bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va
jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi
va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga
olinadi.
O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish,
uning
pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi
sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini
tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay
ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning
mazmun-mohiyati xususida
yuzaki mulohaza yuritadilar. SHuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining
ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va
hokazolar aytiladi-yu,
ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda
foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal
qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi
masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi.
O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars
jarayonida quyidagi xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:
dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
o‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
o‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
o‘qituvchi nutqining ravon, ta’sirchan emasligi;
mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor
bermaslik;
sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan
foydalanishning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi;
o‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi
kabilar.
Dostları ilə paylaş: