63
METROLOGIYA XIZMATI IDORASI TEKSHIRUV O‘TKAZISH
TARTIBI.
Metrologiya xizmati idorasi tekshiruv o‘tkazishi uchun davlat metrologiya
xizmatining hududiy organidan maxsus ruxsat olishi kerak
Korxonaning metrologiya xizmati tarkibida tekshirish bo‘linmasini tashkil etish
haqida qaror qabul qilishdan oldin, bunday bo‘linmani tashkil etilishi maqsadga
muvofiqligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida chuqur texnik – iqtisodiy tahlil o‘tkazilishi
kerak. O‘lchash vositalarini idoraviy tekshirilishi asboblar va o‘lchovlarni
tekshiruvda turib qolish vaqtini qisqartirish, tekshirishdagi vositalarni o‘rni
qo‘yilishi kerak bo‘ladigan o‘lchash vositalarining hajmiy fondini kamaytiradi,
transport xarajatlarini pasaytiradi. Biroq, tekshirish bo‘linmasini tashkil qilish
namunaviy o‘lchash vositalarini sotib olish, bino va shtatlar ajratish uchun
moliyaviy mablag‘lar talab etadi. Tekshiruv ishlarining hajmi katta bo‘lmaganda
va tekshiriladigan asboblar nomenklaturasi katta bo‘lganda idoraviy tekshiruv
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi majburiy bo‘lmagan faoliyat sohasida
o‘lchash vositasining metrologik sozligini ta’minlash uchun
kalibrlash
qo‘llaniladi.
Kalibrlash (kalibrlash ishlari)
– davlat metrologik nazorati va tekshiruvidan
o‘tishi lozim bo‘lmagan o‘lchash vositasining metrologik xarakteristikalarining
haqiqiy qiymatlarini aniqlash va tasdiqlash hamda (yoki) ishga yaroqliligini
tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmuasidir (7.2-rasm.).
Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun kalibrlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ular
davlat metrologik nazorati va tekshi-ruvidan o‘tishi lozim bo‘lmagan sohalarda
o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan sub’ektlar faoliyati va
kalibrlash shshlari majmuasidir. Kalibrlash tizimi kalibrlash ishlarini tashkil
etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Kalibrlash tizimi
faoliyati O'zDSt 8.018:1997 bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik -
O‘z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu
tizimga kirgan sub’ektlarning xuquqlari va majburiyatlari O‘z RST 8.018-97 da
belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘z KT da akkreditlangan yuridik
shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘z KTga kirgan akkreditlash va boshqa
idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
O‘Vni kalibrlash –o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologiktavsilotlari
(xarakteristkalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda
bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi –Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan
sohada o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash
ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga
o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui.
Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat –o‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va
uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot
tomonidan beriladi.
64
Kalibrlash belgisi –kalibrlash natijalarini ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida
o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion xujjatlariga bosiladigan
tamg‘a.
O‘z KT O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy
tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan
tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar
birliligini ta’minlash davlat tizimida o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga rioya
qilinishini ko‘zda tutadi.
O‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
- tizimga ixtiyoriy ravishda kirish kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni
majburiy bajarish;
-
davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning
o‘lchamlarini kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
-
akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish;
-
metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
-
o‘lchash vositalarini kalibrlash;
-
O‘z KTning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish;
-
O‘z KTning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
-
Akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini
bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish.
Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy
SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z
vazifalarining ushbu xujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning
tashkiliy
asosini
tashkil
etadi.
Uz KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
-
Uz KTning Markaziy idorasi;
-
O‘z KTning Kengashi;
-
Uz KTning akkreditlash idoralari;
-
Kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarni
metrologik xizmatlari.
YUridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
-
O‘Vni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash
ishlarini bajaradi;
-
Kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash
vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
-
Kalibrlash
ishlarini
o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va
me’yoriyhujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi.
-
Me’yoriy hujjatlaning o‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati
doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
-
Kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
-
Kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo‘ladi:
65
-
korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan UVning xolatiga;
-
bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
-
korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining xolatiga;
-
kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga.
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o‘lchamlarini metrologiya bo‘yicha milliy
idoratasdiqlaydi.
O‘z KTning belgisi bloklarga, shtamplarga, shuningdek O‘z KTning boshqa
hujjatlari va ob’ektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT ning belgisini tamg‘alash
(qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KTning markaziy idorasi belgilaydi.
O‘lchash vositalarining kalibrlash tizimining asosiy yo‘nalishlari:
−
yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining kalibrlash ishlarini o‘tkazish
huquqini akkreditlashni amalga oshiruvchi organlarni qayd qilish;
−
yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining kalibrlashishlarini o‘tkazish
bo‘yicha huquqini akkreditlash;
−
o‘lchash vositalarini kalibrlash;
−
O‘zbekiston Respublikasi kalibrlash tizimining asosiyprinsiplari va
qoidalarini belgilash, tashkiliy metodik vaaxborot faoliyatini ta’minlash;
−
akkreditlangan metrologik xizmatlarning kalibrlash nshlarini o‘tkazish
tartiblariga rioya qilishlari ustidan inspeksion nazorat o‘rnatish.
Kalibrlash ishlarini o‘tkazishga doir talablar RD O‘z 51-071-98 GSI da
keltirilgan.
Kalibrlash ishlarini bajaradigan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
−
qiyoslangan va identifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan) kalibrlash
vositalari –kalibrlashda belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qo‘llaniladigan
etalonlar, qurilmalar va boshqa o‘lchash vositalari;
−
kalibrlash ishlarining tashkil etilishini va o‘tkazilishini reglamentlovchi
(tartibga soluvchi) hujjatlar. Bular jumlasiga akkreditlash sohasiga oid hujjat,
o‘lchashlar va kalibrlash vositalariga oid hujjatlar, kalibrlash, kalibrlash
protsedurasi (tartiboti) va uning ma’lumotlaridan foydalanishga doir davlat
me’yoriy hujjatlari kiradi;
−
kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va malakali xodimlar;
−
me’yoriy talablarni qanoatlantiradigan binolar.
Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasiga yoziladigankalibrlash nishoni bilan yoki
kalibrlash haqidagi guvohnoma bilan, shuningdek, ishlatish hujjatlariga yozish
bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |