Ishdan maqsad:
Tinglovchilarning aralash ta’lim
va uning
xususiyatlari
xaqidagi kompetensiyalarini informatika va AT fani misolida rivojlantirish.
Zamonaviy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar blended learning (aralash o‘qitish).
Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda,
xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili
kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi
aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu
ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday
yondashuv axborotni taqdim etishda turli
uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni
tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va
guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha
yondashuv o‘quvchini charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi.
Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash
va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim
va masofaviy
ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi
texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim
markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.
Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-
Fake learning) va internet orqali ta’lim (Online learning)dan iborat.
Vebinar metodi: Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998
yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar
texnologiya o‘qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni
nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki
ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar
ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib
aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt
paradigmasiga o‘tmoqda.
Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda
hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan
ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib
borilib ushbu dars keyingi
foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs
jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni
alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin.
Evristik o‘qitish metodi: Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab
oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan
masalani tadqiq etish
jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning echimi bo‘yicha
boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani echish davomida
o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib
borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va
o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi
bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar.
Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda
ma’lum holatlarda qo‘llaniladi.
Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda
foydalanish amaliyotchi-
o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz
ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy
harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni
tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHunga qaramasdan
bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat
tomonidan e’tirof etilgan.
SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida
ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
Xorij ta’lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta’lim masalalari.
Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz
ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarda o‘z
aksini topmoqda. Bunday o‘zgarishlar
shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib
toptirish bilan chambarchas bog‘liq. Aynan ana shu masala "Ta’lim to‘g‘risida"gi
Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da o‘z aksini topgan.
Bugungi kunda insoniyat jamiyati,
shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi
oldida
turgan
ijtimoiy-iqtisodiy,
g‘oyaviy-siyosiy,
ta’limiy-tarbiyaviy
muammolarning echimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi
va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.
CHunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra
tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq
Dostları ilə paylaş: