10
Amaliyotga rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Amaliyotni o„tish dasturiga muvofiq zarur bo„lgan ishlarning bajarilishi ustidan
nazorat olib borish;
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonada yetuk mutaxassislar yordamida
korxonasini rivojlantirish bilan bog„liq bo„lgan ma‟ruzalarni tashkil etish;
Amaliyot o„tadigan talabalarning amaliyot obektlaridagi mavjud tartibga
bo„ysunishlari ustidan nazorat olib borish, ayrim hollarda, ya‟ni tartib buzilgan paytlarda bu
haqida institutdagi rahbar bilan xabarlashishlari lozim.
Talabalar amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirayotgan rahbarning majburiyatlari:
amaliyot dasturi bilan tanishib chiqish;
malakaviy amaliyotni o„tishda qo„llaniladigan yakka tartibda tuziladigan
talabalarning amaliyot o„tish jadvalini tuzishga ko„mak berish;
talabalarning belgilangan vaqtda amaliyotga kelishlari, ish vaqtidan unumdorlik bilan
foydalanishlari ustidan nazorat yuritish;
ishlab
chiqarish,
xizmat
ko„rsatish
korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy
ko„rsatkichlari bilan hamda ichki tartib, iqtisodiy axborotlar manbalari va ulardan foydalanish
tartibi bilan talabalarni tanishtirish;
maslahat soatlarini belgilash;
talabalarga dasturda ko„rsatilgan, bajarilishi zarur bo„lgan ishlarga sharoit yaratib, shu
bilan bir qatorda ularga marketing bo„limida ish joyi bilan ta‟minlash;
kalendar rejasida ko„rsatilgan topshiriqlar bo„yicha talabalarga topshiriq berish;
uzluksiz ravishda amaliyot dasturida belgilab qo„yilgan yakka tartibdagi ishlarning
o„z vaqtida talaba tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Talabalar
tomonidan
hisobotlarning
to„ldirilshi
to„g„risida
kundalikdagi
qaydnomalarni kunora tekshirish;
Malakaviy amaliyoti vaqtida talabaning tutayotgan xulq atvori to„g„risida
“Menejment” kafedrasi hamda institut tomonidan belgilangan rahbarga axborot berish.
Kundalikdagi qaydnomalar xar kuni yozib borilishi, ish kuni so„ngida korxona
(tashkilot,muassasa) tomonidan belgilangan rahbar kamchiliklarini bildirib dastxatini qo„yishi
zarur. Amaliyot so„ngida amaliyotchi talaba kundalikning ohiriga o„z dastxatini qo„yadi,
shundan so„ng ishlab chiqarish korxonasi tomonidan belgilangan rahbar dastxatini qo„yib
korxona muhriga tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: