SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 407-GURUH TALABASI XO’JAMOV FURQATNING Dasturiy ta’minot arxitekturasi fanidan
Mustaqil ish
Qabul qildi: Davirov B.
SAMARQAND 2023 Reja:
3. IMS arxitekturasi
2.Tarmoq xizmatlari va ilovalar integratsiyasi
3.Tarmoq xizmatlari asosiy texnalogiyalari
1. IMS arxitekturasi IMS konsepsiyasi quriladigan tamoyil shundan iboratki, bunda har qanday xizmatni yetkazib berish kommunikatsiya infratuzilma (o’tkazish qobiliyati bo’yicha chegaralash bo’lmagan) bilan hech bir tarzda munosabatda bo’lmaydi, o’tkazish qobiliyati bo’yicha cheklanishlar bundan mustasno. Bu tamoyilni timsoli IMS ni qurishda qo’llaniladigan ko’p sathli yondashuv hisoblanadi. U kirish texnologiyasiga bog’liq bo’lmagan xizmatlarni yetkazib berishning ochiq mexanizmini amalga oshirishga imkon beradi, bu esa tarmoqda xizmatlarni yetkazib beruvchilarning ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. IMS tarkibida uchta sath ajratiladi: transport sathi, boshqarish sathi va xizmatlar sathi (9.1- rasm). Transport sathi. Transport sathi, abonentlarni IMS infratuzilmasiga foydalanuvchining qurilmasi vositasida ulanishi uchun javob beradi (User Equipment UE). Mazkur qurilma o’rnida istalgan IMS terminali ishtirok etishi mumkin (masalan, telefon, smartfon, Wi-Fi yoki keng polosali ulanish). Shuningdek, IMS bo’lmagan terminal shlyuzlari (masalan, UfTT terminallari) orqali ulanish mumkin. Transport tekisligining asosiy qurilmalari:
- MRF (Media Resource Function) – mediaserver. MRFP (Media Resource Function Processor) multimediyali resurslar protsessori va MRFC kontrolleridan tashkil topgan. -MRFC konferens aloqa, xabardor qilish yoki uzatilayotgan signalni qayta kodlash kabi xizmatlarning amalga oshirilishini ta‘minlaydi. MRFC, S-CSCT (Serving Call Session Control Function) uzeli orqali olinadigan SIP xabarlarni qayta ishlashi va MRFP protsessorni boshqarish uchun mediashlyuzni (MGCP, H.248 MEGACO) boshqarish protokoli 198 buyruqlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Biroq hozir MRFC va MRFP orasidagi o’zaro bog’lanish uchun SIP/XML asosidagi protokolni ilgari siljitish bo’yicha ish olib borilmoqda. Bundan tashqari MRFC, tarifikatsiyalash va billing tizimlariga zarur axborotlarni taqdim etishni ta‘minlaydi.
-MRFR – MRFR protsessori tarmoq mediaresurslarini MRFC dan keladigan buyruqlarga muvofiq taqsimlaydi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -xabardor qilish xizmatlari va h.k. lar uchun oqimlarga, multimediyali ma‘lumotlarga xizmat ko’rsatish; 199 -kiruvchi multimediyali oqimlarni qayta ishlash, masalan, transkodlash; -MGW (Media GateWay) – transport shlyuzi, RTP oqimlarini kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlari (UfTT) oqimlariga to’g’ri va teskari o’zgartirishni ta‘minlaydi;
-I-BGF (Interconnect Border Gateway Function) – tarmoqlararo chegara shlyuzi, IPv4 va IPv6 tarmoqlari orasidagi o’zaro aloqalarni ta‘minlaydi. Xavfsizlik funksiyalarining ta‘minlanishi uchun (NAPT adreslari va portlarini translyatsiya qilish, Firewall funksiyalari, QoS vositalari) javob beradi; -GGSN (Gateway GPRS Support Node) – GPRSni shlyuz uzeli yoki marshrutlash uzeli; uyali tarmoqlar (uning GPRS qismi) va IMS o’rtasidagi shlyuzni ifodalaydi. GDSN ning asosiy vazifasi SGSN orqali abonentga keluvchi va undan chiquvchi ma‘lumotlar roumingi (marshrutlash) hisoblanadi. -SGSN (Serving GPRS Support Node) – GPRS abonentlariga xizmat ko’rsatish uzeli; GPRS tizimining paketli axborotni qayta ishlashning barcha funksiyalarini amalga oshirish bo’yicha asosiy komponenti; -RAN — Radio Access Network – radio ulanish qurilmasi; uyali telekommunikatsiya tizimi va IMS ni o’zaro aloqasini ta‘minlaydi; -PDG (Packet Date Gateway) – paketli shlyuz. Mazkur tarmoq elementi WLAN foydalanuvchilar qurilmasining IMSga ulanishini ta‘minlaydi. Oxiridagi IP-adresning translyatsiyasiga va IMSda foydalanuvchilar qurilmasini ro’yxatdan o’tkazishga javob beradi, xavfsizlik vazifasini bajarishni ta‘minlaydi; -WAG (Wireless Access Gateway) – si
-WAG (Wireless Access Gateway) – simsiz ulanish shlyuzi WLAN va IMS tarmoqlarining birikishini ta‘minlaydi; -A-BGF/BAS (Access Border Gateway Function / Broadband Access Switch) – keng polosali foydalanuvchilar qurilmasining IMSga kirishini ta‘minlaydi. I-BGE ga aynan o’xshash vazifalarni bajaradi; -DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) – raqamli abonent kirish shlyuzi – keng polosali kirishdan (statsionar, masalan, xDSL, KTV tarmoqlari) foydalanuvchi abonentlarni ulanishini ta‘minlaydi. Boshqarish tekisligi. Boshqarish sathi – bu aloqa seanslarini boshqarish bo’yicha barcha amallarni bajaruvchi IMS funksiyalarining yig’indisidir. Asosiy elementlari: 200 -CSCF (Call Session Control Function) – chaqiriqlar va seanslarni boshqarish funksiyali element. CSCF funksiyasi IMS-platformasining boshqarish tekisligida asosiy hisoblanadi. CSCF moduli SIP protokolidan foydalanib, IP transport vositasida haqiqiy vaqt xizmatlari to’plamini yetkazib berishni ta‘minlovchi vazifalarni bajaradi. CSCF funksiyasi tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalar, shlyuzlar va ilovalarning serverlari) foydalanuvchilarning va ilovalarning profiliga bog’liq holda samarali boshqarish uchun dinamik axborotdan foydalanadi. CSCF moduli uchta asosiy funksiyalarni o’z ichiga oladi: -Serving CSCF (S-CSCF) – CSCF ga xizmat ko’rsatuvchi. Chetki qurilmalar almashadigan barcha SIP-xabarlarni qayta ishlaydi; -Proxy CSCF (P-CSCF) – u orqali IMS tizimiga barcha foydalanuvchilarning trafigi kelib tushadi; -Interrogating CSCF (I-CSCF) – CSCF ni talab qilib oluvchi. U uy tarmog’i bilan ulanish nuqtasini ifodalaydi. I-CSCF aniq bir abonent uchun S-CSCF ni topish uchun NSS ga murojaat qiladi; -S-CSCF - ilovalar va foydalanuvchining profiliga bog’liq holda IP transportning multimediyali xabarlarini yetkazib berish seanslarini boshqarishni, shu jumladan, terminallarni ro’yxatga olish, NSS serveri bilan ikki tomonlama o’zaro aloqa (undan foydalanuvchilar ma‘lumotlarini olish), xabarlarni tahlil qilish, marshrutlash, tarmoq resurslarini boshqarishni (shlyuzlar, serverlar, chegaraviy qurilmalar) ta‘minlaydi; -P-CSCF – mazkur tarmoqning IMS terminallari uchun IMS yadrosi ichida signal sathidagi birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. P-CSCF funksiyasi terminaldan yoki terminalga talabni qabul qiladi va uni IMS yadrosi elementlariga marshrutlaydi. Foydalanuvchining xizmat ko’rsatiladigan terminali, qayd qilishning butun vaqtida tarmoqda ro’yxatga olishda P-CSCF ning funksiyasiga mahkamlanadi. P-CSCF moduli foydalanuvchini autentifikatsiya qilish bilan bog’liq funksiyalarni amalga oshiradi, hisobga olish yozuvlarini shakllantiradi va ularni to’lovni hisoblash serveriga uzatadi. P-CSCF ning elementlaridan biri Policy Decision Function (PDF) hisoblanadi – axborot trafigi tavsiflari bilan amallar bajaruvchi (masalan, talab qilinadigan o’tkazish qobiliyati) va seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini, seans parametrlarini o’zgartirish zaruriyatini aniqlovchi siyosatni tanlash funksiyasi; 201 -I-CSCF mazkur tarmoqning abonentlari bilan barcha tashqi ulanishlar uchun IMS yadrosi ichida signal sathida birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. I-CSCF modulining asosiy vazifasi – tashqi abonentning xizmatlardan foydalana olishi bo’yicha imtiyozlarni identifikatsiya qilish, ilovalar serverini tanlash va unga kirishni ta‘minlashdir; -BGCF (Breakout Gateway Control Function) – shlyuzlarni boshqarish funksiyasi, kanallar kommutatsiyasi domeni (UfTT yoki GSM) va IMS tarmog’i orasidagi chaqiriqlarni qayta uzatishlarni boshqaradi. Mazkur modul telefon raqamlari asosida marshrutlashni amalga oshiradi va IMS tarmog’i orqali (BGCF serveri joylashgan joyda) UfTT yoki GSM bilan o’zaro aloqada bo’ladigan kanallar kommutatsiyasi (KK) domenida shlyuzni tanlaydi. Shuningdek, KK tarmoqlari abonentlari uchun to’lovni hisoblash uchun tegishli hisob yozuvlarini ta‘minlash amalga oshiriladi; -MGCF (Media Gateways Control Function) shlyuzlarni boshqarish funksiyasi (Media Gateways) – H.248 / MEGACO dan foydalanib IMS transport shlyuzlarida ulanishlarni boshqaradi; -SGW (Signaling Gateway) – signal shlyuzi UfTT signalizatsiyani MGCF ga tushunarli ko’rinishga o’zgartirishni ta‘minlaydi. IMS yadrosi bilan SIGTRAN protokollar guruhi interfeyslari orqali bog’langan; -RACS (The Resource and Access Control) – resurslar va kirishlarni boshqarish tizimosti – kirishni boshqarish (ixtiyorida bo’lgan mavjud resurslar, mahalliy siyosat asosida yuklash) va tarmoqga shlyuzni boshqarish yordamida kirish (gate control), shu jumladan, tarmoq adreslari va portlarini almashtirishni boshqarish va ustuvorlikni biriktirish; -PDF (Policy Decision Function) – axborot profili tavsiflari bilan amallarni bajaruvchi (masalan, talab etiladigan o’tkazish qobiliyati) va seansni tashkil etish mumkinligini yoki uni ta‘qiqlash mumkinligini, seans parametrlarini o’zgartirish zarurligini aniqlovchi siyosatni tanlash funksiyasi; -NASS (Net)