VA HISOBOTNI HIMOYA QILISH Amaliyot so„ngida talabalar hisobotni “Menejment” kafedrasining xay‟ati xuzurida
ximoya qiladi.
Maxsus xay‟at ishtirokida amaliyot hisoboti himoyasi universitet yoki ishlab chiqarish
obektida o„tkaziladi. Xay‟at tarkibida “Menejment” kafedrasining professor-o„qituvchilarning
amaliyot rahbari yoki mumkin qadar ishlab chiqarish amaliyoti obektidan yetuk mutaxassislar
bo„lishi zarur.
Amaliyot bo„yicha talabaning hisoboti ishi 100 ballik tizim bo„yicha baholanib natijasi
maxsus qaydnomada qayd etiladi.
Agarda talaba ishlab chiqarish amaliyot dasturidagi bo„limlarga loqayd yondoshib, shu
bilan bir qatorda institut tomonidan qoniqarsiz tafsiyanomaga ega bo„lsa, u holda talaba 2 -
marotaba amaliyot o„tashga yuboriladi. Ayrim hollarda institut talabani institutdagi faoliyatini
ko„rib chiqish mumkin.
Amaliyot bo„yicha qarzlar hamda qayd etishlar belgilangan muddatda amalga oshmasa,
ya‟ni kechikib qilinsa, u holda dekanatdan yozma ravishda tushuntirish xati, ruxsat xat keltirib
beriladi va o„z navbatida yuqoridagi xatlar qaydnomalarga biriktirilib boriladi. 7. MALAKAVIY AMALIYOT BO„YICHA HISOBOTNI BAHOLASH TARTIBI VA MEZONLARI Talabalarning malakaviy amaliyoti hisobotini himoya qilish bo„yicha bilim saviyasi,
ko„nikma va malakalari nazorat qilishning reyting tizimi asosida ballarda ifodalanadi.
Talaba mazkur malakaviy amaliyoti hisobotini himoya qilish bo„yicha yig„ishi mumkin
bo„lgan maksimal ball – 100 ball bo„lib, u quyidagicha taqsimot qilinadi:
Malakaviy amaliyoti hisobotini himoya qilish bo„yicha ajratilgan balning 55 foizi
saralash ball etib belgilanadi. Saralash balidan kam ball to„plagan talaba akademik qarzdor talaba
hisoblanadi.
Ballar taqsimoti (o„zlashtirish ko„rsatkichlari bo„yicha baholash mezonlari): №
O„zlashtirish ko„rsatkichlari
Baholash mezonlari
1
56-70 foiz
qoniqarli
2
71-85 foiz
yaxshi
3
86-100 foiz
a‟lo
Malakaviy amaliyoti hisobotini himoya qilish bo„yicha akademik qarzdor talabalarga
qayta o„zlashtirishi uchun semestr davomida ikki hafta muhlat beriladi.