Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


S:=a*b; edit3.text:=floattostr(p)



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

S:=a*b;
edit3.text:=floattostr(p);
edit4.text:=floattostr(S);
end;
Begin4. Ikkita manfiy bo‘lmagan son a va b berilgan. Ularning o‘rta 
geometrigi aniqlansin n=sqrt(a*b).
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);


var a,b,n:real;
begin
a:=strTofloat(edit1.text);
b:=strTofloat(edit2.text);
n:=sqrt(a+b);
edit3.text:=floattostr(n);
end;
Begin 5. Aylananing uzungili L berilgan. Ularning radiusini R va yuzasi S 
aniqlansin 
L = 2*
pi
*R*S =
pi*
R
2
pi
= 3.14
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var s,l,r:real;
begin
r:=StrToFloat(Edit1.Text);
l:=2*pi*r;
s:=pi*sqr(r);
Edit2.Text:=FloatToStr(l);
Edit3.Text:=FloatToStr(s);
end;
Nazorat savollari
1.
Dastur tuzish texnologiyasi. 
2.
Paskal dasturlash til 
3.
Delphi dasturlash tili 
4.
Paskal va Delphi dasturlash tillarining farqi. 
7-AMALIY MASHG‘ULOT:
Umumiy o‘rta ta’limda kompyuter grafikasiga oid mavzularni 
o‘qitish metodikasi.
Ishdan maqsad: 
Tinglovchilar kompyuter grafikasi bo‘limini
 
o‘qitishda 
axamiyat beriladigan jixatlar va metodlar haqidagi kompetensiyalarini 
shakllantirish.
Informatika fanini o‘rganishning dastlabki bosqichida deyarli barcha bolalar 
uchun eng tabiiy, qulay va qiziqarlisi chizish jarayonidirKo‘pgina zamonaviy 
olimlar barmoq bilan ishlashnutqni rivojlantirishiga ishonishadi. Rasmda 
tasvirlash, aytib berish esa ancha osodir. Rasm chizish orqali o‘quvchi atrof olam 
haqidagi bilimlarini aks ettiradi va bunda o‘zini tasavvur etadi. Biron bir voqea 
xodisa oldindan tasvirlab keyin u haqida gapirib berish oson. SHu sababli chizish 
xuddi gapirish kabi muhimdir.
“Kompyuter grafika”sini o‘quv yilining oxirgi choraklarida o‘tilishi tavsiya 
etiladi, chunki bunda o‘quvchi mavzu materialini yodlash va eslab qolishga ko‘p 
harakat sarflamaydi. Hamda maxsus tayyorlangan mashqlar orqali o‘qituvchilar 


tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyatga ega darslarni tashkillashtirishlari 
mumkin, o‘quvchilarda esa o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘qolmaydi.
“Kompyuter grafikasi” mavzusi 5- sinfda Paint grafik muxarriri misolida 
o‘tiladi. Darslarda uning vazifasi haqida gapiriladi; o‘quvchilar bilan dastur 
interfeysi o‘rganib chiqiladi; dastur uskunalaridan qanday foydalanish ko‘rsatib 
beriladi;dasturning adabiyot, musiqa, tarix, geografiya, matematika fanlari bilan 
aloqadorlik tomonlari muxokama qilinadi. Rasm o‘lchamini o‘zgarishi orqali 
rasmni monitorda tasvirlanishini bilib oladilar.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda nostandart taqdimotdan yoki she’riy 
talqin usullaridan foydalanish mumkin. Kompyuterda uzoq vaqt o‘tirgandan 
so‘ng ko‘zning zo‘riqishini, qo‘l va barmoqlarning kuchlanishini va umumiy 
charchoqni kamaytirish uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi. O‘quvchilarning 
bilimlarini tekshirish uchun krossvordlar, testlar ishlatiladi va chiroyli chizilgan 
rasmlar tanlovlarini o‘tkazish mumkin.
Barcha vazifa va ishlarni ikki qismga ajratish kerak: majburiy ya’ni barcha 
qilishi kerak bo‘lgan va qo‘shimcha mashqni tez va yaxshi bajaruvchilar uchun.
Har bir dars qiziqarli bo‘lish bilan birga foydali ham bo‘lishi zarur. 
Maqsadga erishish uchun esa maxsus kartochkalar tayyorlash mumkin.
Darslarda grafik muxarririda ishlash ko‘nikmalarini xosil qiluvchi vazifalar 
bo‘lishi zarur. Ular o‘rganilayotgan mavzuga mos tushishi muxim. Masalan agar 
darsda “zalivka” uskunasi o‘tilayotgan bo‘lsa, demak nimanidir bo‘yash kerak va 
xakazo. Ba’zi shunga o‘xshash darslar o‘quvchilarning ekologik tarbiyasini 
rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Masalan, quyidagicha mashq berishimiz 
mumkin, “tasvirlangan rasmda tabiatni ifloslantiruvchi elementlarni olib 
tashlang” degan shart bersak. O‘quvchilar darxol rasdagi tasvirlarga boshqacha 
etibor bilan qarashadi. Darslarda algoritmik ketma-ketliklar orqali o‘ylangan 
natijaga olib kelish yo‘llarini izlashlari ham ahamiyatlidir. Grafik muxarrir bilan 
tanishish nafaqat rasm chizishni o‘rgatadi, balki turli geometrik shakllarning 
shakli, tuzilishi, nomi, joylashuvi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishadi. 
Simmetriya aylanish, burish kabi matematik tushunchalarni rivojlantiradigan 
mashqlarini ham berishimiz mumkin. Masalan, “Rasmni bo‘yab unda nechta 
uchburchak borligini sana” yoki “Har bir uchburchakni xar-xil rangda bo‘ya” 
degan mashqlarimiz o‘quvchilarda matematik tushunchalarni rivojlantiradi.
“Eng chiroyli va eng xunuk” narsani chizish, “YOqtirgan faslni chizish” 
o‘quvchilarning aqliy hamda badiiy rivojlanishiga ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
5-sinfda bolalar mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan 
mashqlarga qiziqishmoqda. Ularga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin:

Umumlashtiruvchi: berilgan predmetni bir so‘z bilan ifodalang va shunga 
o‘xshash rasm chizing.



Qiyoslash uchun: “Xayvonot bog‘i” nomli mashqda o‘quvchilar qafasning 
pastki qismida yozilgan xayvon nomiga mos rasmni qafasga joylashtirish kera.





Taqqoslash mashqi: qonuniyatni oxiriga etkazish uchun etishmayotgan 
shaklni chizish va boshqalar.


Darslarda o‘quvchilarning xotirasini va fikrlashini o‘stirish mashqlari bilan 
bir qatorda ularning ularni mustaqil fikrga ega inson qilib ham tarbiyalashga 
e’tibor berishimiz zarur. SHuning uchun ularga o‘qigan ertak va xikoyalari 
asosida mustaqil rasm chizish imkoniyatini ham berish muhim. Bunda uquvchilar 
ijodiy qobilyatlarini ishga soladilar shu bilan birga mustaqil o‘zlari har qaysi 
shaklga qanday rang berish ustida mustaqil fikr yuritadilar. Bu amallarni dastur 
imkoniyatlaridan foydalanib tez amalga oshirish amallarini ham rivojlantiradilar. 
Ushbu mavzu bo‘yicha so‘nggi darslarda albatta “Eng chiroyli rasm” konkursini 
o‘tkazish lozim. O‘quvchilar erkin mavzuda rasm chizadilar dars oxirida rasmlar 
taxlil qilinadi va o‘quvchilarning o‘zlari g‘olibni aniqlashadi.
Bu darslar to‘g‘ri tashkillashtirilsa kelgusida ular yanada murakkab 
chizmalarni chizishda qiynalishmaydi. “Algoritmlar”, “Modellashtirish” darslari 
o‘tilayotganda ular o‘zlaridagi bilim va ko‘nikmalarini ishga soladilar blok 
sxemalarni va modellarni osonlik bilan hosil qila oladilar.



Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin