YUqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari
mashg‘ulotlar maqsad va vazifalarini e’tiborga olib, darsdan tashqari
mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etishga xarakterli bo‘lgan
uslubiy va maxsus prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda
tarixiy materialdan
foydalanish prinsipilari umumta’lim maktabida yaxshi qabul qilinadi. Tarixiy
material yaxshi esda qoladi; informatika rivojlanish
tarixi asosiy fikr va
uslublarining shakllanishiga xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi
kuchini ko‘rishga, insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro
bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning dunyo qarashi va ilmiy
fikrlashining shakllanishiga yordam beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida tarixiy materiallardan
foydalanishning bir necha turlarini keltiramiz.
1.
Informatika va axborot texnologiyalari tarixiga epizodik ekskursiya:
birinchi uslublar, tarixiy vazifalar va ularni EHM yordamida echish uslublari.
2.
Informatika va axborot texnologiyalari va kibernetika sohasidagi
taniqli olimlarning hayoti va ijodini ko‘rib chiqish.
3.
Aniq davrda olingan natijalarni ko‘rib chiqish. (yangi turdagi
kompyuterning paydo bo‘lishi, yangi dasturiy atamaning paydo bo‘lishi va
boshqalar.)
4.
Informatika va axborot texnologiyalari, kibernetika va dasturlash haqida
fikrlar, hamda informatika va dasturlash sohasidagi buyuk olimlar fikri.
O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish
uchun qadimgi SHarq
buyuk olimlarining ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (al Xorazmiy; al
Beruniy). O‘zbekistonda kibernetikaning rivojlanishini o‘quvchilar qiziqib
eshitadilar.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish
va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni
echish, loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish uchun EHMdan
foydalanishdan iborat. Bunday vazifalarni echish
va dasturlash tilida dastur
yozish o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini oshiradi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga
qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va
kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga:
-
to‘garaklar,
-
disputlar,
-
konkurslar,
-
kechalar,
-
leksiyalar,
-
devoriy gazetalar kiridi.