78
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi:
¾ burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar (49-rasm),
¾ burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar (50-rasm).
Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida
kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin.
Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning
oraliq tayanchlaridan tashkil topgan.
Kardan sharniri deb, sharnirli
bo‘g‘inga aytilib, uning yordamida aylanma harakatni (burovchi
momentni) bir valdan ikkinchi valga o‘zgaruvchan burchak ostida
uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar ishlatiladi. Bikr kardanli
sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni biriktiruvchi krestovina-
lardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga
nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin.
50-rasm. Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir.
Kardan sharnirlari aylanayotganida kardan valining og‘ishi, yetakla-
nuvchi vilkaning krestovinada og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi, 90° gradus-
ga burilganida esa, yetakchi vilkada krestovinani og‘ishi sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: