TA’LIM METODLARI
..........................................................................................................................
17
III. NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
..........................................................
27
IV. AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
..........................................................
102
V. KEYSLAR BANKI
...........................................................................................................................
163
VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
..............................................................................
168
VII. GLOSSARIY
....................................................................................................................................
171
VIII. ADABIYOTLAR RO‘YXATI
...........................................................................................
177
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib
tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Ushbu masalaning hal etilishi ko‘p jihatdan o‘qitishning interfaol
metodlarini qo‘llashga ham bog‘liq.
Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so‘z
inglizcha "interact" so‘zidan kelib chiqqan. "Inter" – o‘zaro, "act" – ish ko‘rmoq, ishlamoq degan
ma’nolarni anglatadi. SHunday qilib, interfaol o‘qitish – bu, avvalambor muloqotli o‘qitish bo‘lib,
jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta’sir amalga oshiriladi.
Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha
o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish
imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bilish jarayonida o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda,
ularni har birining o‘ziga xos aloqada individual hissa qo‘shishi, o‘zaro bilimlar, g‘oyalar va faoliyat
usullari bilan almashinishlari tushuniladi. SHu bilan birga, bularning hammasi o‘zaro xayrixohlik
va qo‘llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida yangi bilimlarni
olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o‘zini ham rivojlantiradi, uni yanada
yuqoriroq koopersiya va hamkorlik pog‘onalariga olib chiqadi.
Darslardagi interaktiv faoliyat o‘zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy,
lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda echishga olib keladigan diologli
aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interfaol metod bitta so‘zga chiquvchining,
shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.
Dialogli o‘qitish jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli
axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alьternativ fikrlarni chamalab
ko‘rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan
muloqat qilishga o‘rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil
etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o‘yinlar qo‘llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan
ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo‘llaniladi.
Interfaol o‘qitishni tashkil qiluvchilar uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashqari quyidagi
jihatlar ham muhimdir:
guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyatlarini
tushunib etish;
boshqalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va ular yordamiga muhtojlik zaruratining
shakllanishi;
o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
SHuning uchun interfaol o‘qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish
uchun zarur bo‘lgan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:
o‘qitishning pragmatik jihati qo‘yilgan o‘quv masalasini echishlikning shartligi;
tarbiyaviy masalalarni echish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam
ko‘rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).
Ushbu faktni alohida qayd etish lozimki, o‘qitishning barcha interfaol usullarini verbal
(og‘zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.
Og‘zakilarga quyidagilar kiradi:
vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko‘zlar orqali aloqa;
akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy
pauzalar va hokazo.
Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
"oxiri ochiq" bo‘lgan savollar, ya’ni yagona "to‘g‘ri" javobga ega emas, balki muammo
(savol) bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo‘naltirilgan savollarni bera olish
qobiliyati;
o‘quvchilar bilan muloqotda o‘qituvchi tomonidan o‘zining nuqtai nazarini hal qiluvchi
nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi joiz. Bu narsa mashg‘ulot paytida o‘quvchilarga
qo‘rqmasdan "to‘g‘ri " va "noto‘g‘ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;
mashg‘ulotning tahlil va o‘z-o‘zini tahlil qilishga tayyorgarlik.
Ushbu holat mashg‘ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo‘lganini, o‘zaro faoliyat
qaerda "osilib" qolganini, u nima bilan bog‘liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarning ro‘y
bermasligi uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi;
mashg‘ulotning borishini, uning kulьminatsiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish
imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.
Birinchi bo‘limga alohida e’tibor qaratishni istar edik. O‘qituvchining savoli – bu
o‘quvchining tafakkurini o‘stirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki hil turi
mavjud (interfaol o‘qitish nuqtai nazaridan).
o‘quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib
qo‘yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to‘xtatib turishga xizmat qilib, o‘quvchiga
uning fikri hech kimni qiziqtirmasligini tushunib etishiga olib keladi;
fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi
savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko‘tarish bilan birga, o‘quvchilarda ularning ham fikri
qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg‘otadi.
Quyida savolni to‘g‘ri ifoda qilish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar keltiriladi.
1.
Savollarni aniq va qisqa qo‘yish lozim.
2.
Bitta savol orqali faqat bir narsani so‘rash.
3.
Savol mavzu bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi kerak.
4.
Savoldagi barcha so‘zlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi kerak.
5.
Har bir savolga bir nechta javob bo‘lishiga harakat qiling.
6.
Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o‘quvchilarni o‘ylashi va
savolga javob berishida engillik tug‘diradi.
7.
Faqatgina "ha" yoki "yo‘q", "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri" degan javoblar beriladigan
savollarni berishdan saqlaning.
8.
O‘quvchilarga o‘z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni
bering.
9.
O‘zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.
10.
Qo‘yilgan savolga javob berilganda, o‘quvchilardan "Nima uchun shunday deb
o‘ylaysiz?" deb so‘rab turing.
Interfaol metodlar bo‘yicha o‘qish jarayonini tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan
yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni o‘qitishning an’anaviy shakllariga
qaraganda boshqacharoq bo‘lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf
konspektini olish vazifa sifatida berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‘quvchi bu ishni
o‘zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, muammoni nostandart
qo‘yilishigina, o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga,
natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi.
Masalan, dasturlashga oid masala echilganda, uni kichik masalalarga bo‘lish mumkin.
O‘quvchilarni ham kichik guruhlarga bo‘lish va har biriga kichik masalani echishni va dasturini
tuzishni tavsiya etish mumkin.
Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini echimlari asosida berilgan masala echishini
tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani echish va unga
ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |