Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog‘liq. Ayrim olimlar, masalan, V. Satir



Yüklə 17,27 Kb.
səhifə2/3
tarix16.09.2023
ölçüsü17,27 Kb.
#144331
1   2   3
Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog‘liq-hozir.org

5-bosqich. 
Bolalar katta bo‘lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o‘qishlarni tugatib, mustaqil kasb-
hunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil oilaviy hayot qurishga ham
ulguradilar. Shu davrga kelib, “Bola – ota-ona” munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat
yevropa xalqlariga mos, balog‘at yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar
o‘zlaricha, o‘z bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ularning xato qilib qo‘yishlaridan
xavotir olmay qo‘yadi. Bizda, Sharq xalqlarida bu holat biroz boshqacha: ota-ona farzandi kasb-
hunarli bo‘lib, mustaqil professional yo‘ldan ketayotgan bo‘lsa ham, ularning kelajagi, oilasi,
moliyaviy ahvoli borasida xavotirga tushaveradi, o‘g‘il uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida
ota-ona va ularning ota-onalari – momolar va buvalar bosh-qosh bo‘ladilar. Turmush o‘rtog‘i
tanlash masalasi ham bizda juda kam holatlarda bo‘yiga yetgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola
etiladi. YA’ni, ko‘chadan birdan notanish qizni “Tanishing, bu mening bo‘lg‘usi qallig‘im, turmush
o‘rtog‘im” deyishlar bizda deyarli uchramaydi, chunki bunga bizning asriy urf-odatlarimiz, oilaviy
tarbiya mezonlarimiz yo‘l qo‘ymaydi.
Ayrim bo‘linmagan oilalarda o‘g‘il uylangandan keyin ham, qiz farzandli bo‘lganda ham ota-
onalar ularning g‘amini yeb, hayotda qoqilmasliklari uchun harakat qilaveradi. Hattoki,
mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday odatlar borki, ona ko‘zi yorigan qizining
oziq-ovqati, yemishi uchun to‘la o‘zini javobgar, deb hisoblaydi. Chunki bunga ikki sabab bor:
birinchisi – yangi ko‘zi yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro‘y beradiki, uni o‘ziga
keltirish uchun aynan yillar mobaynida o‘z oilasida yegan-ichganlari adaptatsiya jarayonlarini
tezlashtiradi; ikkinchidan – o‘z onasining mehribonlik ko‘rsatayotganligi yosh onaning yaqinda
boshidan kechirgan –iyinchiliklarini unutish, o‘zini chinakam ona sifatida onasiday his qilishini
ta’minlaydi. Ushbu psixologik holat o‘ta muhim bo‘lib, aynan o‘zbeklarda bu oila
mustahkamligining omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi,
tug‘ruqning azoblarini unutishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi, lekin o‘z tuqqan onasining xabar
olishi, yonida bo‘lishi ko‘plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga tezroq kirib ketishiga,
ko‘krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol o‘ynaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga aralashuvi shu qadar
bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi,
qaynona va kelin, qaynota va kuyov o‘rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning
ko‘pligidan kelib chiqadi. YA’ni, ota-onaning farzandi balog‘at yoshiga yetib, mustaqil hayotga
qadam qo‘ygandagi aralashuvlari, g‘amxo‘rliklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib kelishi
mumkin.
Farzandlarning mustaqil iqtisodiy maqomga ega bo‘lishlari, o‘z oilasiga ega bo‘lishi ota va onaga
boshqa yana qo‘shimcha rollarni bajarishni taqozo etadi – kelin, kuyov, qaynona, qaynota va
boshqalar Bundan tashqari, yangi paydo bo‘lgan yosh oilaning qarindosh-urug‘lari o‘rtasidagi
munosabatlar, masalan, quda-andachilik munosabatlari ham yosh oila va uning ota-onalari
maqomlarining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, “endi qudalikmiz”, “kuyovim bor”, “buvi yoki
buva bo‘ldim” kabi e’tiroflar shaxs ongida va xulqida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ayrim
ayollar ayni shu daqiqalardan boshlab, tashqi ko‘rinishidan tortib, hayot tarzida ham jiddiy
o‘zgarishlarni boshlaydi, masalan, tez-tez ichadigan ota bu salbiy qilig‘ini tashlaydi, chunki


kelindan uyaladi; namoz o‘qimaydigan ona quda-andalar oldida uyalaman deb, namoz o‘qishga


kirishadi, mahalla-kuyga ko‘proq aralashadigan bo‘lib qoladi.
·

Yüklə 17,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin