o‘qituvchilarning so‘zlash usuli;
ko‘rsatmali qurollardan foydalanish usuli;
darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar
bilan ishlash usuli;
laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli;
texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilьm,
diafilьm, radio, televizor kabilar) foydalanish usuli;
sinf
doskasidan, geografiya, tarix
yoki
zoologiyaga tegishli
bo‘lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar.
Didaktik
tahlil
–
ta’lim turlari samaradorligi
va uni belgilovchi
qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri
hamda mukammal
bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinli
bo‘ladi: 1. O‘qituvchi bayonining sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli
bo‘lishi va bu bayonning izchil ravishda o‘quvchi ongiga etib borishi.
2.
O‘qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos bo‘lganligi.
3.
Barcha o‘quvchilarning o‘qituvchi berayotgan materialini ongli
ravishda o‘zlashtirishlari.
4.O‘qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning
mavjudligi.
5.
O‘qituvchi fikrining izchiligi.
6.
Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko‘rsatmali
qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan
foydalanishning
maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.
7.
Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga
yo‘naltirilgan holda o‘tishga erishilganligi.
8.
Darslik bilan ishlashning to‘g‘ri bo‘lishi.
9.
Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo‘nalishi.
10.
Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.
Dostları ilə paylaş: