Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 19. 00. 00 Bank tizimi / 07. 19. 02. 00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar] [tsz
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
BANKLARNING KAPITALLAShUVINI YaNADA OShIRISh VA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALAShDAGI INVESTITSIYa JARAYoNLARIDA ULARNING IShTIROKINI FAOLLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, ularning investitsiya jarayonlarida, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar bank-moliya tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
banklarning nizom jamg‘armasini ko‘paytirish, ularning kapitaliga aholi, tadbirkorlik subyektlari va ehtimol tutilgan investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish uchun aksiyalar chiqarish va ularni fond bozorida faol joylashtirish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasini oshirish;
tijorat banklarining o‘z kapitali hisobidan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda mavjud korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdagi investitsiya jarayonlarida keng ishtirok etishi, shu asosda raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirishni ta’minlash;
naqd pulning bankdan tashqari aylanishini yanada qisqartirish, mijozlarni birinchi talabi bo‘yicha naqd pul bilan uzluksiz va so‘zsiz ta’minlash;
mini-banklar tarmog‘ini kengaytirish va banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
tijorat banklarini yuqori malakali professional kadrlar bilan mustahkamlash, banklarning xizmat ko‘rsatish mas’uliyati va madaniyatini oshirish.
2. Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil yakunlari bo‘yicha davlat budjeti hisobiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Markaziy bank foydasining bir qismini quyidagi banklarning nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va investitsiyalash resurs bazasini kengaytirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining taklifi ma’qullansin:
“Mikrokreditbank”ka — 42 milliard so‘m, shu jumladan 32 milliard so‘m nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va 10 milliard so‘m kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
“Paxtabank”ka — 25 milliard so‘m hajmida, shu jumladan 15 milliard so‘m nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va 10 milliard so‘m meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini to‘liq qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
“Ipotekabank”ka — 25 milliard so‘m, shu jumladan 15 milliard so‘m nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va 10 milliard so‘m ipoteka kreditlari hajmini oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun.
Tijorat banklariga, yil yakuni bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, bank foydasining kamida 30 foizini bank aksionerlik kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tijorat banklariga 2012-yilning 1-yanvarigacha foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda mazkur soliq imtiyozlarini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
(3-bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
4. Quyidagi tartib o‘rnatilsin va unga muvofiq:
tijorat banklarining aksiyalarini fond birjasida birlamchi ochiq joylashtirish muomalaga yangi chiqarilayotgan aksiyalar hajmining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi (xususiy banklar bundan mustasno);
tijorat banklari aksiyalari majburiy tarzda fond birjasi listingiga kiritiladi va muntazam birja kotirovkalari matbuotda e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.05 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
7. Plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar, to‘lov terminallari, dasturiy ta’minot, bankomatlar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari va boshqa uskunalar hamda zarur materiallarni import qilish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-sonli qaroriga asosan berilgan bojxona va soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2010-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
LexUZ sharhi
Ushbu Qarorining 7-bandida ko‘zda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli Qaroriga muvofiq 2012-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
tijorat banklari, moliya institutlari, emitentlarni va ular tomonidan chiqarilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarni yakka tartibda reytingli baholash milliy tizimini joriy etish;
tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklatilsin.