- anonim tekshiruv – o`zi haqida hujjat taqdim etmay tekshiruvdan o`tish;
- konfidensial tekshiruv – tekshiruv natijasi haqida faqat mazkur odamning shaxsan o`zi va tibbiy xodim biladi (sir saqlanadi);
- tekshiruvdan o`tish shart bo`lgan odamlar - qon va qon zardobini topshiruvchi donorlar;
- majburiy tekshiruv - huquqni muhofaza qilish organi xodimining ma`lumoti asosida.
2. Tibbiy tekshiruv viloyat OITS ga qarshi kurash markazida o`tkaziladi.
3. O`ziga OIV yuqtirgan odamlarga va OITS bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat Davlat tasarrufidagi shifoxonalarda amalga oshiriladi.
4. Aholini tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va tibbiy xizmat har bir odamning ixtiyori (xohishi) bo`yicha amalga oshiriladi.
5. Tibbiy tekshiruvda OIV/OITS aniqlangan odam, infeksiyani boshqa odamlarga tarqatmaslik (yuqtirmaslik) haqida o`ziga majburiyat oladi.
6. OIV/OITS bo`yicha tibbiy tekshiruv natijasi sir saqlanadi. U haqda o`qish, ish, turar, harbiy xizmat joylariga ma`lumot berish man etiladi.
7. Tibbiy tekshiruvda OIV aniqlangan odamni ish joyidan bo`shatish, u haqda salbiy axborot tarqatish man qilinadi.
ASOSIY ADABIYOTLAR. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.
Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.
Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.
Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.
Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.
Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.
Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.
Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980.
Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент – 2003.