Oilaning bola shaxsini shakllantirishga ta`siri


BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIDA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR



Yüklə 89,16 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü89,16 Kb.
#178510
1   2   3   4   5
Muxsinova Durdona

BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIDA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR

Bolani shakllantiruvchi uch omil
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi.
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri
sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va
axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi.
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi.
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy,
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi. Odam bolasining rivojlanishi ,uning yetuk , barkamol inson boʻlib yetishishi muhim jarayon hisoblanadi.Hozirgi kunda yetuk shaxsni shakllantirish uchun nimalar qilish kerak rivojlanishning qaysi turiga alohida eʼtibor berish kerak va bolani qanday qilib barkamol shaxs qilib rivojlantirish kerak degan savollar hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi.Bu davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.Zero rivojlanayotgan Oʻzbekistonimiz yoshlar qoʻlidadir. Shunday ekan har bir ota -ona hali bola ona qornida paydo boʻlganidan uni tarbiyalay boshlashi kerak boʻladi."Bir inson bolasini dunyoga keltirib, bir donishmand yoniga boradi va undan men bolamni barkamol, ham maʼnan ham jismonan barkamol shaxs qilib tarbiyalashim uchun qanday ishlar qilishim kerak deb savol beradi, donishmand unga bolangiz dunyoga keldimi deb soʻraydi u kishi ha deb javob beradi, shunda donishmand siz bolani tarbiyalashga kechikibsiz uni ona qornidayoq tarbiyalab boshlashingiz kerak edi deb javob beradi"Bundan koʻrinib turibdiki bolani barkamol qilib shakllantirishimiz uchun bola rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar muhim hisoblanadi.Bu omillar ijtimoiy omil, irsiyat va oila tarbiyasidir.Bolalaring erkin rivojlanishi haqida konsitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan masalan bola dunyoga kelganidan unga "Soʻz erkinligi" beriladi. Bu esa har bir bola oʻz soʻz erkinligiga ega demakdir. Soʻz orqali har qanday vaziyatda ijtimoiy muhitga kiraolishi, muammoli vaziyatlarni hech kimdan qoʻrqmay toʻlaligicha hal eta olishi, turli jamoaviy yigʻinlarda oʻz nutqidan foydalanib gapirish huquqiga egadir. Insoniyat paydo boʻlganidan buyon rivojlanishning qaysi yoʻnalishidan faydalanib bolalarni tarbiyalash koʻproq samara berishi haqida olimlar baxs munozaralar qilib kelmoqda.Biologik omilga qaraydigan boʻlsak bu irsiyat yani bola oʻzida paydo boʻladigan qobiliyat, talant va boshqalar ota-onadan oʻtadi bunda tarbiya va muhtning oʻrni yoʻq deya taʼrif beradi."Shaxsning barcha hususiyatlari jumladanong va aqliy hususiyatlari ham nasldan naslga oʻtadi" deb Torndayk aytadi. Bolaning shakllanishi haqida gʻarb faylasuflarining fikrlari.Biologik yoʻnalish tarafdorlari odam bolasining shaxs boʻlib rivojlanishida irsiy omillar hal qiluvchi omil deya taʼriflaydi. Gʻarb olimlarining fikricha bola dunyoga kelib faqat otaonadan oʻtgan beligilar bilan rivojlanib boradi deb aytadi. Ular tarbiya va muhitning roʻlini tamomila cheklab shaxs rivojlanishida irsiyatni birinchi darajaga koʻtaradi.Gʻarb olimlaridan yana biri bu V. Pterndir u "Yangi tugʻilgan bolani odam emas sut emizuvchi deya taʼriflaydi" Bola dunyoga kelgandan huddi hayvon kabi boʻladi u irsiyati orqali yaʼni ota - onasidan oʻtgan belgilar bilan rivojlanib boyib boradi va vaqatlar oʻtib shaxs boʻlib kamolga yetishini aytadi.Byullar bola faqat qobiliyatlarni ota - onadanmas ahloqiy normalar ham irsiyat orqali oʻtishini aytadi. Xalqimizda "onasini koʻrib, qizini ol" degan naql bor yaʼni ota - ona qanday xulq- atvorga ega boʻlsa bola ham shunday koʻrinishda boʻlar ekan. Irsiyatni biologik tomondan oʻrganib chiqadigan boʻlsak irsiaytning yaxshi tomoni bilan birga yomon tomoni ham bor bunga misol qilib ota- ona orqali bolalarga faqatgina yaxshi hususiyatlari oʻrishi bilan birga yomon belgilari ham oʻtishi mumkin masalan yomon hulq atvor, turli irsiy kasalliklar. Irsiy kaslaliklar bolaga ota-ona tomonidan oʻtganda ular umrining oxirigacha saqlanib qolib ketishi mumkin bu ham bolaning rivojlanishi uchun toʻsiqdir.Meditsina ham shuni aniqlaydi-ki irsiy kasalliklar davolanishi qiyin yoki ummuman davosiz umrbod saqlanib qoluvchi kasallik ekanligini aytib oʻtgan.Ibn Sino Inson tashqi koʻrinishi uning ruhiyatiga taʼsir koʻrsatishini aytib oʻtgan. Agar irsiy kasallik sezilib tursa bolada yanayam rivojlanishda ortda qolish kuzatiladi.Irsiyatning ijobiy tomonlari ham bor masalan koʻp oilalarda bolalar ota-ona kasbi davomchisi hisoblandi. Ota-ona egallagan kasbni egallaydi. Biron bir hunarmandchilikning turiga qiziqsa bola ham oʻsha yoʻldan ketadi. Irsiyatga oʻtmishda ham katta eʼtibor bergan Amir Temur bobomiz kelin tanlayotganda kelining yetti pushdini surishtirib kelin qilgani buning yaqqol namunasidir. Oila tarbiyasi- oilada otaona vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Oila tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch oilada ruhiy ruhiy xotirjamlik,samimiy munosabat ota- ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasida birlikning saqlanishi kerak boʻladi.Barkamol shaxsni shakllantirish uchun oilaviy muhitda mehnatsevarlik muhitini yaratish, bolalarni mehnatni sevishga oʻrgantish kerak boʻladi.Bola rivojlanib shaxs boʻlib yetishishi uchun eng avval unga oilaviy tarbiya kerak boʻladi.Bola nihol kabidir uni qanday parvarish qilsak mevasini ham shunday olamiz, daraxtning hosildor boʻlib yetilishi eng avval
bogʻbon parvarishidadir.Shunday ekan bolalarni hali shakllanmasdan ijtimoiy muhitga kirmasligindan oilaviy sharoitda unga toʻgʻri tarbiya berishimiz kerak boʻladi.Bola kichkinaligida berilgan tarbiya ham huddi bilim kabi naqsh singari muhrlanib qoladi. "Tarbiya -inson kamolotiga taʼsir qiluvchi tashqi va eng muhim omil hisoblandi"Oilada qanday tarbiya koʻrgan boʻlsa bolalar bu tarbiyani ijtimoiy muhitda ham koʻrsatdi.Oila bu jamiyatning bir boʻgʻini hisoblanadi. Oilaviy muhit yaxshi boʻlgandagina jamiyat rivojlandi. Shuning uchun hozirgi kunda prezidentimiz oilaga ,oilaviy sharoitga alohida eʼtibor bermoqda.Har bir ota-ona kelajakda maʼnaviy sogʻlom farzandi boʻlishini hohlasa, avvalo oilaviy sharotini yazshilashi, sogʻlom oilaviy sharoitni yaratishi kerak. Sogʻlom farzand sogʻlom sharoitda voyaga yetadi.Ota -ona bola qiziqishlariga alohida eʼtibor qaratishi, uning hohishini bajarishi kerak.Bolaning maktabgacha yoshidagi boʻlgan qiziqishlari uning kelajagi uchun poydevordir. Bola bogʻcha yoshida qiziqishlar uygʻonadi har bir ota -ona qiziqishlarni toʻgʻri baholab qishqishlarni ragʻbatlantirishi,bolani qishiqishi tomon yoʻnaltirishi kerak. Buyuk sportchilarning hayotiga nazar soladigan boʻlsak hozir shugʻillanib kelayotgan sportlariga bogʻcha yoshidan qiziqib ota -onasi toʻgʻri yoʻnaltirgani sabab shunday yutuqlarga erishgan.Maktabgacha yosh davri bolalar hayotida isteʼdodlar uygʻonadigan davrdir. Oilada sogʻlom muhit deganda ota -ona oʻrtasidagi iliq munosabatlardir "Qush inida koʻrganini qiladi "degan naql bor ota -ona bir biriga yaxshi munosabatda boʻlar ekan bola voyaga yetib ota -onasi yaratgan oilaga oʻxshagan oila yaratadi. Oilada bola qiziqishlari va uning hohishlarini vaqtida qondira bilish kerak, ularga vada berib vadani vaqtida bajarsa bola ongida ijobiy gʻoyalar paydo boʻldi. Bola hohishlarini aytgan paytida qondirish salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Afsuski bugungi kunda juda koʻp oilalarimiz gʻarb mamlakatlaridan andoza olib oilasini tartibda,bolalarini gʻarbona tarbiya bilan voyga yetkazmoqda.Oilada mehr muhannat ota-ona va farzand oʻrtadidagi doʻstona suhbat davralari yoʻq boʻlib ketmoqda. Eng muhimi oilada axloqiy tarbiya paydo boʻladi. Fitrat oʻzing mazkur asarida farzand tarbiyasi aqliy tarbiyada aqliy tarbiya, badan tarbiya va axloqiy tarbiyaning oʻrnining muhimligini takidlaydi.Mazkur uch tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi. Oʻzingiz xohlaganingizcha bolaning aqliy va badan tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin va qoʻlingizdan kelguncha uni dono va baquvvat qiling.Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida boʻlmasa aqli va jismoniy kuchini oʻzi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi. Ijtimoiy muhit - insoning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy sharoitlar. Muhit keng maʼnoda (makromuhit ) ijtimoiy iqtisodiy tizimni -ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar vatartib qoidalar majmuini,jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz oʻz ichiga oladi.Tor maʼnoda ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat oʻquv va boshqalar guruhlaridan iboratdir. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi Ayni vaqtda insonning ijtimoiy faolligi, faoliyati taʼsirida ijtimoiy muhit oʻzgaradi bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning oʻzlari ham oʻzgaradi. Ijtimoiy muhit bola shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblandi oilaviy sharoit ham aslida kichik ijtimoiy muhit hisoblandi lekin bunda bola toʻligʻicha shakllanmaydi. Bola maktabga chiqilib haqiqiy ijtimoiy muhitga kiradi yon atrofdagilar bilan munosabati tubdan oʻzgaradi va ijtimoiy muloqdotni oʻrganadi. Oilasida ota - onasiga qilgan erkaliklarni yoʻqotib shaxs boʻlib shakllana boshlaydi. Ijtimoiy muhitda muomala madaniyati ham shakllanadi kimga, qaysi paytda qanday munosabatda boʻlish jarayonlarini oʻrganadi. Bola tugʻilganida hayvoniy hislatlar bilan tugʻiladi, huddi hayvon kabi boʻladi ijtimoiy muhit bolani rivojlantiradi shaxs sifatida shakllantiradi.Hayvoniy hislatlardan yiroqlashib shaxs boʻlib shakllanadi.Ijtimoiy muhit bola rivojlanishi uchun muhim boʻlaganligi sababli juda koʻp olimlar ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga taʼsirini oʻrganib chiqadi.Bixevioraizm asoschilari N.Miller va D Dollard hisoblanadi.Ular bola hayotida ijtimoiy muhitning roʻlini yuksak baxolab bolani shakllantiruvchi asosiy qisim deb biladi.Olimlar bola ijtimoiylashuvi uchun ota -onaning roʻlini yuksak baholab ularning alohida vazifalari borligini aytadi. Bola ijtimoiylashuvida ota -onalarning vazifasi bolani ovqatlantirish bolada agrsessiyaning namoyon boʻlishi , uning jinsiy indentifikatsiyasi va meʼyoriy xulq atvorlarning boshqa xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish kabi vazifalar yuklatilgan boʻladi. Bola ijtimoiylashuvi murakkab jarayon boʻlganligi uchun ota -ona koʻmagi kerak.Bola ijtimoiy muhitga kirganida uning tarbiyasi yutish -turishi odamlarga munosabati hattoki oilasiga munosabati ham oʻzgaradi. Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini oʻrganish ijtimoiylashuv nazariyasining tayanch mavzularidan biridir.Ijtimoiylashuv jarayoni favqulotda keng va koʻp qirrali jarayondir. Ijtimoiylashuv jarayoni onson boʻlishi uchun oilaviy sharoit ham juda muhimdir bola xulqi yaxshi boʻlsa ijtimoiylash ham onsonlashadi bolarning turli davralarga erkin kirib turli odamlar bilan munosabtga kirishishi onson boʻladi.Bunday jarayonda hulq albatta muhimdir.Bolaning ijtimoiy muhitga kishishida ota -ona juda eʼtiborli boʻlishi kerak. Bolaning yon atrofidagi oʻrtoqlari unga yomon taʼsir koʻrsatsa bola hayoti ham salbiy tomonga oʻzgaradi. Barkamol shaxsni shakllantirish ,kelajagimiz poydevori boʻlgan bolalarni toʻgʻri tarbiyalamogʻimiz kerak.Bolalar rivojlanishiga qaysi taʼsir mihimroq qaysisi yetarli va qaysisiyetarli emas har birini oʻrganib chiqishimiz kerak . Bola rivojlanishida qaysi tomonlama boʻshliq boʻlsa uni kerakli maʼlumot va ota -onaning toʻgʻri maslahati bilan toʻldirish kerak. Zero kelajak yoshlar qoʻlida.



Yüklə 89,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin