Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


-MAVZU. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

1-MAVZU. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv 
adabiyotlar tahlili (2 soat)
Reja:
1.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan umumiy o‘rta ta’lim 
dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. 
2.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim 
mazmunining minimal hajmi. 
3.
O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalarning 5-11 sinflar kesimidagi darajalari. 
Tayanch iboralar: 
informatika fani,
 
uzluksiz ta’lim tizimi,
 
an’anaviy 
ta’lim, zamonaviy ta’lim, interfaol ta’limning omillari.
Informatika fanidan umumiy o‘rta ta’lim dasturi mazmuni, mohiyati va 
tahlili.
Informatika – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash 
texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni 
ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur 
qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini 
shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga 
kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning 
echimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh 
bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida 
o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, 
sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
oqilona 
foydalanish 
kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim 
maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va 11-sinfgacha davom etadi.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda 
rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan 
STEAM
(science, technology, 
engeenering, art and mathematic - fan, texnologiya, muxandislik, san’at va 
matematika) 
o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch 
tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) 
shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq. 


Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir qator 
muhim omillarga bog‘liq. Bu omillardan biri «

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin