1. Oilaviy nizolar psixologiyasi to’g’risida tushuncha.
2. Er-xotin nizolarining kelib chiqish sabablari.
3. Oilaviy nizolar turlari.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri − bu er va xotin o`rtasidagi nizolardir. Xo`sh, eng ezgu niyatlar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o`zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro`y beradi? Ular nima uchun urishadilar? Umuman, er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush- janjallarsiz ham yashasa bo`ladimi? Bu kabi savollarni yana ko`p davom ettirish mumkin.

Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o`z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo`lgan o`zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o`zlarining bo`lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so`ng o`g`il bolalar xuddi o`z otasidek va qizlarimiz o`z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo`lishni orzu qiladilar. Chunki ular o`z ota-onalari misolida bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo`luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko`rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo`lsa ham, ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko`rsatish an`analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo`ladi.