75
Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mexanizmlari odatda
silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zalmas geometrik o‘qli yoki
planetar qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning
kichigini-shesternya, kattasini-g‘ildirak deb ataladi (47-rasm).
Ishlash prinsipi: Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va
yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesternya va tishli
g‘ildiraklarni o‘zaro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini
hosil qilish hisobiga amalga oshiriladi tishli shesternya A dan tishli
g‘ildirak B ga burovchi moment uzatilganda uning miqdori 2 marotaba
oshadi, chunki uzatishlar soniga teng, lekin ikkinchi valning aylanishlar
soni 2 marotaba birinchi valning aylanishar soniga nisbatan kamayadi
(47-rasm).
Uzatmalar qutisida bir nechta yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli
shesternya va tishli g‘ildiraklar o‘rnatish hisobiga bir nechta uzatishlar
sonini olish mumkin. Masalan, (47a, b-rasm) yetaklovchi, valga
dvigatelning tirsakli validan kelayotgan burovchi moment tishli
shesternya (yetaklovchi)dan tishli g‘ildirak (yetaklanuvchi)ga o‘tganda 2
marta oshadi yetaklanuvchi valning aylanishlar soni esa marta kamayadi,
so‘ngra ikki marta oshgan burovchi moment yetaklovchi shesternyadan
yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka o‘tganda uning qiymati ikki marta
oshadi, lekin yetaklanuvchi valning aylanishlar soni ikki marta
kamayadi. Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning umumiy
miqdori uzatmalar qutisidan uzatilganda marta oshadi, valning
aylanishlar soni esa marta kamayadi.
a)
b)
47-rasm. Uzatishlar sonining o‘zgarishi.
Xuddi shu tarzda pog‘onalar sonini oshirish hisobiga turli miqdordagi
uzatishlar sonini olish mumkin va turli yo‘l sharoitiga mos ravishda
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
tishlar
Dostları ilə paylaş: