Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni
aniqlash davomiy jarayon bo‘lib, shaxsning rivojlanishini
chuqur tahlil qilish
bilan bog‘liq.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlar bellashuvi
umumta’lim maktablarining 8-sinfida o‘tkaziladi. Barcha bosqichlarda amaliy ish
va test topshirig‘i buyicha o‘tadi.
Mavzular 7-8 sinflarda Informatika va axborot
texnologiyalari fanining
optimallashtirilgan o‘quv dasturi buyicha shu kunga qadar o‘rganilgan mavzulari
asosida tanlanadi, har biri to‘g‘ri bajarilgan topshiriq 8 balldan, jami 40 ball bilan
baholanadi va uni bajarish uchun 120 minut vaqt ajratiladi.
Ushbu turda 5 ta masalaning echimini ko‘rsatish uchun o‘quvchi tomonidan
ofis dasturlari yoki grafik muxarrirlar yordamida kompyuterdan amaliy
foydalanilishiga imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi shart.
Topshiriqlarni
tuzishda mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan iborat bo‘lishiga e’tiborni
qaratish lozim.
O‘quvchi tomonidan savollar tanlanadi va har bir amaliy ish kompyuter
yordamida amaliy bajariladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 8-sinflar uchun amaliy ish
topshiriqlarini baholash mezonlari
Dostları ilə paylaş: