O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


§. METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

10 §. METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR 
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish 
sohalarida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu 
sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil 
yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro 
elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro 
tashkilot, sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash 
bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Evropa mintaqaviy va iqtisodiy 
tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va 
boshqalar faol ishlab turibdi.
Anashu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari 
xususida qisqacha ma’lumot beribo‘tish maqsadga muvofiqdir.


56 
XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI (ISO) 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich 
Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz 
keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi 
(1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. SHu 
maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro 
Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari 
kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda 
texnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 
1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISAning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.
Hozirgi 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(International 
Standards 
Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. 
Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat 
ko‘rsatib, rivoj topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol 
almashinuvida va o‘zaro yordamni engillashtirish uchun dunyo ko‘lamida 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, 
texnikaviyva iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda 
uyg‘unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko‘rish; 

xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun 
uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz 
bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa
standart ma’qullanishi mumkin); 

o‘z qo‘mita a’zolarining va texnikaviy qo‘mitalarning ishlari haqida 
axborotlar almashinuvini tashkil qilish; 

sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari 
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi – Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya 
byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‘mitalari va markaziy 
sekretariati kiradi.
ISOda prezident, vitse – prezident, g‘aznachi va bosh sekretar lavozimlari 
mavjud. Bosh Assambleya – ISOning Oliy Rahbari bo‘lib, ISOning yig‘ilishi 
uch yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan 
saylanadi.
Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida etakchi mutaxassislar 
ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‘nalishlari 
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, 
texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash 


57 
idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va 
boshqa masalalar ko‘riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash – tirish tashkilotining 
tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim 
voqealaridan biri ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi 92 
– davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. 
1 – rasmda ISO xalqaro standartlashtirish tashkilotining strukturasi keltirilgan
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri 
hisoblanadi. 1 yanvar 2001 yilga nisbatan ISO xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan 
davlatlar soni 138 ga etdi. 
Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo‘yicha oxirgi vaqtda 
qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator me’yoriy hujjatlarini 
ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Nazorat savollari 
5.
Metrologik ta’minot deganda nimani tushunasiz? 
6.
Metrologik ta’minotning vazifasi nimalardan iborat? 
7.
Metrologik ta’minotning nechta tashkil etuvchisi mavjud? Ularning 
faoliyati nimalardan iborat? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin