var a,b,n:real;
begin
a:=strTofloat(edit1.text);
b:=strTofloat(edit2.text);
n:=sqrt(a+b);
edit3.text:=floattostr(n);
end;
Begin 5. Aylananing uzungili L berilgan. Ularning radiusini R va yuzasi S
aniqlansin
L = 2*
pi
*R*S =
pi*
R
2
pi
= 3.14
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var s,l,r:real;
begin
r:=StrToFloat(Edit1.Text);
l:=2*pi*r;
s:=pi*sqr(r);
Edit2.Text:=FloatToStr(l);
Edit3.Text:=FloatToStr(s);
end;
Nazorat savollari
1.
Dastur tuzish texnologiyasi.
2.
Paskal dasturlash til
3.
Delphi dasturlash tili
4.
Paskal va Delphi dasturlash tillarining farqi.
7-AMALIY MASHG‘ULOT:
Umumiy o‘rta ta’limda kompyuter grafikasiga oid mavzularni
o‘qitish metodikasi.
Ishdan maqsad:
Tinglovchilar kompyuter grafikasi bo‘limini
o‘qitishda
axamiyat beriladigan jixatlar va metodlar
haqidagi kompetensiyalarini
shakllantirish.
Informatika fanini o‘rganishning dastlabki bosqichida deyarli barcha bolalar
uchun eng tabiiy, qulay va qiziqarlisi chizish jarayonidirKo‘pgina zamonaviy
olimlar barmoq bilan ishlashnutqni rivojlantirishiga ishonishadi.
Rasmda
tasvirlash, aytib berish esa ancha osodir. Rasm chizish orqali o‘quvchi atrof olam
haqidagi bilimlarini aks ettiradi va bunda o‘zini tasavvur etadi. Biron bir voqea
xodisa oldindan tasvirlab keyin u haqida gapirib berish oson. SHu sababli chizish
xuddi gapirish kabi muhimdir.
“Kompyuter grafika”sini o‘quv yilining oxirgi choraklarida o‘tilishi tavsiya
etiladi, chunki bunda o‘quvchi mavzu materialini yodlash va eslab qolishga ko‘p
harakat sarflamaydi. Hamda maxsus tayyorlangan mashqlar orqali o‘qituvchilar
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyatga ega darslarni tashkillashtirishlari
mumkin, o‘quvchilarda esa o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘qolmaydi.
“Kompyuter grafikasi” mavzusi 5- sinfda Paint grafik muxarriri misolida
o‘tiladi. Darslarda uning
vazifasi haqida gapiriladi; o‘quvchilar bilan dastur
interfeysi o‘rganib chiqiladi; dastur uskunalaridan qanday foydalanish ko‘rsatib
beriladi;dasturning adabiyot, musiqa, tarix, geografiya, matematika fanlari bilan
aloqadorlik tomonlari muxokama qilinadi. Rasm o‘lchamini o‘zgarishi orqali
rasmni monitorda tasvirlanishini bilib oladilar.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda nostandart taqdimotdan yoki she’riy
talqin usullaridan foydalanish mumkin. Kompyuterda uzoq vaqt o‘tirgandan
so‘ng ko‘zning zo‘riqishini, qo‘l va barmoqlarning
kuchlanishini va umumiy
charchoqni kamaytirish uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi. O‘quvchilarning
bilimlarini tekshirish uchun krossvordlar, testlar ishlatiladi va chiroyli chizilgan
rasmlar tanlovlarini o‘tkazish mumkin.
Barcha vazifa va ishlarni ikki qismga ajratish kerak: majburiy ya’ni barcha
qilishi kerak bo‘lgan va qo‘shimcha mashqni tez va yaxshi bajaruvchilar uchun.
Har bir dars qiziqarli bo‘lish bilan birga foydali ham bo‘lishi zarur.
Maqsadga erishish uchun esa maxsus kartochkalar tayyorlash mumkin.
Darslarda grafik muxarririda ishlash ko‘nikmalarini xosil qiluvchi vazifalar
bo‘lishi zarur. Ular o‘rganilayotgan mavzuga mos tushishi muxim. Masalan agar
darsda “zalivka” uskunasi o‘tilayotgan bo‘lsa, demak nimanidir bo‘yash kerak va
xakazo. Ba’zi shunga o‘xshash darslar o‘quvchilarning ekologik tarbiyasini
rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Masalan, quyidagicha mashq berishimiz
mumkin, “tasvirlangan rasmda tabiatni ifloslantiruvchi
elementlarni olib
tashlang” degan shart bersak. O‘quvchilar darxol rasdagi tasvirlarga boshqacha
etibor bilan qarashadi. Darslarda algoritmik ketma-ketliklar orqali o‘ylangan
natijaga olib kelish yo‘llarini izlashlari ham ahamiyatlidir. Grafik muxarrir bilan
tanishish nafaqat rasm chizishni o‘rgatadi, balki turli geometrik shakllarning
shakli, tuzilishi, nomi, joylashuvi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishadi.
Simmetriya
aylanish, burish kabi matematik tushunchalarni rivojlantiradigan
mashqlarini ham berishimiz mumkin. Masalan, “Rasmni bo‘yab unda nechta
uchburchak borligini sana” yoki “Har bir uchburchakni xar-xil rangda bo‘ya”
degan mashqlarimiz o‘quvchilarda matematik tushunchalarni rivojlantiradi.
“Eng chiroyli va eng xunuk”
narsani chizish, “YOqtirgan faslni chizish”
o‘quvchilarning aqliy hamda badiiy rivojlanishiga ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
5-sinfda bolalar mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan
mashqlarga qiziqishmoqda. Ularga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin:
Umumlashtiruvchi: berilgan predmetni bir so‘z bilan ifodalang va shunga
o‘xshash rasm chizing.
Qiyoslash uchun: “Xayvonot bog‘i” nomli mashqda o‘quvchilar qafasning
pastki qismida yozilgan xayvon nomiga mos rasmni qafasga joylashtirish kera.
Taqqoslash mashqi: qonuniyatni oxiriga etkazish uchun etishmayotgan
shaklni chizish va boshqalar.
Darslarda o‘quvchilarning xotirasini va fikrlashini o‘stirish mashqlari bilan
bir qatorda ularning ularni mustaqil fikrga ega inson qilib ham tarbiyalashga
e’tibor berishimiz zarur. SHuning uchun ularga o‘qigan ertak va xikoyalari
asosida mustaqil rasm chizish imkoniyatini ham berish muhim. Bunda uquvchilar
ijodiy qobilyatlarini ishga soladilar shu bilan birga mustaqil o‘zlari
har qaysi
shaklga qanday rang berish ustida mustaqil fikr yuritadilar. Bu amallarni dastur
imkoniyatlaridan foydalanib tez amalga oshirish amallarini ham rivojlantiradilar.
Ushbu mavzu bo‘yicha so‘nggi darslarda albatta “Eng chiroyli rasm” konkursini
o‘tkazish lozim. O‘quvchilar erkin mavzuda rasm chizadilar dars oxirida rasmlar
taxlil qilinadi va o‘quvchilarning o‘zlari g‘olibni aniqlashadi.
Bu darslar to‘g‘ri tashkillashtirilsa kelgusida ular yanada murakkab
chizmalarni chizishda qiynalishmaydi. “Algoritmlar”, “Modellashtirish” darslari
o‘tilayotganda ular o‘zlaridagi bilim va ko‘nikmalarini ishga soladilar blok
sxemalarni va modellarni osonlik bilan hosil qila oladilar.
Dostları ilə paylaş: