6.O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim- tarbiya berishida pedagogik
jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila olganligi.
7.
O‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi.
8.
O‘quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi
hamda mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi.
9.
O‘quvchilarning darsga munosabati va hurmat bilan qarashi.
10.
O‘qituvchining darsdagi boshqaruvchilik roli va ish uslubi.
11.
O‘qituvchining dars mavzusini ta’lim- tarbiyaga bog‘lashi.
12.
Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda o‘lkashunoslik
materiallaridan foydalanishi.
13.
Darsda o‘quvchilarning sifat o‘zlashtirishi.
14.
O‘qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to‘liq erisha
olganligi.
15.
O‘qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan
yordamga ehtiyoji kabilar.
Darsni psixologik-pedagogik
jihatdan tahlil qilish tizimi:
I. Darsning aniq maqsad va vazifalarga bog‘liq ravishda tuzilishiga
psixologik baho berish.
a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari:
b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
II. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish:
a) o‘quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi,
ko‘rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi);
b) o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish, o‘quv axborotini idrok etishi
(obrazli, og‘zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni). U qanday his-tuyg‘ularni
uyg‘otadi?
v) mazkur material o‘quvchilar bilish faoliyatining
yosh xususiyatlariga,
ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;
g) o‘qituvchining murakkab o‘quv
materialini mazkur yoshdagi
o‘quvchilarning
idrok etishi uchun qulay, tushunarli
va qiziqarli uyushtirish
(bayon qilishning
ravshanligi va oddiyligi,
yorqin misollar, o‘xshatishlar,
qiyoslashlarning mavjudligi, ko‘rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan
bog‘lashi).
d) o‘rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta’siri (axloqiy, estetik va h.k.).
O‘qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi?
Dostları ilə paylaş: