Oilaviy-huquqiy munosabatlar



Yüklə 48,21 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü48,21 Kb.
#41201
1   2   3   4   5   6   7
huquq1212121

nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguni- ga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va nota- rial tartibda tasdiqlanishi lozim.Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol- mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oilada er va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to‘g‘risidagi qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar” degan konstitutsiyaviy normadan kelib chiqadi.Nikoh natijasida vujudga kelgan er-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo‘linadi. Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita bog‘liq va undan ajratib bo‘lmaydi. Bu munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyatligini taqozo etadi.

Er-xotin o‘rtasida quyidagi shaxsiy tengliklar vujudga veladi:

Familiya tanlashdagi teng huquqlik.

Nikoh tuzish vaqtida er va xotinning familiya tanlashi ularning oilada to‘liq teng huquqligi tamoyilidan kelib chiqadi. Ular o‘zaro kelishib er yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlashlari yoki har biri nikohgacha bo‘lgan familiyasini saqlab qolishlari mumkin. Bu masala er va xotinning har biri tomonidan ikkinchisining yoki boshqalarning tazyiqisiz erkin hal qilinishi lozim.

Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishdagi tengliklari.

Oilaviy turmushning barcha, jumladan, bolalar tarbiyasi masalalarini er va xotin birgalikda hal qilishlari lozim.

Oilaviy hayotda er va xotinning birontasi ikkinchisiga nisbatan biron-bir ustun huquqdan foydalanishi mumkin emas. Ular o‘rtasidagi tenglik oiladaga barcha masalalarni birgalikda hal qilish tamayillari bilan ta’minlanadi. Ular kelishib, bir-birlarini hurmat qilib, teng huquqliklarini anglab ish tutushlari oila mustahkam bo‘lishiga zamin yasaydi.

Oilaning mustahkamligi va farovonligi er-xotinning birgalikdagi harakatiga bog‘liq. Er-xotin birgalikda ham moddiy, ham ma’naviy o‘zaro yordam ko‘rsatishi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi lozim. O‘zaro yordam ulardan biri kasalligi, nogironligi, homiladorligi va boshqa sabablarga ko‘ra mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda ayniqsa seziladi. Voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish oila qonunchiligining ustuvor tamoyillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Er-xotin oilaning moddiy ta’minlanishi bilan bir qatorda, oilaning barcha a’zolari, ayniqsa bolalarining har taraflama kamol topishi, ma’naviy va jismoniy sog‘lom rivojlanishlari, ulg‘ayishlari to‘g‘risida qayg‘urishlari lozim.

Oilada ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashlari to‘g‘risidagi majburiyatlar Respublikamiz Konstitutsiyasining 64-moddasida o‘z ifodasini topgan.

Er-xotinning mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanglashdagi teng huquqliklari.

Er-xotin turmushda o‘zlari sevgan, tanglagan kasblarida ishlash, mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish huquqlariga egalar. Oila qonunchiligi er-xotinga turar joy tanglashda ham teng huquq beradi. Ular erining yoki xotinining uyida yoki kelishgan holda boshqa joylarda yashashi mumkin. Aslida bu masalalr oila manfaatini hisobga olgan holda o‘zaro hurmat va ishonch asosida hamjihatlik bilan bamaslahat hal qilinsa, oila yanada mustahkam bo‘ladi.

Er va xotin farzand tarbiyasida teng ishtirok etishlari.



Oilada farzand tug‘ilishi ota-ona tomonidan ulkan quvonch bilan kutiladi. Xomiladorlik vaqtida xotiniga g‘amxo‘rlik qilish, og‘irini yengil qilish, avaylab-asrash erining va boshqa oila a’zolarining burchi bo‘lmog‘i lozim. Farzand sog‘lom tug‘ilishida faqat ona emas balki ota ham muhim o‘rin egallaydi.

Farzand tug‘ilganidan so‘ng uni boqish, sog‘lom sharoit ta’minlash er va xotinning burchi bo‘lib hisoblanadi. Ota-ona bolaning oldida teng huquqli javobgar shaxs ekanliklarini doim bilishlari shart. Sog‘lom munosabatda tarbiya olgan, o‘sgan bola jamiyatimizga unumli foyda keltiradi.
Yüklə 48,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin