54
bo‘lgan o‘lchashlarda katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda bunday sohalardagi
o‘lchashlardaO‘BU (MVI) – o‘lchashlarni bajarish usuliyatlari asosiy
instrument hisoblanadi.
O‘lchashlarning istalgan sohasi o‘ziga xos maxsus xususiyatlariga egaki, u
o‘lchanadigan kattalikning
fizikaviy tuzilmasiga, tarkibiga, foydalaniladigan
o‘lchash vositalarining texnik xususiyatlariga, eksperimental operatsiyalarga
bog‘liq.
Modda tarkibini aniqlashda maxsus (spetsifik) xususiyatlar quyidagilar:
a) masalan, tekshirilayotgan moddaning qandaydir komponenti massasini topish
o‘ta murakkab hisoblanadi. SHuning uchun aniqlanadigan komponentning
massasini o‘lchashdan oldin, ko‘pgina
hollarda, bu komponentni modda
matritsasidan holi qilish bo‘yicha murakkab kimyoviy analitik operatsiyalarni
o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu murakkablik moddaning aniqlanishi kerak bo‘lgan
komponentlarining ko‘pligi bilan va elementlarning kimyoviy bog‘liqligi
variantlarining turli – tumanligi bilan yanada chuqurlashadi.
b) modda tarkibini tavsiflovchi kattalik birligini qayta tiklash uchun
etalonlarning, kattalik o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi tabaqa
vositalarga uzatish maqsadida ishlatiladigan sinash sxemalari yo‘q.
v) kimyoviy analitik o‘lchash xususiyatlarining haddan tashqari turli tumanligi,
operatorning malakasiga yuqori talablar qo‘yadiki, bunga olinadigan
natijalarning to‘g‘riligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
g) ko‘p funksional maxsus asboblar – xromatograflar, spektrometrlar,
kvantometrlar va boshqa analizatorlarni ishlatilishi
bu turdagi asboblarning
shkalasi individual darajalanib, vaqt bo‘yicha etarli barqarorlikka ega bo‘lmaydi.
Bu esa asboblarni standart namunasi bo‘yicha yoki nazorat tajribasi bilan
muntazam (vaqti – vaqti bilan davriy) darajalashni talab etadi.
U yoki bu sohada o‘lchashlar birliligini ta’minlashdan maqsad o‘lchash
natijalarini nechog‘lik yuqori aniqlikda olinishini taqozo etadi. Bu birinchi
navbatda, texnologik jarayonlarni ta’minlash uchun kerakli texnik kategoriyali
o‘lchashlarga tegishlidir. Bunday o‘lchashlarning natijalari mahsulot sifatini
baholash uchun, moddiy boyliklar va h.k. hisobga olish uchun bevosita
ishlatiladi.
Modda tarkibini o‘lchash odatda o‘lchash informatsiyasini o‘zgartirish
talab
etadigan kimyoviy va fizikaviy usullarni qo‘llash bilan o‘tkaziladi. Bu esa
xatolikni taxlil qilishni va ularning birliligini ta’minlashni qiyinlashtiradi.
Bunday holda o‘lchash natijalarining kafolatlangan xatoligini ta’minlaydigan
o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarining mavjudligi eng zarur shartlardan
hisoblanadi.
O‘lchashlarni bajarish usuliyati (O‘BU)– o‘lchashlar usuliyati qabul qilingan
usulga muvofiq ta’minlaydigin o‘lchash operatsiyalari va qoidalarining
belgilangan majmui. Odatda o‘lchashlar usuliyati biror me’yoriy hujjat bilan
belgilanadi (keyinchalik O‘BU hujjati deb yuritiladi).
O‘BU hujjatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
55
-
o‘lchash xatoliklariga qo‘yiladigan talablar yoki o‘lchash
xatoliklarining
tavsiflari;
-
o‘lchashlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchash vositalarining
ro‘yxati, yordamchi qurilmalar, materiallar, aralashmalar, kimyoviy reaktivlar
va x.k;
-
o‘lchashlarni bajarish usuliyatlariga asoslangan o‘lchash usuli (usullari);
-
atrof – muhitni muhofazalash, xavfsizlikka qo‘yiladigan talablar;
-
operatorni malakasiga qo‘yiladigan talablar;
-
o‘lchash sharoitlari;
-
o‘lchash operatsiyalarini va amallarini bajarish uchun tayyorgarlik;
-
o‘lchashlarni bajarish operatsiyalari va amallari;
-
o‘lchash natijalarini qayta ishlash (hisoblash) algoritmi va tartibi;
-
o‘lchash natijalarini operativ nazorati amallarini yozilmasi va tartibi;
-
o‘lchash natijalarini rasmiylashtirish qoidalari.
O‘lchashlarni bajarish usuliyatlari (O‘BU), o‘lchashlarni
bajarish instrumenti
hisoblanib, o‘lchash vositalari singari belgilangan metrologik tavsiflar majmuiga
ega bo‘ladi va ularning asosiylari quyidagilar:
-
qo‘llanish soxasi, o‘lchash diapazonini o‘z ichiga olgan holda;
-
ta’sir etuvchi omillarni chegaralovchi parametrlari;
-
umumiy holda muntazam va tasodifiy tashkil etuvchi xatoliklardan iborat
bo‘lgan o‘lchashlar xatoligi.
O‘lchashlarni bajarish usuliyatlari alohida (mustaqil) ko‘rinishda yoki boshqa
hujjatni tarkibiy qismiga kiritilib (standart, texnik shartlar, sinash usuliyati va
boshqalar) rasmiylashtirilishi mumkin.
O‘lchashlarni bajarish usuliyatlarining mazmuni,
ishlanishi, yozilishi,
rasmiylashtirilishi davlatlararo standartda belgilangan (GOST 8.010 – 99) va
metrologiya bo‘yicha milliy tavsiyanomalar O’z T 51 – 088:1999 da batafsil
detallashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: