitobida quyidagi ibratli o‘gitlarni aytgan edi: «Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim».
Bola ota-onaning og‘ushidan, iliq nafasidan, qalb haroratidan bahra olib o‘sadi. Olam sirlarini farzand dastavval o‘zining nuri- diydalaridan o‘rganadi. Shuning uchun ota-onani birinchi tarbiyachi muallim deyishadi.
Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirishdir. Bunga bolani faqat ishontirish yo‘li bilan erishish mumkin. Shuning uchun ota-ona o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashda ularni qurqitishda yoki asossiz buyruq berishga tayanmasdan ish tutishi kerak.
Binobarin, oilaviy va pedagogik tarbiyada otaning obrusi adohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli oilada ota obrusi muammosini keng jamoatchilik hukmiga havola qilish maqsadga muvofiqdir.
Turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning obrusi davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan boshlanadi. Agar ota-ona o‘z ishi, o‘z burchi uchun javobgar ekanligini his qilsa va unga amal qila olsa, bu ularning obrusidir. Ular o‘zlarining xulqida, xatti-harakatlarida bularga rioya qilsalar, yetarli obru qozona oladilar.
Ota va ona obrusi butun hayot davomida kundalik ibratli xulqi, axloqi, intizomi, kamtarligi, ishbilarmonligi bilangina qo‘lga kiritiladi. Ibrat-namuna, zahmat, chin ezgu-niyat evaziga yuzaga kel­gan obru haqiqiy obru hisoblanadi. U farzandlar diqqat-e’tiboriga mehr-muhabbat bilan yugriladi. Natijada oila a’zolari totuv, osoyishta, inoq hayot kechiradilar; oilada farzandlar orzu q ilguday, zamona ruhiga mos tarbiya oladilar. Ular ota-onalari bilan behad faxrlanadilar va shu tuyg‘u bilan yashaydilar. Bu o‘z navbatida, yoshlarda kelajak hayoti uchun, turmush uchun ibratli axloq ko‘nikmalarini tarkib toptiradi.
Ba’zi ota-onalar borki, ular bolalar, oila a’zolari o‘rtasida ka- londimog‘lik, serzardalik, badjahllik, o‘zini o‘ta og‘irkarvon tutish, «donishmand» qilib ko‘rsatish yo‘li bilan obru orttirmoqchi buladilar
Oilada ayrim ota-onalar tazyiq etish yo‘li bilan farzandlari o‘rtasida obru orttirishni xohlaydilar. Bunda ular qo‘rqitish nourin buyruq berish, tazyiq o‘tkazish usullarini qo‘llashadi. Ular zaharxandalik va badjazushikni tarbiya vositasi deb hisoblaydilar. Qo‘rqinch asosida bolada vujudga kelgan «bo‘ysunish»ni ular o‘zlaricha obru deb tushunadilar.
Ba’zi ota-onalar farzandlari bilan kamroq muloqotda bo‘lish, ulardan o‘zlarini nariroq olib yurish bilan obru orttirishni o‘ylashadi. Ularning nazarida, guyo farzand bilan qancha kam uchrashilsa, shuncha ko‘proq obru qozonish mumkin. Bu mutlaqo noto‘g‘ri tushuncha, ota-ona o‘z farzandi bilan qancha kam muloqotda bo‘lsa, ular o‘rtasida begonalashish, loqayd bo‘lish xolatlari kelib chiqadi.
Ayrim ota-onalar bola bilan faqat rasmiyatchilik orqali orbu ort- tirishga harakat qilishadi, holos. Bunda ular qildan qiyiq qidirishadi, bolaga tanbeh berishadi, uning barcha xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishadi, bular-bo‘lmasga jerkib, siltalab tashlashadi.
Kuzatishlarimizga ko‘ra, farzandlarga ortiqcha pand-nasixat qilaverish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, ba’zi ota-onalar arzimagan mayda-chuyda masala bo‘yicha ham uzundan-uzoq o‘git-nasihat qiladilar, o‘zlarining nasihatgo‘yligini burch deb hisoblaydilar. Maydagaplik, ezmalik bilan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida obru qozonib bo‘lmaydi.
Turmushda shunday ota va onalar ham uchraydiki, ular sohta yaxshilik qilish orqali farzandlari oldida obru orttirmoqchi bo‘ladilar. Bunday ota-onalar o‘zlarining yumshoq muomalaligi, beozorligi, kechiruvchanligi, yon beruvchanligi, kam talabchanligi bi­lan farzandlarni o‘zlariga rom qilib olishni istaydilar. Ularda naqat’iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud. Unutmaylikki, tilyog‘lamalik, sohtalik, sun’iylik bilan bolani yaxshi yo‘lga solib va uning oldida obru qozonib bo‘lmaydi.
Ota-ona obrusini orttirishda, eng avvalo, ibrat-namuna muhim rol o‘ynaydi. Oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ota-ona tinmay o‘zlarini tarbiyalab borishlari kerak. O‘zlarida yetishmaydigan sifat va fazilatlarni to‘ldirib, mavjud illatlarni batamom tugatishlari lozim. Chunki ota-onalarning tarbiya jarayonidagi istedodi — bu farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir.
Ota-ona farzandlar o‘rtasida obruga ega bo‘lishlari uchun qator chora va tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Dastavval ular tur­li yoshdagi farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor. Kichik, o‘rta va katta yoshdagi o‘g‘gil-qizlar bilan muloqotda ularning yosh xususiyatlariga mos muomalada bo‘lish shart.
Ota-onalar farzandlari davrasida obru orttirish uchun ular­ning ruhiy dunyosiga asta-sekin kirib borishlari ayni muddaodir. Chunki bolalar ota-onalar qalbiga yaqinlashish uchun kichkintoylar «ot-ot» uynashni, o‘rta yoshdagilar musobaqalashishni yoki bellashishni, kichik yoshdagi o‘quvchi bolalar esa ertaklar olamiga kirishni, o‘spirinlar oilaviy, ijtimoiy masalalar yuzasidan munozara yuritishni yoqtiradilar. Chin obruga ega bulmoqchi bo‘lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtlarini o‘z farzandlaridan hech ayamasliklari kerak. Bolalav ruhiy dunyosiga kirish bachkanalik emas, balki tarbiya vositasidir. Farzandlarning talab va ehtiyojlarini oqilona qondirib borish ularni bir-birlariga tobora yaqinlashtiradi, obrulariga obru qo‘shadi.
Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, sezgirligi va hozirjavobligi muhim ahamiyatga ega. Mayda-chuyda narsalar ham diqat-e’tibordan chetda qolmasligi, ularga shaxsiy fikrmulohazalar bildirishlari farzandni hushyor torttiradi. Ular o‘zlarining nuridiydalarida bunday ajoyib xislatlarning mavjudligidan cheksiz quvonadilar.
Ota-onalarning odilona meyorli talabchanligi obru orttirishning eng muhim yo‘llaridan biridir. Farzandlarning kuchiga, qobiliyatiga, qiziqishiga binoan aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi va o‘z vaqtida ularning natijasini tekshirish bolalarda qat’iyatlikni vujudga keltiradi, natijada katta yoshdagilarga nis­batan ularda ixlos ortadi. Ixlos, hurmat, obruning uzviy zanjiri
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun unga alohida e’tibor berish far­zand kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ota-onalarning samimiyligi va g‘amxurligi ularga katta obru keltirishi mumkin. Ulardagi samimiylik, g‘amxurlik fazilatlari farzandlar yuragida o‘chmas iz qoldirib, to‘g‘ri yo‘l topa oladi. Ularning ibratli xarakter xislatlari bolalar qalbida kelgusi orzu-umidlari gulshani sifatida katta rol o‘ynaydi binobarin, ularga nisbatan ishonch, intilish, moyillik kabi istiqbol sifatlari vujudga kela boshlaydi. Ota-ona obrusi ortishi uchun ularda ma’naviy qiyofa, axloqiy baynalmilallik, go‘zallikka qarashlari, barqaror e’tiqod bo‘lmog‘i zarur.
Oilada totuvlikning mavjud bo‘lishi barcha muvaffaqiyatlarning garovidir. Chunki oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari kelajak avlodning qanday shaxs bulib voyaga yetishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ho‘sh, oila quchog‘ida qanday munosabat vujudga kelganda unda totuvlik, bir-birlarini tushunish holati hukm suradi?
Farzandlarning ruhiy xususiyatlaridan qariyalar, tajribali ota- onalar o‘z turmush tajribalari orqali bir oz bo‘lsa-da xabardorlar. Lekin ulardagi bilimlar ruhiyat qonuniyatlariga, bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga asoslanmagan bo‘ladi. Shu tufayli qariyalar yoki katta yoshdagi kishilar bilan bolalar o‘rtasida «anglashilmovchilik g‘ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o‘zgartirish lozim.. Bu narsani o‘zgartirish uchun ularni ruhiyat va pedagogika xaqidagi bi­limlar bilan muayyan darajada qurollantirish kerak.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, bolalarning ruhiy xususiyatlarini qariyalarga hamda katta yoshdagilarga tanishtirish oilada totuv­lik, hamjihatlik, iliq ruhiy iqlimni barpo qiladi. Bolalar­ning katta yoshdagilarga va qariyalarga bo‘lgan iliq munosabati, mehr-muhabbati, namuna-timsol yoki maslak sifatida qarashi va boshqa jarayonlar orqali o‘zaro tushunuv namoyon bo‘ladi. Farzandlarga nisbatan qilingan yumshoq yoki qo‘pol muomala ularning ruhiy dunyosida ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Kishi kayfiyati yo kutariladi yoki mutlaqo buziladi.
Qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvori va xulqini, qobiliyati va qiziqishini, umuman olganda, ularning ruhiy dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada normal (mo‘tadil) ruhiy iliq iqlim mavjud bo‘lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonasiga oyoq bosishi bilan o‘yin fa­oliyati o‘rnini o‘qish faoliyati egallay boshlaydi. Ba’zan ular qiyinchiliklar oldida bardosh bera olmay injiqlik qiladilar. Bunday holatning oldini olish uchun uni erkalatmaslik, hamisha qo‘ygan talabini qattiqo‘llik bilan amalga oshiravermaslik darkor. Uning o‘rniga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Faqat ana shundagina unda irodaviy sifatlar shakllanadi.
Bunday yoshdagi bolalarga oilada talab bir xil bo‘lishi yaxshi natija beradi. Ularning talab va istaklarini dalillar asosida tushuntirishga harakat qilish, notug‘ri yoki qalbaki axborotlar berishdan
saqlanish kerak. Yolg‘on javob berish orqali ota-onalarningfarzand ol­dida obro‘si pasayadi, chunki ular uyda olingan javob bilam o‘qituvchisining javobini solishtiradilar va shu asnoda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlaydilar. Ular uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi donishmand, bilimdon, ishbilarmon shaxs rolida namoyon bo‘ladi.
Oilada kattalar obrusi qo‘rqitish asosida vujudga kelmasdan, balki samimiylik, iliq hurmat zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, xatti-harakati, kiyinishi, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar-to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Kichik yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan hamda kattalarga ishonuvchan bo‘ladilar. Ota-onalar ularning bu xususiyatlarini inobatga olgan holda muloqotda bo‘lsalar, oilada totuvlik qaror topadi. Shu fazilatlar bola ongiga singib boradi va u kelajakda axloqiy sog‘lom o‘smir bo‘lib yetishadi.
O‘smirlik davrida (11—15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarga qator sabablar ta’sir qiladi. Jumladan, uning biologik jihatdan taraqqiyoti, jinsiy o‘sishi, pedagogik jamoa kulamining kengayishi, qurshab olgan muhit ta’siri va boshqa omillar. Ana shu omillar ta’siri natijasida uning ruhiyatida keskin burilish yasaladi. Shuning uchun maktabda, oilada va ko‘cha-kuyda o‘zini tutishi o‘zgaradi; axloqiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi. Xuddi shu davrda o‘smirlarda shaxsiy fikrini ma’qullash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lish, kamchiliklariga o‘z vaqtida iqror bo‘lmaslik, o‘jarlik, o‘zbilarmonlik, o‘zini kattalardek his etish kabi xususiyatlar ko‘zga tashlana boshlaydi.
Ota-onalar o‘smirlar bilan muloqotga kirishishda ularning izzat- nafsiga tegmasligi hamda kalaka qilmasligi zarur. U holda ota-onaga bo‘lgan mehru muhabbat, samimiy hurmat o‘rnini nafrat, hasad egallashi mumkin. hamisha ularga haqiqatni silliq muomala orqali tushuntirish darkor.
O‘smirlarning jinsiy tarbiyasiga rahnamolik qilishi ota-onalarni farzandlarga yanada yaqinlashtiradi. Ota-onalar ularning murabbiysi, maslahatgo‘yi, sirdoshi rolida hayot maydoniga otilib chiqadilar. O‘smirlarning yurish-turishi, mehr-oqibati, aqliy kamoloti turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ular bilan muomala qilishda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutilsa, oilada o‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, ruhiy moslik vujudga keladi. Bu yerda otaning onaga yoki aksincha, bir-birlariga qilgan munosabatlari ham shu iqlim shart-sharoitlariga tubdan mos tushishi shart. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishi oilaning tarkib topishi borasidagi asosiy omildir. Xalqimiz shuning uchun ham «eru xotin qo‘sh ho‘kiz» deb aytishgan.
O‘spirinlar (16—18 yoshlar) o‘zlarining ruhiy xususiyatlari bi­lan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan, dunyo qarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xusu­siyatlari tarkib topgan bo‘ladi. Shu tufayli ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar, katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg‘uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar. Shuning uchun ota-onalar o‘spirin farzandlari bilan maslahatlashib ish tutishlari, didlariga, mulohazalariga quloq solishlari, umuman ularning ra’yiga qarashlari, ko‘p o‘rinda hisoblashishlari lozim.
Ba’zan o‘spirinlar ichida tarbiyasi qiyinlar ham uchraydi. Ota-onalar ularga nisbatan boshqacharoq yo‘l tutishlari, nopok yo‘llarga boshlovchi sabablarni aniqlashi hamda unday illatlarga qarshi kurash olib borishlari shart. Agar oiladagi ruhiy iqimga hadeb salbiy ta’sir etaversa, u holda pedagogika jamoasiga va kamoatchilikka murojaat qilgan ma’qul. Vaholanki, o‘zbek xalqida, bir bolaga yetti mahalla otalik qiladi degan gap bor, bu bejiz emas.
O‘spirinlarda insoniyat uchun eng muqaddas, nozik tuyg‘u — muhabbat kurtagi paydo bo‘ladi. Shu tuyg‘u qalbini qamrab olishi tufayli uning ruhiy dunyosida ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Ota-ona farzandlarining bunday tuyg‘usidan xabardor bo‘lishi, ruhan tetiklashishi, maslahatlar berishi, namunalar keltirishi zarur. Ular bilan muomala qilish davomida sevgi, muhabbat, oshuftalik kabi so‘zlarni ehtiyot bo‘lib ishlatishlari, endigina o‘sib kelayotgan tuyg‘usiga bolta urmasliklari lozim.
Odatda o‘spirinlarda kiyinish, yurish-turishda haddan tashqari bachkanalik hollari uchrab turadi. Bunday paytda ota-onalar majbur qilish, haqoratlash, izzat-nafsiga tegish yo‘li bilan emas, balki ularga samimiy suhbat orqali tushuntirishlari, ta’sir etishlari, «Satang sovuqda qotibdi» kabi iboralarning mag‘zini chaqib berishlari yaxshi samara beradi,
O‘spirinlarga kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘llanma berish ularning qiziqishlarini e’tiborga olishlari lozim. Ayrim ota-onalar farzandlarining mayliga, intilishiga, ra’yiga qaramasdan oliy o‘quv yurtlariga majburan kirib o‘qishni tavsiya qiladilar. Ko‘pincha o‘z kasbini seva olmagan yigit yoki qiz o‘quv dargohini tashlab ketadi. Bunday kungilsiz hol oila tinchligini buzadi, farzandlar bilan katta yoshdagilar o‘rtasida kungilsiz voqealar sodir bo‘ladi. Shuning uchun, takror aytamizki, ota-onalar far­zandlarining kasb tanlashida hisoblashishni sira unutmasliklari kerak.
Oiladagi ruhiy iqlim, totuvlik hamisha barqaror bo‘lishi uchun qariyalar, ota-onalar o‘z farzandlarining ruhiy dunyosini bilishlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ish tutishlari maqsadga muvofiqdir. Farzandlar har qachongi vaqtda ham oilada o‘zidan kattalarga hurmat bilan qarashi kerak.
Shu o‘rinda aytish kerakki, ota-ona bolaga hunar tanlashida yordam berib, shu hunarda obru topgan, barakali mehnat qilgan kishining qo‘liga shogirdlikka berishi kerak. Bizga ustoz-shogirdlikning natijasi ma’lum. Ustoz otangdan ulug‘, deydi dono xalqimiz.
Oila tarbiyasi jarayonida bolalar ongiga singdiriladigan axloqiy qoidalar, urf-odatlar, an’analarga rioya qilish yo‘l-yo‘rig‘i zerikarli, quruq nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Aksincha, eng yaxshi omillardan biri — aniq hayotiy omillarni tashkil qilish orqali to‘g‘ri tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishdir. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hayotiy misollardan, badiiy adabiyot materiallari, mashhur kishilar haqidagi xotiralar, esdaliklar va ularning tarjimai hollaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Ota-onalar farzandlariga xalq marosimlariga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash, chunonchi, milliy to‘y, uloq, milliy kurash, navro‘z bayrami, sayllarni o‘tkazish yo‘llari va ularda ishtirok etish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berish zarur. Shuningdek, ota- onalar, oilaning katta yoshdagi a’zolari kichik yoshdagilarini mehmon kutish, dasturxon bezash, mehmonga borish, ovqatlanish (qonun-qoidalaridan xabardor qilishlari lozim.
Milliy an’analardan, urf-odatlardan, marosimlardan va rasm-rusmlardan kelib chiqqan holda oilada ota-onaga, qarindosh- urug‘larga, kattalarga, muallimlarga hurmat hissini shakllantirish, o‘tmish boyliklariga va yodgorliklariga, obidalarga mehr-muhabbat ruhini singdirish oilaning muqaddas vazifasi hisoblanadi. Ayniqsa, oilada kattalar kichiklarga atrof-muhit muhofazasi haqida tez-tez ma’lumotlar berib turishlari lozim.
Oilada mehnat taqsimotini to‘g‘ri va adolatli amalga oshirish, farzandlarda xar xil ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish mehnatsevarlik xislatini vujudga keltiradi. Mexnat ulushlarini o‘g‘il-qizlarning yoshiga, kuchiga, didiga, qoiliyati va qiziqishiga mos ravishda taqsimlash ularda kundalik ehtiyoj, zaruriyat hissini tug‘dirish bilan birga mas’uliyat degan odob xislatini ham barqarorlashtiradi.
Bolalarda mehr-muhabbat tuyg‘usining namoyon bo‘lishida onaning sehrli allasi muhim ahamiyatga ega. Onaning farzandlarga alla orqali ifodalangan dastlabki xis-tuyg‘usini, murg‘ak qalbga tabiat, zaxmatkash xalq, betakror jannat misol bog‘-rog‘lar to‘g‘risidagi timsollarni, ilk tassurotlarni izhor qiladi. Afsuski, hozirgi kunda yosh onalarimiz alla aytishni unutib yubormoqdalar, buning oldini olish kerak, toki beshik, belanchaklar atrofida onaning orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari, yurak sadolari, bulg‘usi insonning porloq yo‘li va kelajak rejalari alla yordamida baralla jaranglasin. Ahir, jahon dunyoviy ilmida o‘zlariga haykal o‘rnatib ketgan buyuk allomalar — Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabilar ham ona allasinn eshitganlar. Bu fazilat, ayniqsa, qizlar tarbiyasida muhim omildir. Chunki qiz bola alla aytish va bolani tarbiyalashni onasidan o‘rganadi. Zero, u bo‘lajak onadir.



Yüklə 89,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin