Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


 O‘quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

7. O‘quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish


Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo‘lgan 
qiziqishi. O‘quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.


O‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish. O‘quv faoliyati 
shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. 
Umumta’lim va maxsus ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish. YAgona 
talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. 
Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va 
intizomni saqlash usullari.


8. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqati.


Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi.


9. O‘quvchilar bilimini baholash


O‘quvchilarga berilgan bilim, ko‘nikma va malakaning sifati. Mustahkam va 
chuqur bilim berilishi. G‘oya va materiallarning asosiy tomonlarini ko‘rsata 
olishi, amaliy ko‘nikmalarning egallaganlik darajasi.


Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi.


10. Uy vazifasini tahlil qilish


Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga 
berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, 
takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o‘qituvchining 
izohi.


Darslarni tahlil qilish turlari

Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin:
1.
Ilmiy tahlil. 
2.
Psixologik tahlil. 
3.
Metodik tahlil. 
4.
Didaktik tahlil. 
5.
Umumpedagogik tahlil. 


Ilmiy
tahlil-
berilayotgan
bilimlarning
ilmiy
nazariy
jihatini, 
o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga
muvofiqligini aniqlash demakdir.
Dars kuzatuvchi har bir
rahbar 
darsning
ilmiy
tahlilida
asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy 
asosda chuqur bilishi) qurollanganligi. 
2.
SHu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati. 
3.
O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan 
qurollanib borishi. 
4.
Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda 
ilmiy atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi. 
5.
Darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi. 
6.
Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan 
boyitilishi. 
7. O‘quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning 
ilmiy yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi.
8.
O‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal 
bayon etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 
9.
Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim-tarbiya 
bilan bog‘lanishi. 
10.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ilmiy nutq madaniyati. 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin